“QIZILÇOLI” MFY HUZURIDAGI KOMISSIYa – QORAQALPOĞISTONDA BIRINÇI ÖRINDA
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş, soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkaziş, ularni milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş, böş vaqtini mazmunli taşkil etiş borasida salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Bu borada fuqarolar yiğinlari huzurida faoliyat yuritayotgan voyaga yetmaganlar, yoşlar va sport masalalari böyiça komissiyalarning ham örni alohida
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşining 2015-yil 18-maydagi yiğiliş bayoni bilan tasdiqlangan iş rejasining 33-bandi ijrosini taʼminlaş maqsadida "Fuqarolar yiğinlarining eng namunali voyaga yetmaganlar, yoşlar va sport masalalari böyiça komissiyasi” tanlovi taşkil etildi va ötkazildi.
Tanlovni ötkazişdan közlangan asosiy maqsad fuqarolar yiğinlarida samarali faoliyat körsatib kelayotgan komissiyalarning ilğor iş tajribalarini keng ommalaştiriş orqali yoşlarning maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan yetuk bölib voyaga yetişlarini, ommaviy ravişda sport bilan şuğullanişlarini, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş, ular örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oşiriş işlarini jadallaştiriş, mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy, ijtimoiy, ekologik işlarning amalga oşirilişidagi ijtimoiy faolligini yanada jonlantirişdan iboratdir.
Tanlovning tuman bosqiçida 47 ta fuqarolar yiğinlaridagi voyaga yetmaganlar, yoşlar va sport masalalari böyiça komissiyalarning iş faoliyati örganib çiqildi va Nizomda belgilangan önta yönaliş böyiça, belgilangan mezonlar asosida hakamlar hayʼati tomonidan iştirokçilarning hujjatlari hamda faoliyatiga oid körsatkiçlari, erişgan yutuqlari qonuniylik, oşkoralik, adolatlilik, tenglik kabi asosiy printsiplarga rioya qilingan holda baholandi.
Tanlovda "Qizilçoli” mahalla fuqarolar yiğinining voyaga yetmaganlar, yoşlar va sport masalalari böyiça komissiyasi birinçi öringa, "Beş ovul” mahalla fuqarolar yiğini komissiyasi ikkinçi öringa, "Gulzor” mahalla fuqarolar yiğini komissiyasi uçinçi öringa munosib, deb topildi va "Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda hamkor taşkilotlarning diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
"Qizilçoli” mahalla fuqarolar yiğinining voyaga yetmaganlar, yoşlar va sport masalalari böyiça komissiyasi tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida ham faxrli birinçi örinni egallab, "Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqaruvi va hamkor taşkilotlar tomonidan diplom va sovğalar bilan taqdirlandi.
Gavhar ÇIMBAYÇIYeVA, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi boşqaruvi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶