HAMKORLIGIMIZ YaXŞI SAMARA BERMOQDA
Öqituvçilik yurtimizda azaldan uluğ kasb sanalib kelingan. 1997-yildan beri 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nişonlanib kelinişi şarafli kasb egalariga yuksak hurmat, eʼtiborning amaldagi ifodasidir.
Bugungi taʼlim-tarbiya keçagidan tubdan farq qiladi. Şu örinda men jahon tajribasida uçramagan samarali uç muhim böğin – "Oila – mahalla – taʼlim muassasasi” hamkorligi asosidagi amaliyotning yölga qöyilgani va uning hayotbaxş natijalarini eʼtirof etişni istardim. Zotan, bu oltin xalqaning hamjihatlikdagi faoliyati yurtimizda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi masʼuliyatini oşirdi. Bolalarni tarbiyalaşda mahallaning taʼsir kuçidan unumli foydalaniş imkonini berdi. Zero, mahalla ezgulik beşigi, tarbiya öçoği, yaşaş tarzi, milliy udumlar, urf-odat va anʼanalar şakllangan maskan bölib kelmoqda. Odamlarning bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvatli, saxovatli bölişida va öziga xos jamoani şakllantirişda mahallalar juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun biz - mahalla tuzilmasi xodimlari yoş avlodni har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalaş, kelajagimiz egalarini bilimli va hunarli qilib voyaga yetkazişda öqituvçilarning eng yaqin hamkorlari, hammaslaklarimiz.
Fursatdan foydalanib, tumanimizdagi barça taʼlim sohasi fidoyilarini 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklayman. Ularga mustahkam soğlik, oilalariga tinçlik-xotirjamlik tilab qolaman. Barkamol avlod tarbiyasidek xayrli işlaringizda doimo omad yor bölsin!
Gavhar ÇIMBOYÇIYeVA,
"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶