TAŞKILOT RAMZI RÖYXATDAN ÖTKAZILDI
"Nodavlat notijorat taşkilotlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonunida NNT öz ramziy belgilariga ega bölişi mumkinligi belgilab qöyilgan. Şu maqsadda "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti Boşqaruvining 2015-yil 14-avgustdagi yiğiliş bayoni qarori bilan NNTning ramzi loyihasi tasdiqlangan edi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirişga kömaklaşiş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 2013-yil 12 de-kabrdagi PQ-2085-sonli qarorini amalga oşiriş çora-tadbirlari haqida”gi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat taşkilotlarining ramzlarini davlat röyxatidan ötkaziş tartibi töğrisida nizom talablariga köra Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligiga NNT ramzini röyxatdan ötkazişni sörab berilgan ariza körib çiqilib, 2015-yil 17-sentyabr kuni taşkilotimizga NNT ramzi davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi 1-sonli guvohnoma topşirildi.
"Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkilotining ramzi (emblemasi) aylana içida aks ettirilgan ona yurt, tabiat va ijodkorlikni ifodalovçi bir neça tasvirlardan iborat.
Aylananing içki tepa qismida tong paytida azim toğlar oşa kötarilib kelayotgan quyoş tasviri aks ettirilgan. Quyoş yer-u kökka yoruğlik, nur va iliqlik taratuvçi saxiylik ramzi, otayotgan tong esa butun borliqqa rizq-nasiba ulaşiladigan palla, ijodkorga ilhom baxş etuvçi lahza hisoblanadi.
Quyoşning pastki qismida aks ettirilgan purviqor toğlar köhna Jayxun böyida yastanib yotgan Qoratov aksi, ramziy maʼnoda esa ijodkorni ijod çöqqilari sari çorlovçi ilhom manbai hisoblanadi.
Toğlar etagida mavj urib oqayotgan, neça ming yillardan buyon ösimlik va hayvonot dunyosiga hayot, ikki sohilda yaşab kelayotgan aholiga rizq-röz va ilhom baxş etuvçi Amudaryo tasviri aks ettirilgan.
Daryoning söl sohilida, ramzning pastki qismida yaşil maysalarga burkangan, Amudaryoning najotbaxş obi hayotidan bahra olib gullayotgan voha tasvirlangan.
Ramzning markaziy qismida ilm-maʼrifat ramzi bölmiş kitob, kitobning old qismida esa ijodkorlik ramzi sanalmiş patqalam va siyohdon tasvirlangan. Kitobning ramz örtasida joylaştirilişining yana bir sababi – ilm-maʼrifat daryoning ikki sohilidagi ellarni ellarga, dillarni dillarga boğlovçi vosita ekanligidir.
Ramzning taşqi tepa qismida, kök rangli fondagi aylana içiga oq harflar bilan, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida "JAYXUN ILHOMLARI” yozuvi, uning har tomoni 3 ta yulduzça (***) bilan ajratilgan pastki qismida esa "NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTI” degan sözlar yozilgan.
"Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkilotining ramzi töğrisidagi nizomga muvofiq, taşkilot ramzi uning Ustavidagi maqsad va vazifalari hamda faoliyat yönalişlaridan kelib çiqqan holda işlab çiqilgan bölib, mazkur ramzdan "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkilotining rasmiy blanklarida, muhr va ştamplarida, guvohnomalarda, plakatlarda, bannerlarda, körgazmali qurol va öquv-uslubiy, badiiy adabiyotlarda, diplomlar hamda faxriy yorliqlarda, taşkilot vimpellarida, esdalik nişonlarida, xodimlarning maxsus kiyimlarida, taşkilot aʼzolarining yagona nusxadagi aʼzolik guvohnomalarida, taşkilot tomonidan qonun hujjat-lariga muvofiq, uning Ustav böyiça amalga oşiradigan faoliyatini moliyalaştiriş uçun taşkil etiladigan bosma ommaviy axborot vositalari muqovalarida, şuningdek, elektron ommaviy axborot vositalarida, taşkilot manfaatlariga mos keluvçi barça örinlarda foydalanilişi mumkin.
Bir söz bilan aytganda, mazkur ramz "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkilotining xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltiriş, yoş avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptiriş, adabiyot, musiqa, badiiy va amaliy sanʼat ravnaqiga hissa qöşiş hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş, ularning ijodiy salohiyatlarini röyobga çiqariş orqali jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxşilaşga hissa qöşişdek ezgu maqsadini özida ifoda etib, taşkilot aʼzolarini bu yölda xayrli işlarga çorlab turuvçi mayoq vazifasini ötaydi.
Ahmad NAFASOV, "Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶