21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:30
Siyosat 👁 5,078

ISTIQLOL VA MUSTAQIL OʻZBEKISTON RAMZI

ISTIQLOL VA MUSTAQIL OʻZBEKISTON RAMZI

Istiqlolimizning eng oliy yutuqlaridan biri – yurtimizda tarixan qisqa muddatda milliy davlatchiligimiz huquqiy poydevori yaratilgani bilan bugun har qancha faxrlansak arziydi.

Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining 24 yillik mustaqil taraqqiyot yoʻlida erishgan barcha natijalar, xususan, inson huquqlari va erkinliklarining taʼminlanishi, davlat boshqaruvining eng samarali mexanizmi joriy etilishi, fuqarolik jamiyati asoslarining vujudga kelishi va rivojlanishi kabi yutuqlar Konstitutsiya va u asosida qabul qilingan qonunlarning izchil amalga oshirilishi natijasida qoʻlga kiritildi. Prezidentimiz eʼtirof etganidek, «Konstitutsiyamiz oʻz mazmun-mohiyatiga koʻra xalqimiz tafakkurining mahsuli boʻlib, u davlatni davlat, millatni millat sifatida tanitadigan qomusnomadir». Uning barcha moddalari dunyoda umumeʼtirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquq normalari va boshqa bir qator xalqaro hujjatlardagi umuminsoniy tamoyillar mazmuni bilan sugʻorilgan.

Konstitutsiya (lotincha "Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning oʻzaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi.

Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chogʻda sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, Oʻzbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yoʻldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz.

Milliy davlatchiligimizning eng muhim qadriyatlarini belgilab beradigan Asosiy Qonunimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy huquqiy tamoyillari oʻzining aniq ifodasini topgan boʻlib, ular orasida davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga boʻlinishi hal qiluvchi qoida sifatida muhrlab qoʻyilgan.

Ana shunday mustahkam huquqiy  poydevor asosida mamalakatimizda tub islohotlar amalga oshirildi, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tarkibiy tuzilishi modernizatsiya qilindi va yangilandi, joylarda hokimlik instituti joriy etilib, mahalliy hokimiyat organlari qayta tashkil qilindi, fuqarolarning oʻzini-oʻzini boshqarish organlari tizimi – mahalla instituti rivojlandi va mustahkamlandi.

Diyorimizda ijtimoiy jihatdan yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslari yaratilib, yangicha iqtisodiy munosabatlar mexanizmlari joriy etildi, tegishli infratuzilma institutlari tashkil etildi. Bugungi talabga javob beradigan mutlaqo yangi moliya va ikki bosqichli zamonaviy bank tizimlari shakllantirilib, iqtisodiyotimizning barcha soha tarmoqlarida chuqur islohotlar amalga oshirildi.

Mustaqillik yillarida yurtimizda mulkiy munosabatlar sohasida ham tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Mamlakatimizda koʻp ukladli iqtisodiyot shakllanib, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor rivojlanish imkoniyatiga ega boʻldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotimizda nafaqat hal qiluvchi oʻrinni egalladi, balki bozorlarimizni zarur tovar, xizmatlar bilan toʻldirish, odamlarning daromadi va farovonligini yuksaltirishning asosiy manbai, aholi bandligini taʼminlashning eng muhim omiliga aylandi.

Biz erishgan marralarning eng muhimi – eski tizimdan butunlay voz kechib, mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish yoʻlidan dadil borayotganimiz va bu jarayonning hech qachon ortga qaytmaydigan qatʼiy va izchil tus olganini bugungi kunda har bir oʻzbekistonlik chuqur anglab va butun ong-u shuuri bilan his etib yashamoqda.

Demokratlashtirish va liberallashtirish, biz uchun printsipial jihatdan mutlaqo yangi boʻlgan davlatni shakllantirish, albatta, bu bir-ikki yilda hal etiladigan vazifa emas, balki muayyan muddat bilan chegaralanib qolmaydigan uzoq va uzluksiz jarayondir.

Bugungi kunda Konstitutsiyamiz haqida soʻz yuritar ekanmiz, muhtaram Prezidentimiz uqtirganlaridek, eng dolzarb, kerak boʻlsa, eng buyuk vazifamiz – Oliy Qomusimiz belgilab, muhrlab bergan asosiy printsip va tamoyillarni hayotga toʻliq tatbiq etishdan iborat.

Konstitutsiya – nafaqat bugungi kunning, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi hujjat, farzandlarimiz yoʻlini yoritib turguvchi mayoqdir.

Shunday ekan, jamiyatimiz hayotining mezoni boʻlgan Konstitutsiyani chuqur va har tamonlama oʻrganishimiz, uning maʼnosiga yetib borishimiz, amaliy hayotimizning doimiy qoʻllanmasiga aylantirishimiz darkor.

Muxtasar aytganda, Asosiy Qonunimiz mamlakatimizda bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlarni jadal va barqaror rivojlantirish hamda kelajakda davlatimizni ravnaq toptirishni kafolatlaydi.

S.Xudaybergenov,

D.Tangirov,

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026