Keksalar ham bola bölgan
Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasidagi «Jetkinşek» bolalar va usmirlar gazetasining «Keksalar ham bola bulgan» nomli loyihasi qullab-quvvatlanib kelinmoqda. Loyiha doirasida gazetada bir qator işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, uşbu loyiha haqida tahririyat qoşida taşkil topgan «Diluar» yoş muhbirlar tugaragi aʼzolari bilan birgalikda seminar-trening utkazildi. Seminarga Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligidan, Nuroniy fondi Qoraqalpoğiston Kengaşidan, «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşidan vakillar qatnaşib, «Keksalarni ezozlaş yili» Davlat dasturining ahamiyati tuğrisida tuşunşa berdi. Seminar-trening qatnaşçilari loyiha koordinatori, gazetaning mahsus muxbiri E.Xojamuratovaning loyiha doirasida utkaziladigan «Keksalar ham bola bulgan» tanloviga maqola yoziş buyiça maxorat darsi va loyiha uslubçisi B.Sultamuratovning interaktiv maşğulotiga faol qatnaşdi. Şuningdek, gazeta saxifalarida «Keksalar ham bola bulgan» nomli tanlov eʼlon qilinib, tanlovga bir qança ijod namunalari keldi va kelişi davom etmoqda. Tanlovga kelgan makolalar saralanib, eng yaxşilari çop etilmoqda. Loyiha doirasida ikkinçi jahon uruşiga qatnaşgan fahriy otalarimiz haqida, ularning bolalik paytlari haqida «Diluar» yoş muhbirlar tugaragi aʼzolari tomonidan bir qança maqolalar çop etildi.
Jumladan, gazetamizning 2015-yilgi 38-sonida faol uquvçimiz Guldana Yerejepovaning «Jaqsi kunler köp bolsin,-deydi Nazarbay ata», 40-sonida gazetaning yoş muhbiri Adilbek Latipovning Xujali tumanida yaşovçi uruş qatnaşçisi Rejepbay ota Jumaniyazov haqidagi «Heş qaşan miynetten qaşpan!», 41-sonida Amudaryo tumanidagi 22-sonli umumtaʼlim maktabining uquvçisi Umida Erdaşovaning şu tumanda yaşovçi veteran Sabur ota Nurullayev haqidagi «Yen jaqsi tileklerim balalarğa», 42-sonida QDU yonidagi 1-sonli akademik litseyi talabasi Ayjamal Karamatdinovaning tumandagi uruş veterani Seydan ota Orazimbetov haqidagi «Balalarimiz iğbalina köz tiymesin», 43-sonida Turtkul tumanidagi uquvçimiz Jasur Raymovning tumandagi uruş fahriysi Baltabay ota Ibadullayev haqidagi «Köpti körgen ustaz» va QDU yonidagi akademik litsey uquvçisi Sarbinaz Sarsenbayevaning «Ulken şanaraqta», 44-sonida litsey uquvçisi Ayimxan Annabayevaning Şumonoy tumanida yaşovçi uruş veterani Aytbay ata Tajibayev haqidagi «Aytbay atanin martlikleri», 45-sonida Muynoq tumanidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabining uquvçisi Dildara Qalbayevaning Çimboy tumanida yaşovçi uruş veterani Nasraddiyn ota Bakirov haqidagi «Uris-urista joq turis,-deydi Nasraddiyn ata Bakirov», 46-sonida Qunğirot tumanidagi 43-sonli umumtaʼlim maktabining uquvçisi Nodirbek Kamalovning otasi, ikkinçi jahon uruşi veterani Kamal Yusupov haqidagi «Bizler körgen qiyinşiliqlardi körmegeysiz,-deydi atam Kamal Yusupov» va Nukus şahar 27-sonli maktab uquvçisi Ayzada Joldasbayevaning «Miynetten jasarğan Xudaybergen ata», 47-48-sonlarida Buston akademik litseyi uquvçisi Guzal Raxmetovaning «Jenisti Pragada kutip alğan atam» va NMPI yonidagi 2-sonli akademik litsey uquvçisi Sultanbek Ziyayevning «Alğisqa bölengen şofyor», 49-sonida faol yoş muhbirimiz Aydos Muxammediyarovning «Tinişliktin qadirine jetin, balalarim» nomli maqolalari «Keksalar ham bola bulgan» tanloviga» rukni ostida çop etildi.
Loyiha doirasida gazeta muharririyati Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Nuroniy fondi Qoraqalpoğiston Kengaşi, «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi bilan birgalikda iş olib bormoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶