ER-XOTINNING ŞAXSIY VA MULKIY MAJBURIYaTLARI
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasi.
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organida röyxatdan ötkazilgan vaqtdan boşlab nikoh tuzuvçilar er-xotin hisoblanadilar va şu paytdan boşlab ular örtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Ular örtasida munosabatlar axloq-odob qoidalari bilangina emas, balki qonunlar, huquqiy qoidalar bilan ham tartibga solinadi.
Xotin-qizlar siyosiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqqa ega bölganlaridek, oilada ham barça şaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqlardan foydalanadilar va bab-baravar majburiyatlarga egadirlar.
Er-xotinning qayd etilgan nikohi natijasida vujudga kelgan huquq va majburiyatlari ikki xil - şaxsiy va mulkiy böladi. Şaxsiy huquqlarning köpi er-xotinning nikoh tufayli yuzaga keladigan huquqi kabi nikohga ötgunga qadar ham ularga tegişli böladi. Masalan, familiya tanlaş huquqi, bolalar tarbiyasi va oila-turmuş masalalarini hal qiliş, maşğulot turi, kasb va turar joy tanlaş huquqlari şular jumlasidandir. Bunday holatlarda ularning mehnat va fuqarolik huquqi muomala layoqatining elementi bölib, oila huquqi sohasiga kirmaydi.
Er-xotinning har biriga tegişli bölgan şaxsiy huquq va majburiyatlari faqat oila huquqi bilangina emas, balki huquqning boşqa sohalari bilan ham tartibga solinadi.
Oilaviy munosabatlarda er-xotinning şaxsiy huquqlari mulkiy huquqlariga nisbatan ustuvor ahamiyatga ega bölib, ularning hajmi, mazmuni, xarakteri er va xotinning oilaviy munosabatlarda qatnaşuvçi sifatidagi huquqiy holatini belgilab beradi.
Amaldagi qonunlar turmuşga çiqqan ayolni muomala layoqatida heç qanday çeklamaydi, uni eriga böysundirib, qaram qilib ham qöymaydi. Barça huquqiy munosabatlarda er-xotin huquqning teng subʼekti hisoblanib, ularga bab-baravar huquqlar beriladi va tegişli majburiyatlar ham yuklanadi. Özbekistonda er va xotin rasmiy jihatdangina emas, balki oilada ham teng huquqqa egadir. Biroq er-xotindan birining şaxsiy huquqini amalga oşirişiga muntazam xalaqit beriş (masalan, erning yoki xotinning maşğulot turi, kasb tanlaşiga xalal yetkaziş) şaxsiy huquqlarni amalga oşirişni suiisteʼmol qiliş, oila manfaatlariga qarşi qaratilgan xatti-harakatlar nikohdan ajralişga olib kelişi mumkinligini unutmaslik lozim.
J.ABDIRIMOV,
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oşiriş
markazi tinglovçisi.
(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶