TINÇLIK – BUYuK NEʼMAT
Bir inson xonadoniga taşrif buyurgan kişilarning nomlarini söraşsa, ularning nomi Baxt, Omad, Tinçlik ekan. Xonadon sohibi juda aqlli va zukko kişi ekanki, uyimga, avvalo, tinçlik kirsin, baxt va omad tinçlik bor joyga ketma – ket kelaveradi deb mehmonlarni kutib olgan ekan. Bundan körinadiki, Tinçlik barça neʼmatlarimizning aʼlosi va betakrori, yagonasi ekan. Buni his qilgan bizning aziz xalqimiz qöllarini duoga oçar ekan, avvalo el-u yurtga Tinçlik, köngillarga xotirjamlikni söraydi. Yaratgan Ollohim suygan elmizki, yurtimizda tinçlik, tökin-soçinlik. Şukronalar keltirib yaşayotgan, mehnat qilayotgan xalqimizning baxti boqiy, omadlari kulgan.
Butun dunyo 21 sentabrni Xalqaro Tinçlik kuni deya eʼtirof etişdi. Bizning 11-sonli maktabda ham Tinçlik kuni munosib tuhfalar, özgaça şukuh bilan kutib olindi. Maktabimiz öquvçilari va öqituvçilari Tinçlik kuniga bağişlab turli xil tadbirlar, suhbatlar taşkil etişdi, bolajonlar qalbida Tinçlik va uni asrab-avaylaş kerakligi haqida çuqur tuşunçalar berilib, uning ahamiyati haqida turli xil bahs-munozaralar ötkazildi.
Şuningdek 5-7-sinf öquvçilari Tinçlikni tarannum etguvçi fotolavhalar asosida bukletlar, albomlar tayyorlaşdi. 8-9-sinf öquvçilari tomonidan ijodiy inşolar yozildi. Inşolarda öquvçilar öz fikrlarini erkin va ijodiy bayon qilişga eri-şiş bilan birgalikda turli ommaviy axborot vositalari, internet maʼlumotlaridan foydalanişga, xalq oğzaki ijodi namunalarida Tinçlik tarannum etilgan manbalardan keng foydalanişga harakat qilgan.
Tasviriy sanʼat yönalişi böyiça uruşdan nafratlanayotgan yoş bolakay qalbidagi tuyğular aks ettirilgan surat bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.
Maktab maʼmuriyati tomonidan va tegişli öqituvçilar tomonidan öquvçilarning ijodiy mehnatlari odilona baholandi. Şunga köra buklet va albomlar tayyorlaş yönalişi böyiça 5- "A”sinf, 7 – "B”sinf öquvçilari, inşolar böyiça 9-sinf öquvçisi Ismoilova Yulduz, 8-sinf öquvçisi Şomurotova Sveta, tasviriy sanʼat yönalişi böyiça 9 "A”-sinf öquvçisi Şamsiddin Bekişovlar ğolib, deb topildi.
Biz öylaymizki, bu tanlov bolalar qalbida tinçlikning neçoğlik buyuk neʼmat ekanligini, uni asraş yölida qança ajdodlarimiz jonlarini fido etganliklarini tuşunib, anglab etişda katta ahamiyat kasb etdi. Qariyalar qadrlanib, yoşlar taʼlim-tarbiyasiga katta eʼtibor qaratilayotgan bizning mamlakatimizda Tinçlik barqaror bölsin! Butun dunyo xalqlari tinç yaşasin, çunki olam tinç - odam tinç.
Guloyim BEGJONOVA, 11-sonli maktab öqituvçisi.
(Foto - http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶