OROL MUAMMOSIGA BAĞIŞLANGAN SEMINAR
2015-yil 14-oktyabr kuni tuman hokimligida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29 avgustdagi "2015-2018-yillarda Orolböyi mintaqasini tiklaş va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, Orol halokatining oqibatlarini yengillaştiriş borasidagi çora-tadbirlar Kompleks dasturi töğrisida”gi qarorining mazmun-mohiyati va asosiy yönalişlari haqida aholi xabardorligini oşirişga qaratilgan seminar bölib ötdi.
Seminarda taʼkidlanganidek, mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida inson salomatligini taʼminalaşning muhim omillaridan biri bölgan atrof-muhitni muhofaza qiliş masalasiga qaratilayotgan alohida eʼtibor yuksak samaralar bermoqda.
Orolböyi mintaqasidagi ekologik ahvolni yaxşilaş, ekologik böhron oqibatlarini yumşatişda mamlakatimizda bu borada amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar muhim örin tutayotir. Tabiiy resurslardan foydalanişni tartibga soladigan va tabiatni muhofaza qiliş samaradorligini oşirişga qaratilgan qonunlar qabul qilindi.
Özbekiston uşbu sohadagi asosiy xalqaro hujjatlar, çunonçi, transçegaraviy suv havzalari va xalqaro köllarni himoya qiliş va ulardan foydalanişga oid konventsiyaga qöşildi. Suv resurslari taqçilligi va çöllaniş muammolarini hal etiş, suvdan tejamkorlik bilan foydalaniş, yerlarning şörlanişi va yemirilişiga qarşi kuraşiş, aholining içimlik suvidan foydalanişini yaxşilaş, mintaqada tobora kuçayib borayotgan ekologik va iqlim özgarişining salbiy taʼsiri bilan boğliq kasalliklarni davolaş uçun zarur infratuzilmani şakllantirişga yönaltirilgan keng kölamli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Seminarda "Hududda suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalaniş va boşqariş tizimini takomillaştiriş”, "Ekologik tahdid hududlarida yaşovçi aholi genofondi va soğligini saqlaş tadbirlarini amalga oşiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş”, "Orolböyi aholisi turmuş tarzi darajasi va sifatini oşiriş uçun zarur iqtisodiy omillar va mexanizmlarni yaratiş” kabi mavzularda maʼruzalar öqildi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.
(Foto - http://uzssgzt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶