EL-YuRT XIZMATI YÖLIDA KAMARBASTAMIZ
Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligi nişonlangan joriy yilda barça fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qatori men rahbarlik qilayotgan "Yangiobod” mahalla fuqarolar yiğinida ham ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaş, hududni obodonlaştiriş, sanitariya holatini yaxşilaş va şunga öxşaş aholi farovonligini yaxşilaşga xizmat qiladigan bir qança işlarni amalga oşirişga alohida eʼtibor berildi. Bunda albatta, biz mahalla faollarining yordamlariga, jamoat taşkilotlarining kömaklariga tayanamiz.
Natijada esa mahalla xonadonlaridagi mavjud holatlar örganib çiqildi va oilalarda soğlom muhitni şakllantiriş, reproduktiv salomatlikni mustahkamlaş va barkamol avlodni voyaga yetkaziş işlariga keng jamoatçilikni jalb qiliş yuzasidan aholi örtasida keng miqyosda tuşuntiriş işlarini olib borişga erişildi.
Men keyingi saylovda 4-"Döstlik” saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatligiga saylanganman. Asosiy işim – "Yangiobod” MFY raisi vazifasi bilan birgalikda albatta, deputatlik faoliyatimni ham bekam-u köst bajarişga harakat qilayapman. Şu maqsadda "Döstlik” mahalla fuqarolar yiğini binosida taşkil etilgan deputatlik xonasida Kengaş tomonidan tasdiqlangan fuqarolarni qabul qiliş kuni va saylovçilar bilan uçraşuvlar ötkaziş jadvaliga muvofiq har oyning oxirgi şanba kuni fuqarolarni qabul qiliş bilan birgalikda har çorak yakuni böyiça saylovçilarim bilan uçraşib, ularga mamlakatimiz siyosiy hayotidagi özgarişlar, tuman Kengaşi va hokimligi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar haqidagi maʼlumotlarni yetkazib turaman.
Men tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal Demokratik partiyasining deputatlik guruhi rahbari hamda xalq deputatlari tuman Kengaşining Mahalliy byudjetni şakllantiriş va uni ijro etiş, iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş hamda tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi sifatida ham bir qança işlarni amalga oşirib kelmoqdaman. Joriy yilning ötgan davri mobaynida doimiy komissiya tomonidan 9 ta yiğiliş ötkazildi.
Jumladan, 2015-yilning 27-mart kuni doimiy komissiya aʼzolari "Xitoy” ovul fuqarolar yiğinidagi "maslahat markazi” tomonidan olib borilayotgan işlarni, 12-iyunda esa "Kuyuk köpir” ovul fuqarolar yiğinida yangi iş örinlarini yaratiş, aholining, ayniqsa xotin-qizlarning bandligini taʼminlaş böyiça olib borilayotgan işlarni örganib çiqdik.
"Yangiobod” mahalla fuqarolar yiğini hududidagi Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji binosida 13-mart va 5-iyun kunlari "Reproduktiv salomatlik, onalik va bolalikni muhofaza etiş hamda hududlarda sanitariya holatini yaxşilaşning dolzarb masalalari” mavzusida yiğilişlar ötkazildi.
Şuningdek, avgust oyidagi yiğilişda "Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi "Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori talablari asosida "Qiliçboy” OFYda olib borilayotgan işlar töğrisida”gi masala körib çiqildi.
Men öz deputatlik faoliyatimni yanada yaxşilaş maqsadida saylovçilarim bilan tez-tez uçraşişga, ular bilan ötkazilgan suhbatlar çoğida bizga işongan yurtdoşlarimizning xohiş-istaklarini örganişga, ularga imkoni boriça köproq yordam körsatişga harakat qilaman.
Çunki, biz deputatlar öz saylovçilarimiz qalbiga yöl topib, ularning işonçini qozonsakkina deputat degan şarafli nomni oqlagan bölamiz.
Madamin KAZAKOV, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati, tuman Kengaşining Mahalliy byudjetni şakllantiriş va uni ijro etiş, iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş hamda tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça doimiy
komissiyasi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶