21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 04:43
Jamiyat 👁 9,772

OBOD MAHALLA – OBODON VATAN

OBOD MAHALLA – OBODON VATAN

Publitsistika


Şukrona

Mahalla – bizning ona makonimiz, ota uyimiz joylaşgan qadrdon göşa. Şuning uçun ham qadrdonki, dunyoga kelgan kunimizni, hayotimizdagi quvonçli damlarimizni, hatto ğam-u taşvişlarimizni özimizdanda oldinroq sezuvçi fidoyi birlik bu! Ne uçun bu makonni birlik deb atadim?  Çunki, etni tirnoqdan ayirmoq muşkul bölgani kabi mahalla ahlini bir-biridan ayriça tasavvur qiliş, toifalarga böliş, seniki va meniki degan xayol közgusidan boqiş aslo mumkin emas. Şuning uçun ham mahallalarimizda barça millat bolalari ahil, totuv, inoq – bitta köçada, bitta xonadonda, hatto bitta oilada farovon yaşaşadi. Şuning uçun ham mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega udumlar, urf-odat va anʼanalarning umri boqiy.

Şu yilning 6-iyul kuni Manğit şahrining "Gulzor” mahallasi hududida qad rostlagan "Kamolot” uyining oçiliş marosimida qatnaşdim. 48 xonadonga möljallangan 4 qavatli bu muhtaşam uyning "Kamolot” uyi deb nomlanişining özida juda katta ramziy maʼno bor: bu -  avvalo "Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatining asoslari töğrisida”gi Qonunning tumanimiz yoşlari hayotidagi amaliy ifodasi bölsa, bundan ham muhimroği – tobora obod va farovonlik kasb etayotgan mahalla institutining demokratik tamoyillar asosida rivoj topayotgani – taraqqiyotga yuz tutgan özbek mahallasining gözal manzarasi mujassam bölganidan dalolat. Vaholanki, bugungi mahallaning Istiqloldan nurafşon dillarda havas uyğotgulik manzaralari bisyor!

"Kamolot” uyida hovli töylari ötkazayotgan yoş oilalarning quvonçlariga oşno bölib, ularning özgaça mehr bilan bezatgan xonadonlari ostonasidan hatlar ekanman, beixtiyor özim yangi imorat quriş uçun yugurib-yelib yurgan damlarimni esladim:  quriliş aşyolari taqçil, tsement topilsa, pişiq ğişt, ğişt topilsa, ohak yoki taxta izlab sarson bölgan kunlarda butun oilamiz bilan topgan-tutganimizni örtaga taşlab, 10-yil davomida imoratimizni çala bitirib köçib kirganimiz, yoşligimizning eng gullagan davrida uy quriş taşvişlariga kömilib, yaşaganimiz, hatto murğak farzandlarimizgaça qurgan imoratimizning çala-çulpasini butlaş uçun jon kuydirib, biri loy qorisa, biri suvoq qilib, bolaligini unutib ulğayişganlarini köz oldimga keltirib, bugungi yoş oilalar uçun mamlakatimizda yaratib berilayotgan beqiyos imkoniyatlar, barçasidan muhimi, mahallalarning tobora obod va farovon göşaga aylanib borayotganidan dilimni xavas, quvonç, şukrona çulğaydi.

       

Keça mahalla bor edimi?

Köz oldimda yana yaqin ötmiş manzaralari jonlanadi: katta ovulning u boşi bilan bu boşida "Ray PO” deb atalmiş savdo taşkiloti tasarrufidagi ikkitagina dökon bölardi. Butun ovulda bitta yo ikkita klub binosi bölib, boşqa madaniy-maişiy xizmat turlari yöq hisobda. Nari borsa, "Dom bita” deb atalmiş tuman maişiy xizmat körsatiş korxonasining har ovulda bittagina tikuvçilik tsexi amal-taqal işlab turardi. Odamlar töy-tomoşalarda jamlanib, köngillarini yozib olişardi. Köçma kinolar "xizmati”dan foydalanişardi...

Baʼzan öylab qolaman: keçagi kunimiz, ötgan asrning 70-80-yillarida mahalla degan ijtimoiy tuzilma bor edimi özi? "Ha”, – deyişga asos yöq, "yöq”, - deyişga ham. Çunki, şörolar tuzumi manfaatlarini ifoda etuvçi "Ovul sovet” va "Şahar soveti” nomini olgan xududiy atamalar bilan iş olib boruvçi fuqarolik organlarining qanday vazifalarni ado etişi bilan aholi, töğrisi, qiziqmas ham edi. Bu fuqarolik organlari kim uçundir "maʼlumotnoma beradigan idora”, kim uçun "aholi sonini röyxatga oladigan yoki röyxatdan çiqaradigan idora”, "xalqning mol-mulkini hisoblab, soliqqa tortiluvçilar röyxatini tuzuvçi idora”... va yana şunga öxşaş vazifalarni bajaruvçi bir "idora” edi, xolos. Xalqning taşvişi nima, uni qanday muammolar qiynayotir? Uning farzandlari uçun qanday şaroitlar yaratiş kerak? Orzu-umidlari-çi? Oilalarning moddiy ahvoli qanday? Aholining ijtimoiy qatlamiçi, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtojlar bormi? – kabi savollar odamlar dilidan tiliga köçib, bu "idoralar” ostonasidan hatlab, aslo içkariga kirmas edi...

 

Katta xonadonga aylangan makon

Şular haqida öylarkanman, mustaqillikning ilk yillarida ayniqsa, bozor munosabatlariga ötiş davrida mamlakatimizda özini-özi boşqariş organlari – mahallalar faoliyatini jonlantiriş borasida olib borilgan keng qamrovli işlar, kuçli davlatdan kuçli fuqarolik jamiyati barpo etiş sari qöyilgan ezgu qadamlar, mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni taʼminlaş borasida olib borilgan xayrli işlar köz oldimda gavdalanadi.

- Bugun mahalla aholi uçun katta xonadonga aylandi, - deydi "Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman bölinimasi raisi Rustam aka Rözmetov. – Şunday bölgaç, bu xonadonning gullab-yaşnaşidan barçamiz bahramandmiz. Oddiygina misol, tumandagi öquv muassasalarining har birida – maktablarda sinf rahbari, kollejlar va akademik litseyda guruh rahbarlari boşçiligida 3 tadan yordamçi guruhlar tuzilgan. Tuman böyiça 170 ta yordamçi guruh bölib, bu guruhlarga birikkan öquvçilar özgalar yordamiga muhtoj insonlar, keksalar, boquvçisini yöqotgan oilalar holidan tez-tez xabar olib turişadi. Ekin-tikin, obodonlaştiriş işlariga yaqindan yordam berişadi.

Har kuni işga kelişda va ketişda Manğit şahrining Oybek nomli, "Gulzor”, Beruniy nomli, "Yangiobod” va "Döstlik” mahallalari hududlaridan ötaman. Qöliga belkurak tutgan taniş öquvçi-yoşlarni, ustakorlik anjomlarini kötarib ketayotgan yoşlarni, baʼzan katta yoşdagi tanişlarimni uçrataman.

- "Köhna qalʼa” mavzesida yaşovçi otaxon bor edi, uyini taʼmirlayapmiz, - deydi biri.

- Kollejimiz qaramoğidagi keksalarning uylariga borayotirmiz, - deyişadi öquvçi-yoşlar. – Tomorqalarini kuzgi şudgor qilmoqçimiz.

Rustam aka Rözmetov aytganlariday, bugungi mahallaning nufuzi ortgan, faoliyat kölami ham keng. Qiyofasi ham özgargan. Bu katta xonadonning har bir aʼzosining dilida bir ezgu niyat – öz xonadoni – mahallasini obod köriş. Ona Vatanning eng fayziyob göşasiga aylantiriş.

Bugungi mahalla ana şunday uluğ orzularga, uluğvor rejalarga poydor makon.

 

Bugungi mahalla

- Bugun hayotimiz tubdan özgardi, - deydi Manğit şahrining "Gulzor” mahallasi fuqarolar yiğini raisi Gulmirza aka Yermatov. – Bir köz oldingizga keltiring-a, bizning mahallamiz joylaşgan hudud avval qanday edi? Infratuzilma qoloq, odamlarning hayotga qiziqişlari bir yoqlama. Ertangi kunga işonçdan köra umidsizlik zohir emasmidi ular qalbida?

Darvoqe, bugungi "gulzor”liklar turmuş tarzi bilan keçagi hayoti örtasida osmon bilan yerça farq bor. 3100 nafar aholi istiqomat qiladigan mahalla ahlining asosiy qismi öqimişli, ziyoli, tadbirkor va işbilarmon. Ayni paytda mahalla hududida eng zamonaviy meʼmoriy uslubda qurilgan 1000-örinli töyxona, dökon-oşxona, avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçasi, nonvoyxona, qandolat mahsulotlari işlab çiqariş tsexi, avtomobillarga texnik hizmat körsatiş şoxobçalari, 45 tadan ziyod yakka tadbirkorlik hizmatlari faoliyat olib bormoqda. MFY raisiga mahalladagi har bir xonadonning turmuş tarzi beş qölday ayon.

- Işonavering, - deydi rais mamnuniyat bilan, - hatto qaysi oilaning oylik daromadi qança ekanligini yanglişmay ayta olaman.

Işonmaslik mumkinmi? Aslo! Çunki, bugun mahalla – xalq hayotining közgusi. Muammolar ham, yangi orzu-rejalar ham bugun eng avvalo mahallada muhokama etiladi. Muammolar hal etilib, orzularning röyobi uçun, rejalarning takomilga yetmoği uçun faol harakat mahalladan boşlanadi. Oddiygina misol: "Gulzor” mahallasida faqat tadbirkorlarning saʼy-harakatlari bilan sönggi 2-3-yil içida iş bilan band bölganlar soni keskin oşdi, aholiga maişiy xizmat körsatiş şoxobçalarining özida 54 ta yangi iş örni taşkil etildi. Uy mehnati bilan şuğullanuvçilar 177 nafarga köpaydi, 45 nafar "gulzor”lik fuqaro yakka tadbirkorlik bilan şuğullaniş imkoniga ega böldi. 2015-yilning 11 oyi davomida 50 gayaqin  yangi iş örni yaratildi. 23 nafar kollej bitiruvçilari doimiy iş bilan taʼminlanib, ulardan 2 nafari öz tadbirkorlik faoliyatini taşkil etiş uçun imtiyozli kredit oliş huquqini qölga kiritişdi. Mahalla hayotidagi bu yangiliklar fuqarolar turmuş tarzini tubdan özgartirib yubordi. Köçalarni, hovli va xonadonlarni obodonlaştiriş, tomorqa xöjaligidan yuqori unum oliş, oilada farovon yaşaşga intiliş mahalla ahlining kundalik hayot qoidasiga aylandi.

 

Közni quvontirgan obod hovlilar

– Körsangiz, mahallamiz köçalari gullarga, dov-daraxtlarga burkangan!

Mahallaning diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi Gulbahor Allaberganovaning quvonçiga şerik bölib mahallaning körkiga-körk qöşgan şinam va ozoda köçalar böylab "Kamolot” uyi tomon yöl olamiz.

- Yaqinda 6 ta köçaga haşar yöli bilan toş yotqizdik, – deydi Gulbahor, – mahallamiz hozir şahrimizning yangilanib va tez özgarib borayotgan xududiga aylangan.

Haqiqatan ham, Gulbahor aytganiday, nainki körgan közlar, hatto dillar quvonçdan yaşnab ketgulik gözal manzara–mahallaning şimoliy-şarqiy hududida – Manğit-Qipçoq  katta guzar yöli böyida qad rostlagan namunali uylarda bugun jöşqin hayot nafasi ufurib turibdi. 2013-yilda bunyod etilgan 40 ta namunali uylarning fasad qismidan tortib tomorqasigaça jannatiy manzara kasb etgan. "Kamolot” uyi bilan bir-biriga yondoş ravişda qad rostlagan uylar tomorqalarida möʼjaz boğ, ekin-tikindan böşagan va kuzgi şudgor qilingan tomorqaga havas bilan boqmaslik  mumkin emas. Bolalar maydonçalaridagi kiçkintoylarning quvnoq ovozlari, şu hududda qurilişi jadal surʼatlarda olib borilayotgan infratuzilma inşootlari – bugungi mahalla hayotining istiqloldan rang olgan manzaralaridan biri emasmi, azizlar!

- Mahallaning nomi bu yerdagi turmuş tarziga monand ekan-da!

- Albatta, - deydi Gulbahor quvonç bilan. – Körsangiz, hayron qolasiz, yana bir neça oydan söng mahallamiz hududida yana 40 ta namunali uy qurilişi yakunlanadi!

Kördik, mahalla hududidan oqib ötuvçi "Toşyop” kanalining eng sölim, öng sohilida yana 40 ta namunali uy qurilişi jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Quvonarlisi şundaki, qurilib, foydalanişga topşirilayotgan bu uylarning xaridorlarining asosiy qismi ham yoş oilalar ekan.

Körib, közimiz quvongan bugungi mahalla hayotining gözal manzaralari qalblarga qandaydir sokinlik, osoyiştalik, xotirjamlik baxş etadi. Zotan, bu Istiqlol bergan uluğ imkon – tinçlik, xotirjamlik aro keçayotgan xalqimiz turmuş tarzining, nurafşon kelajagining amaliy ifodasi – yuraklarimizni quvonçga töldirgan özgarişlar, yangilanişlar mohiyatidir. Ana şu mohiyat bilan könglimiz, uyimiz, oilamiz, mahallamiz va demakki, Vatanimiz yanada obod bölib boraveradi.

Robiya YÖLDOŞEVA.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026