BOLALARGA ĞAMXÖRLIK – KELAJAKKA ĞAMXÖRLIKDIR
Xalqimiz özaro mehr-oqibat, döst-birodarlik, bağrikenglik kabi xislatlarni azal-azaldan juda qadrlab kelgan. Şubhasiz, bu xislatlar har birimizga ilk bor onalarimiz allasi orqali singdiriladi. Öz-özidan ravşanki, dunyoga kelgan gödakning kelgusida qanday inson bölib voyaga yetişi köp jihatdan uning ilk murabbiysi – onalarga boğliq.
Şu boisdan-da bizning mamlakatimizda ayollarning soğlom fikrli, jamiyat hayotida faol bölişiga alohida eʼtibor beriladi. Ularning erkaklar bilan teng huquqqa egaligi Asosiy Qonunimiz – Konstitutsiyamizda ham belgilab qöyilgan.
Şuningdek, munosib mehnat şaroitlarida işlaşlariga, turmuşi sifatini yaxşilaşga ham ulkan eʼtibor qaratilmoqda, jamiyat hayotida faol iştirok etişi bilan birga farzandlarini aqlli, odobli, ham jismonan, ham maʼnan yetuk, yurtimizga munosib farzandlar qilib kamolga yetkazişlariga ğamxörlik qilinmoqda. "Ona töğrisida, uning farzandi töğrisida ğamxörlik qiliş davlatimizning muqaddas burçidir”, degan edi Yurtboşimiz bu haqda.
Yaqinlaşib kelayotgan yangi yilimizning muhtaram Yurtboşimiz tomonidan "Soğlom ona va bola yili” deya nomlanişi xalqimizning, hukumatimizning ayollarga, onalarning soğlom farzandlarni dunyoga keltirişlariga yana bir ğamxörligi ifodasi böldi, desam adaşmayman. Çunki soğlom onalargina soğlom farzandlarni dunyoga keltira oladilar, farzand tarbiyasiday maşaqqatli va ezgu işni uddalay oladilar.
Mana, neça yillarki, har bir yilga öziga xos nomlar berilib, şu asosda közlangan maqsadlarga eʼtibor kuçaytirilib, davlat Dasturlari qabul qilinib, ijrosi taʼminlanmoqda. Şu maʼnoda yaqinlaşib kelayotgan yangi yilimizning "Soğlom ona va bola yili” deya nomlangani meni juda sevintirdi. Şubhasiz, şu munosabat bilan qabul qilinadigan davlat Dasturi biz öqituvçilarning ham zimmamizga ulkan vazifalarni yuklaydi.
Soğlom ona va bola haqida ğamxörlik – ertangi kunimiz haqida ğamxörlik demakdir. Buningdek xayrli va şarafli işga hissa qöşiş har bir fuqaroning burçidir.
Şerzod MADRIMOV,
Amudaryo akademik litseyi öqituvçisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶