21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:59
Salomatlik 👁 3,870

YuKSAK EʼTIBORGA LOYIQ MEHNAT QILAMIZ

YuKSAK EʼTIBORGA LOYIQ MEHNAT QILAMIZ

Insoniyat salomatligiga putur yetkazuvchi omillarni aniqlash va ularga qarshi kurash necha asrlardan beri davom etib kelayotgan jarayondir.

Bugungi kunda xalq sogʻligini muhofaza etishning zamonaviy tibbiy-ilmiy asoslari va mustahkam moddiy texnik bazasi yaratildi hamda amaliyotga joriy etilmoqda.

Ayniqsa, istiqlol yillarida xalqimiz sogʻligini muhofaza qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.

Bugungi kunda tumanimizda aholiga 420-oʻringa moʻljallangan markaziy shifoxona, bir smenadagi quvvati 785 qatnovga moʻljallangan koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, 19 ta qishloq vrachlik punktlari samarali tibbiy xizmat koʻrsatmoqda. Ularda 292 nafar oliy maʼlumotli shifokorlar, 1080 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari mehnat qilishmoqda.

Joriy yilning oʻtgan toʻqqiz oyi davomida 133 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari kasb malakalarini oshirib qaytdi. Shuningdek xalqaro tashkilotlarning qisqa muddatli oʻquv, seminar-treninglarida 30 nafar shifokor, 84 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari ishtirok etib, oʻz sohasiga oid bilim va malakalarini oshirdilar. Bu albatta, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilashda oʻzining yaqqol samarasini bermoqda.

Joriy yilimizning "Keksalarni eʼzozlash yili” deya nomlanishiga muvofiq qabul qilingan Davlat Dasturiga asosan tumanimizda istiqomat qiluvchi 16 nafar Ikkinchi jahon urushi faxriylari, 369 nafar front- orti mehnat faxriylari va yolgʻiz keksalarga tibbiy va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha reja ishlab chiqilib, amaliy ishlar olib borildi.

Rejaga muvofiq ularga mahoratli tibbiyot xodimlari biriktirilib, sogʻliklari muntazam nazorat qilib borilmoqda. Ularning har oyda mutaxassis shifokorlar koʻrigidan oʻtkazilishi natijasida 161 nafariga ambulatoriya, 43 nafariga statsionar, 52 nafariga sanatoriya sharoitida davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. 1500 nafar keksa yoshdagi fuqarolar bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, gepatit "V”ga qarshi birinchi bosqich emlash amalga oshirildi. Shuningdek, Toshkent ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi, oliy tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari ishtirokida oʻtkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklarga nuroniy keksalarimiz va aholi keng qamrab olindi. Mazkur chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar davomida aniqlangan kasalliklar boʻyicha davolanish uchun yoʻllanmalar berildi.

Tumanimiz aholisiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2014-2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar va bolalar, oʻsmirlar sogʻligini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarori muhim qoʻllanma boʻlib xizmat qilmoqda. Qaror kelajagimiz egalari boʻlgan bolalarimizni jismoniy va maʼnaviy jihatdan kamol toptirish va yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qiladi.

Sogʻlom va mustahkam oilalarni barpo etish – sogʻlom kelajak poydevori ekanligini inobatga olib, turmush qurayotgan yoshlarning nikohdan oldingi tibbiy koʻrikdan toʻliq oʻtishlarini taʼminlash, shu barobarida irsiy va tugʻma kasalliklarning oldini olish boʻyicha sezilarli ishlar qilindi. 2014-yilda jami 3844 nafar shaxs nikoh oldi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan boʻlsa, ularning ikki nafarida sil kasalligi, 13 nafarida ruhiy kasalliklar, 3 nafarida OIV, 1 nafarida teritanosil kasalliklari aniqlandi va davolash muassasalarida davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. Joriy yilning oʻtgan toʻqqiz oyi davomida esa 2351 nafar nikohlanuvchi shaxs koʻrikdan oʻtkazilib, ularning 11 nafarida ruhiy kasallik, 64 nafarida esa somatik kasalliklar, 1 nafarida esa giyohvandlik kasalligi aniqlanib, davolanishga jalb qilindi. Bu raqamlarning oʻziyoq necha-necha oilalardagi yuz berishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz hodisalarning oldini olish imkoni yaratilganini koʻrsatib turibdi.

Kasalliklarga aniq tashxis qoʻyishda muassasalarimizning zamonaviy tibbiyot va diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlangani muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Tibbiyot birlashmamizga qarashli barcha muassasalarimizni amaliyotga joriy etilayotgan eng soʻnggi rusumdagi zamonaviy diagnostika va davolash asbob-uskunalari bilan taʼminlashga erishganmiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash Vazirining 2001-yil 23-iyundagi 328-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga xizmat koʻrsatadigan tez tibbiy yordamni tashkil qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan tumanimiz aholisiga sifatli tez tibbiy yordam koʻrsatishga harakat qilmoqdamiz. Fuqarolar hayotiga xavf tugʻdiruvchi toʻsatdan kelib chiqqan kasalliklar, surunkali kasalliklarning xuruji, baxtsiz hodisalar, shikastlanishlar va zaharlanishlar yuz berganda, homiladorlik asoratlari bilan kasallangan vaqtlarda tez tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Faoliyatimiz samaradorligiga erishish, bemorlarga jahon andozalari talablariga muvofiq xizmat koʻrsatish, ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida markaziy kasalxonalarimizning 4 ta binosi 4 mlrd. 200 mln. soʻmlik mablagʻ evaziga kapital rekonstruktsiya qilindi. Yuqumli kasalliklar boʻlimining yangi binosi qurib foydalanishga topshirildi.

Tibbiyot birlashmasi huzuridagi markaziy shifoxona hamda koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada tibbiy yordam koʻrsatish xizmatining muqobil turi, yaʼni yuqori darajadagi servis xizmati koʻrsatish va himoya vositalari uchun pullik xizmat joriy qilingan. Bu zamon talablariga toʻla javob beradigan alohida palatalarga ega xoʻjalik hisobidagi boʻlim boʻlib, yangi tashkil qilingan ushbu boʻlim juda koʻp jihatlari bilan farq qiladi. Xoʻjalik hisobidagi boʻlim palatalarining har biri televizor, sovutgich va yumshoq mebellar bilan jihozlangan, issiq va sovuq suv tizimi mavjud.

Bundan tashqari, shifoxona oshxonasida pullik asosda, bemor buyurtmasiga koʻra, juda arzon narxda parhez taomlarining tayyorlab berilishi, davolash jarayonining yanada yaxshilanishini taʼminlamoqda.

Yana shuni alohida taʼkidlashni istardimki, birlashmamizda korxona va muassasalarning ishchi-xodimlarini shartnoma asosida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish yoʻlga qoʻyildi. Buning natijasida tuman markazidan yiroqda joylashgan ishlab chiqarish sanoat korxonalari ishchi-xizmatchilarining sogʻligini tiklash va mustahkamlashga eʼtibor kuchaydi.

Mustaqillik yillarida aholi salomatligini muhofaza qilish, barkamol avlodning shakllanishiga erishish maqsadida oilalarda tibbiy madaniyatni va sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Bunda aholiga eng qulay hisoblangan qishloq vrachlik punktlarining oʻrni alohidadir.

Bugungi kunda tumanimiz hududida 19 ta qishloq vrachlik punktlari faoliyat koʻrsatmoqda va diagnostika hamda davolash asbob-uskunalari bilan taʼminlangan. Barcha QVPlar qoshida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida dorixona shoxobchalari va fitobarlar tashkil qilingan. Ularning faoliyati yanada samarali boʻlishiga erishish maqsadida namunali qishloq vrachlik punktlarini yaratishga intilmoqdamiz. Berdaq, Oxunboboyev nomli "Madaniyat”, "Toʻlqin”, "Oʻrta qalʼa” va Xitoy qishloq vrachlik punktlari ana shunday maqomga loyiq deb topildi.

Tani sogʻlik – tuman boylik, deya bejizga aytmagan xalqimiz. Ha, chindanda inson uchun sihat-salomatlikdan aziz narsa yoʻq. Buni fuqarolarimizga keng tushuntirish, har kimda oʻz sogʻligi uchun masʼullik tuygʻusini tarbiyalash va sogʻlom turmush tarziga amal qilishlariga erishish bosh vazifamizdir. Bu masʼuliyatli va sharafli ishga butun kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etaveramiz. Bugungi kunda mamlakatimizda tibbiyot sohasiga hamda soha xodimlarining fidoyi mehnatlariga hurmat-ehtirom bilan qaralmoqda.

Yurtboshimiz Farmoniga muvofiq har yil noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni, deya eʼtirof etilgani bizning qalbimizni faxr-iftixorga toʻldiradi va yuksak ishonchga loyiq mehnat qilishga undaydi. Tumanimizning barcha tibbiyot xodimlarini, faxriylarini kasb bayrami bilan tabriklayman!

Olimboy HALIMOV,

tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026