KEKSALARNI EʼZOZLAŞ – OLIY QADRIYaT
Xalqimizning özigagina xos şunday hayotbaxş urf-odatlari, anʼanalari va qadriyatlari borki, ularning har birining öziga xos mazmun-mohiyati bor. Ota-onani, özidan katta yoşdagilarni hurmat qiliş, mahalladoşlar bilan yaxşi munosabatda böliş, bir-birining holidan xabar olib turiş kabi urf-odatlarimiz tufayli umrimiz gözal va mazmunlidir.
Yurtboşimiz rahnamoligida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan kuçli ijtimoiy siyosat natijalari nuroniylarga körsatilayotgan eʼtibor va ğamxörlikda öz ifodasini topmoqda. 2015-yil "Keksalarni eʼzozlaş yili” deb eʼlon qilindi. Şu munosabat bilan qabul qilingan "Keksalarni eʼzozlaş yili” Davlat Dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq bizning fondimiz tomonidan ham bir qança işlar amalga oşirilmoqda.
Faxriylarni, xususan, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va front ortida mehnat qilgan yurtdoşlarimizni ijtimoiy muhofazalaş, ularga moddiy-maʼnaviy kömak beriş ustuvor vazifalarimizdan biridir. Tumanimizda 16 nafar uruş qatnaşçisi, 319 nafar frontorti faxriylari, yakka-yolğiz fuqarolarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça tegişli işlar amalga oşirildi. 16 nafar uruş qatnaşçisining barçasiga analog va raqamli televideniye signallarini qabul qiladigan televizorlar berildi. Şuningdek 1941-1945-yillardagi uruş va mehnat fronti faxriylari, yolğiz va ijtimoiy madadga muhtoj keksa kişilarning 2015-2017 yillarda uy-joy şaroitlarini yaxşilaşning hududiy dasturlari işlab çiqildi va ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj keksalarning xonadonlari va uylarini haşar yöli bilan joriy taʼmirlaş, zarur hollarda esa mukammal taʼmirlaşni, şuningdek hovlilarini obodonlaştirişni nazarda tutgan holda ularning turar-joy şaroitlarini yaxşilaş böyiça har bir fuqarolar yiğinlarida har yili bir nafardan, jami 141 nafar kişini qamrab olgan holda 2015-2017-yillarda bu dasturning amalga oşirilişi belgilandi.
Bundan taşqari, ovul va mahallalarda 15-aprel - 15-may oraliğida "Keksalar duosini olaylik” şiori ostida aktsiya ötkazilib, oylik davomida hududdagi 2000 nafardan ziyod qariya otaxonlar va onaxonlar bu xayrli işga qamrab olindi. Aktsiya davomida xududdagi barça maktablar va kasb-hunar kollejlarida keksalar bilan 111 ta uçraşuvlar, badiiy keçalar va kontsert dasturlari taşkil etildi. Bunga 1024 nafar keksalarimiz qatnaşdilar, homiylar tomonidan 3 mln. sömlik sovğalar berildi.
Dasturning 42-bandi ijrosi yuzasidan joriy yil iyun oyining 27 sanasida "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi taşabbusi bilan 100 yoş va undan katta yoşdagi kişilarni uluğlaş böyiça "Asr bilan yuzma-yuz” tadbiri taşkil etildi. Tadbir davomida tumandagi 100 yoşdan oşgan 5 nafar momoning uylariga hududlardagi "Mahallaning orasta qizlari” tögarak aʼzolari bilan borib, ularning holidan xabar olindi, suhbatlar taşkil qilinib, fond tomonidan sovğalar berildi.
Hududdagi har bir maktab va kasb-hunar kollejida sinf rahbari boşçiligida 5 nafar öquvçidan iborat 3 ta yordamçi guruh, jami 170 ta guruh 9 oy davomida 1020 nafar keksalarning uyiga borib obodonlaştiriş, qişga tayyorgarlik işlariga yordam körsatişdi.
Tumandagi 726 nafar keksalarimiz fuqarolar yiğini raislari boşçiligida va homiylar kömagida ziyoratlarga olib borildi.
Şuningdek ilm-fan, madaniyat, qişloq xöjaligi, tibbiyot, taʼlim va boşqa sohalarning rivojlanişiga hissa qöşgan 50 nafar keksalarimiz 16-avgust kuni Samarqand va Buxoro şaharlariga ziyoratga yuborildi.
2015-yil 28-avgust kuni "Yangiobod” mahallasida joylaşgan sunʼiy qoplamali maydonda "Keksalarni eʼzozlaş yili” davlat Dasturining 16-bandi ijrosini taʼminlaş maqsadida "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi boşqaruvi, tuman Madaniyat va sport işlari bölimi, tuman Içki işlar bölimi, tuman Tibbiyot birlaşmasi, Tuman XTMFMTTE bölimi "Amudaryo televideniyesi” MÇJ hamkorligida keksalarimizning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ularning jismoniy tarbiya bilan şuğullanişi, hordiq çiqarişini taʼminlaş maqsadida "Keksalar zavqi” sport musobaqalari ötkazildi.
Keksalar – yurtimiz fayzi, xonadonlarimiz fariştalaridir. Ularning munosib turmuş şaroitlarida yaşaşi va keksalik davrida doimo ğamxörlikda, ardoğimizda umrini köngilli ötkazişlariga yordamlaşiş barçamizning burçimizdir. Şu aziz Vatanimizning gullab-yaşnaşi, bugungi farovon hayotimiz uçun mehnat qilib nuroniy yoşga yetgan otaxonlar, onaxonlarimizni har qança qadrlasak arziydi.
Rustam RÖZMETOV, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi raisi, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶