22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:28
Jamiyat 👁 3,043

AYoLLARI EʼZOZ TOPGAN YuRT

AYoLLARI EʼZOZ TOPGAN YuRT

(Publitsistika)

Ayol – millat tayanchi, jamiyat koʻrki, xonadonlarimiz fayzi. Unga onajon, deb talpinganimizda butun vujudimiz mehr-muhabbat bulogʻidan bahramand boʻladi. Tugʻishganim, jigarbandim deb ardoqlasak, koʻngillarimizga xotirjamlik inadi. Ne uchun? Chunki, umrimizning har bir lahzasida bizning orzu-umidlarimiz, quvonch va tashvishlarimizni oʻzinikiday qabul qilib, bizga hamdam-u hamroz yashaguvchi mehribonimizdir u!

Barcha zamonlarda ham bu zoti mukarramalarga koʻngillar ana shunday talpingan, ona va rafiqa, jon rishtasi aro payvand farzandijonim, deb dil koʻshkidan joy berishgan. Lekin uning turmush tarzini zamonga munosib tarzda oʻzgartirish, yangilash, ayol shaxsining shakllanishida zarur boʻlgan sharoitlar yaratish, ayolga eʼtibor masalasi faqat Mustaqillik davridagina muhtarama opa-singillarimiz qalbida qatlanib yotgan orzu-armonlardan hayotga koʻchdi.

 

Yaqin oʻtmishga bir nazar

... Erta tongdan paxta terimiga chiqib ketgan Jumabika onani ikki etak paxta termayoq dard tutdi. Joʻyakka uzala tushib yotib qolgan ayolga brigadir doʻq urdi:

- Jumabika, kecha oldingi kundan 5 kilo kam paxta terding, bugun yana qanday bahona qilayotirsan. Ture, normangni bajar. Eshakning yuki yengil boʻlsa...

Jumabika onaning ahvolini tushunib turgan ayollardan biri brigadirga urishdi:

- Undan koʻra arava-koʻlik top, u hozir dalada tugʻib qoʻyadi...

Shunday boʻldi, sobiq Lenin nomli kolxoz (hozirgi "Choykoʻl” ovuli hududida) aʼzolaridan biri Jumabika onaning paxta dalasida koʻz yorib, chaqalogʻi shamollab, nimjonligidan koʻpga bormay nobud boʻldi...

- Bunday voqealar oʻtgan qora kunlarda odatiy hol edi, - bot-bot hikoya qilardilar rahmatlik onajonim. – Bizdan sovet davlati faqat ish va yana ish soʻrardi. 8 nafar farzandimni dunyoga keltirib nari borsa, bir haftagina uyda oʻtirganman. Shukur momong ikki nafar, Jumabika momong bir, Guljon momong, Robigʻa momolaring ham bir-ikki nafar bolalarini goh paxta terimi, goh gʻoʻza yaganasi yoki qazuv paytlarida ish boshida dard tutib, dunyoga keltirishgan.

Onam boshidan kechirgan qora kunlar... Bu kunlarning ichida biz ham bor edik. 8 nafar uzun-qisqa bolalarini ergashtirib tong azondan gʻoʻza yaganasiga chiqqan onajonim, endi bilsam, sabr-qanoatning tirik timsoli boʻlib yashagan ekanlar. Uyimizdan 4-5 chaqirim olisdagi oʻsha paytdagi Lenin nomli kolxozga qarashli 8-brigadaning, "Ferma ovul” mavzesidagi 5 gektarlik paxta dalasida biz farzandlar ham onajonimizga qarashish uchun gʻoʻza yaganalardik, oʻtoq qilardik. Shom qorongʻuligida yana shuncha yoʻl bosib uyimizga qaytardik. Biz bolalar har yer-har yerga tappa-tappa tashlab, uxlab qolardik. Onajonim keksa enam bilan oʻchoqqa olov yoqib, ovqat pishirardilar. Keyin bizni uygʻotib:

- Hay, bolalarim-a, bu kunlar hali oʻtib ketar, yaxshi kunlar ham keladi hali, - derdilar horgʻingina.

Uyqusirab oʻtirib taomlanardik. Tongda yana onam uygʻotardilar:

- Qani, turaqolinglar, hali qurtga barg tayyorlash kerak. Paxta oʻtogʻini boʻlsak, yaxshilab dam olasizlar...

Enam tonggi namoz ibodatiga kirishgan paytda biz ipak qurti uchun barg tayyorlardik. Soʻng qora qumgʻonimizni, tuz-namagimizni yelkalab, uzun-qisqa boʻlib onamning ortidan ergashgancha 5 gektarlik dala tomon yoʻl olardik...

Bolaligimiz, onajonim umrining gullagan fasli ana shunday oʻtardi. Bir tutamgina yoz tuni qanday oʻtib ketganini sezmay qolardik. 5 gektarerdagi gʻoʻzaning yaganasidan tortib, chilpishgacha boʻlgan parvarishida onajonim biz bolalari bilan daladan chiqmay ishlardilar.

Bir kuni dala boshiga kolxoz kassiri keldi. Madrim aka ismli bu kishini koʻrib, onajonim qanchalik quvongan boʻlsalar, kassirning qoʻlidan olgan "maosh”i – 19 soʻm pul xuddi qoʻlini kuydirayotgan kabi shunchalik tez dili ogʻridi.

- Yoz boʻyi qilgan mehnatimning haqi shumi, xato hisob qilmadingizmi? – dedilar bazoʻr tilga kirib.

- Oʻzi sening hisobingda 1 gektar paxta yeri bor ekan, hisobni idoradagilar qilishadi, men faqat pulni tarqatuvchiman. - Shuniyam tushunmaysanmi, deganday hiringlab kuldi kassir.

- Axir, axir yerim 5 gektar-ku!

Onam bu gapini aytguncha kassir amaki ketib boʻlgan edi...

Hamon eslasam, yuragim oʻrtanib ketadi: aslida 5 gektarer uchun ishlab, 1 gektarning haqiga qanoat qilgan, soʻzlasa soʻzi sinib, haqiqat deb tiklansa, dili sinib oʻtgan onajonlarim-ay! Ular juda koʻpchilik edilar. Yuzlab, ming-minglab oʻzbek ayollari ana shunday ozorlarda qadlari dol boʻlib yashashga mahkum edilar. Kechagidan bir kilo paxtani kam tergan ayollar traktor faralari yorugʻida qaytadan dalaga tushib, "norma” bajarmaguncha uyiga ketolmaganlariga necha bor guvoh boʻlganman. Kuzakning achchiq izgʻirinlarida qoʻllarining yoriqlaridan qon sizib turgan onajonlarning 6 million tonnalik xirmon tiklanguncha tinim bilmaganlarini oʻz koʻzim bilan koʻrganlarim yodimga tushadi-yu, yuragim zirqirab ketadi.

Yetti yashar bolasini ergashtirib paxta tergan ayollar... Yetmish yashar momosining beliga quvvat boʻlib paxta tergan bolalar... Bolalarim tezroq mashaqqatdan qutulsin, 6 million tonna paxta tezroq terilsin, deya bolalariga koʻmakdosh boʻlgan momolar...

Ana shunday mehnat qilardik biz oʻz tugʻilgan yerimizda. Rejadagi xirmon ana shunday fidoyiliklar evaziga yaratilardi. Ana shunday... Ayol bolasini bagʻrida olib oʻtirishdan mosuvo, bolalar 2-3 oylab oʻqib-oʻrganishdan, keksalar huzur-halovatdan benasib. Shundayin fidoyiliklar evaziga onajonlarimiz suv-tekin haq olardilar. Uka akaning, singil opaning eski kiyimini kiyib, qanoat qilardik. Yamoq tushgan paypoqlar, paxtadan boʻshagan fartuk (peshgir)lardan paytavalar oʻrardik oyoqlarimizga.

Ota-onamning yillik daromadi (doxodi)ni intizorlik bilan kutardik.

- "Doxod”dan palto olib beraman.

- "Doxod”dan etik, roʻmol, ..., ...  olib beraman, - vaʼda qilishardi ota-onalarimiz.

"Doxod” oladigan kun kelardi. "Doxod” beruvchi bilan 5-6 nafar boshqa kishilar ham kelishardi. Katta jomadonda pul, qoʻllarida hisob-kitob daftarlari. Bir chekkadan oʻqishadi:

- Yer-mulk, tutun, qoramol uchun, parranda uchun, mashina-mototsikl uchun, ... Yana allambalo soliqlar. Eng soʻngida "sariyogʻ” va "goʻsht plan”ga deb "doxod”dan qirqishardi-da, bir yil ishlagan kolxozchiga arang bitta qoʻy yoki echkining pulini berishardi...

Bolasiga uzun-uzun vaʼdalar bergan onajonlarim-a,- deyman hamon yuragim oʻrtanib. – eskini butlab, kiyim kiygan ahli elim bolalari-ya! Sabr kosalari limmo-lim toʻlib, sabri sinmay mustaqillikka yetgan onajonlarim mening! Endi ularning soʻzlarini koʻring-a! Dil tugʻyonlariga quloq tutsangiz – dilingizga, orzu-umidlariga oshno boʻlsangiz – hayotingizga zavqlar inadi! Shukronalardan koʻksingiz togʻday yuksaladi. Yana onajonimning qalb iqrori yodimga tushadi:

- Bugungi davr ayollari malikalarday eʼzozda, eʼtiborda!

 

Eʼzoz topgan ayollar

Bugungi davr ayoli – u olima, oʻtkir siyosatdon, intiluvchan talaba, har sohada faol, baxtiyor ona, rafiqa va beka!

Mustaqillikning ilk yillaridanoq Oʻzbekistonda Ayollik saltanatining baxt-iqbol mezonlari boʻy tikladi. 1995-yil 2 martda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida  xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni millatimiz ayollari hayotiga tub oʻzgarishlar boshlab keldi. Ushbu Farmonga muvofiq mamlakat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish masalalarini hal qilishga izchillik bilan kirishildi. Ayol-qizlarning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishti-rokini kengaytirish, onalik va bolalikni muhofaza etishga alohida eʼtibor qaratildi. Aynan shu va shu kabi vazifalarni maromiga yetkazish, ayollar hayotiga oid muammolarni izchil hal etishdek masʼuliyatli vazifani bajarishda ayollarning ishtiroki taʼminlandi va Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari hamda hokimlarning oʻrinbosarlari lavozimlari joriy etildi. Mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda siyosiy hayotida faollik bilan ish yuritishga kirishgan Ayollar hayotida Prezidentning mazkur Farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Onalik va bolalikni muhofaza etish, ayollarning mehnat va dam olish sharoitlarini yaxshilash maqsadlarini  ifoda etuvchi qonuniy asoslar yaratildi.

Mustaqillik davri ayollari endilikda toʻla davlat muxofazasidagi eʼzoz va hurmatga munosib shaxsga aylandi. Uning farzandi hali dunyoga kelmasidanoq alohida mehr bilan qamrab olindi. Farzandi ikki yoshga yetgunicha ona va bola toʻla davlat nazorati gʻamxoʻrligidan bahramand. Ayolga boʻlgan eʼtibor va ragʻbatning yana bir ifodasi sifatida qabul qilingan "Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni, "Ayollar yili”, "Sogʻlom bola yili” deb nom olgan yillarda aynan yillar nomiga monand ravishda ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilgan va muvaffaqiyatli takomilga yetkazilgan Davlat Dasturlari doirasida amalga oshirilgan ishlar mustaqillik davri ayollari hayotini tubdan oʻzgartirib yubordi.

 

Amudaryoda

Tumanimiz ayollari hayotidan qiyos: aholining qariyb 50 foizi, yaʼni 90 ming nafardan ziyodini ayol-qizlar tashkil qiladigan tumanimizda oʻnlab oʻtkir siyosatdon ayollar bor. Ularning 6 nafari xalq deputatlari tuman Kengashi, 1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jqorgʻi Kengesi deputatlaridir. Bugungi kunda 200 nafarga yaqin ayol-qizlar tadbirkorlik bilan shugʻullanadi. Ular orasida turli xil nufuzli koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalarining gʻoliblari bor. Agrar sohada, sogʻlikni saqlash va taʼlim tizimlarida, sanoatda amudaryolik ayollar katta-katta imkonlarni koʻzlab mehnat qilishmoqda. Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan eʼtibor va davlat gʻamxoʻrligi natijasida faqat 2014-yilning oʻzida 104 nafar tadbirkor ayollarga tijorat banklari to-monidan 1 mlrd. soʻmdan ortiq imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi. 2015-yilning shu davrigacha yana oʻnlab ayol-qizlarga tadbirkorlik faoliyatlarini rivojlantirishlari uchun imtiyozli kreditlar berildi. Bugun tumanimiz ayollari ulugʻ ishlarga bosh, fikrda ilgʻor, mehnatda fidoyi, oilaparvar, elparvar, Vatanparvar. Toki, ana shunday fidoyi ayollar bor ekan, el-yurt hamisha tinch, osuda, xonadonlar fayzli. Oilalar ostonasidan boshlangan fayz-u tarovat ona Vatan kengliklarini quchgan. Bu – aziz va mukarrama ayollari eʼzoz topgan Vatanning fayz-u tarovatga toʻliq bugungi manzarasi. Baxt-iqboldan bahs etuvchi bu manzara bizniki, Oʻzimizniki! Zero,

Bizniki tonggi shuʼla,        

Bizniki yer-u osmon.  

Tildan tushmas ashula –

Bizniki Oʻzbekiston!

Dasturxonda nonimiz,

Har manzil obod makon.

Ulugʻdir imkonimiz –

Bizga ochiq keng jahon!

Beshigin quchgan ona

Buyuk ishlarga sarbon.

Vatan unga parvona,

Dilida yoʻqdir armon.

Samo toʻla yulduzlar,

Oy-u Quyosh bizniki,

Osuda tun, kunduzlar –

Davr-u davron bizniki!

Gul tutamiz jahonga,

Oʻzbaki zabon bilan.

Shukr etamiz zamonga

Hur Oʻzbekiston bilan!

 

Robiya YOʻLDOShEVA.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026