21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 04:43
Jamiyat 👁 4,726

Istiqbolga intilgan yoşlar

Istiqbolga intilgan yoşlar

HAM RASSOM, HAM ŞOIRA

Inson tabiatan gözallikka şaydo. Kim uçundir qimmatbaho, jimjimador taqinçoqlar gözal, yana kim uçundir eng yangi fasondagi liboslar, yaqinlarining çehrasi, yaratgan boğ-u böstoni gözal. Yon-atrofimizni qurşab turgan moddiyatlarda közni quvontiradigan gözalliklar bisyor. Biz uni har lahzada xohlagança kaşf etişimiz mumkin. Lekin inson tabiatida şunday bir gözallik borki, biz uni garçi közimiz bilan körmasak-da, uning qudratidan taft olamiz, dilimiz, vujudimiz yayrab ketadi bu gözallikdan. Beixtiyor havas va hayratga çulğanamiz. Bu – qalb gözalligi. Maʼnaviy barkamollik sari intilib, atrofidagilarni yaxşilik, ezgulik sari çorlab yaşaguvçi köngil boyligi bu gözallik!

Manğit şahrining Olmazor mahallasida istiqomat qiluvçi Manğitbek aka Erniyozov ana şunday – butun boyligini köngliga jamlagan inson. Nihoyatda kamtar, kamgap, tabiatan kamsuqum bu inson umr böyi öz qalb gözalligini Amu eliga, manğitliklarga ulaşib kelayotgan bölsa ne ajab. U xalqning xohiş-irodasini, orzu-umidlarini ifoda etuvçi suratlar çizadi. Bu suratlarga göyo rassomning qalb harorati köçganday issiq, taftli.

Manzuraxon Manğitbek qizi ana şu insonning farzandi. U ziyoli oilada şakllangan gözal ijodiy muhit oğuşida ösdi. Manğit şahrining, Amu elining jamiki gözal manzaralarini, betakror tabiati, mehribon, bağrikeng insonlariga xos odamiylik fazilatlarini eng avvalo otasi, taniqli rassom Manğitbek Erniyozov yaratgan tasviriy sanʼat asarlari orqali his etdi. Otasi, onasi öqigan kitoblarni öqidi, ular amal qilguvçi hayot qoidalari asosida toblandi. Manzuraxon Aşirboyeva tumanimizdagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida tahsilni boşlagan 7-8 yoşlaridanoq qöliga möyqalam tutib, otasi kabi suratlar çiza boşladi. Çizgan suratlari bilan avval özi tahsil olgan maktabda ustozlarining, keyinçalik "Barkamol avlod” bolalar markazi mutaxassislarining nazariga tuşdi. Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida tahsil olgan Manzura turli xil körik-tanlovlar, adabiy-badiiy ijodkorlik böyiça bellaşuvlarning doimiy iştirokçisiga aylandi. Biron kun ham ijod qilişdan töxtamagan Manzura kollejni muvaffaqiyatli tugatib, "Barkamol avlod” bolalar markazida işlay boşladi. Bu yerda rassomlikka qiziquvçi bolalar bilan işlaşiş Manzura uçun ham zavqli, ham ançayin masʼuliyatli edi.

- Ayniqsa, ranglar tanlaş masalasida baʼzan qiynalib qolardim, - deydi u, – bunday paytlarda dadam menga doim ustozlik qiladilar.

Tasviriy sanʼatning eng nozik sirlarini dadasi Manğitbek akadan örganişdan, öqib-izlanişdan aslo çarçamaydigan Manzuraxon "Yurt kelajagi” körik-tanlovining Respublika bosqiçida sovrindor böldi va körik-tanlovning maxsus sovğasi hamda Diplomi bilan taqdirlandi. U doimiy ravişda Navröz – umumxalq bayramiga bağişlangan yoş rassomlarning Qoraqalpoğiston Respublikasi körgazmasida öz ijod namunalari hamda "Barkamol avlod” bolalar markazining tasviriy sanʼat tögaragi aʼzolari tomonidan tayyorlangan suratlar jamlanmasi bilan muvaffaqiyatli iştirok etib, sovrinli örinlarni egallab kelmoqda.

- Men uçun 2015-yil juda omadli keldi, - deydi Manzura quvonç bilan. - Nukus Davlat pedagogika institutining tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi fakulteti talabasi böldim.

Orzulari tomon dadil qadam taşlagan Manzura Aşirboyeva uçun oliygohda tahsil oliş, yetuk mutaxassis olimlar, fidoyi ustozlar nazari ostida ijod etiş uning hayotida yangi-yangi sahifalarni oçdi. Bolaligidan rassomlik bilan şuğullanib, maktabdagi va kollejdagi ustozlarining, turli xil körik-tanlovlar taşkilotçilarining eʼtirofiga sazovor bölgan Manzura özining yana bir nozik qobiliyatini namoyon etdi. Şeʼriy maşqlari bilan oliygoh öquv auditoriyalaridagi bahs-munozaralarda, katta-kiçik tadbirlarda iştirok etib, ijod ahlining nazariga tuşdi.

Yaqinda, sölim kuz faslining farahli kunlaridan birida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi taşabbusi bilan "Dörman” ijod uyida bölib ötgan VII respublika yoş ijodkorlar seminarida iştirok etiş baxtiga muyassar böldi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Xalq yozuvçisi Muhammad Ali, Yozuvçilar uyuşmasi raisining örinbosari Iqbol Mirzo, xalq şoiri Mahmud Toir, Tursunboy Adaşboyev, Suvon Meli, Bahodir Karim, Abduqayum Yöldoşev, Adhambek Alimbekov, Sirojiddin Rauf, Öktam Mirzayor, Klavdiya Pançenko, Nodir Jonuzoq kabi el ardoğidagi ustoz şoir-u yozuvçilarning mahorat maktabi tahsillarida, suhbatlarida qatnaşib, Özbekistoning turli viloyatlaridan kelgan yoş ijodkorlar bilan tanişiş baxtiga muşarraf böldi. Ijod ahli uçun muqaddas göşa hisoblangan tabarruk dargoh – "Dörman” ijod uyida ötkazilgan şeʼriyat anjumani davrasida öz şeʼrlarini öqidi, ustoz şoirlar maslahatlarini tinglab, olqiş va duosini oldi.

- Men şeʼrlarimni doimo boşqalarga körsatmay, yaşirib yurardim, - deydi Manzuraxon Aşirboyeva. – Endi bilsam, xato qilgan ekanman. Şeʼr - nafaqat öz könglim, balki özgalar könglining ham mulkiga aylanişi mumkin ekan. Respublika yoş qalamkaşlarining töplamiga mening ham şeʼrlarim kiritilişini aytişganida zimmamda juda katta masʼuliyatni his etdim. Bu – maʼnaviyatga daxldorlik, tilga, adabiyotga daxldorlik tuyğusi bilan yaşaş masʼuliyati.

Manzura Aşirboyeva endi 21 yoşga qadam qöydi. Uning barça orzulari oldinda. Tasviriy sanʼat hamda şeʼriyatda birdek ijod qilayotgan Manzuraxonning kelajagiga işongimiz keladi. Unga bir samimiy döst, ijod maydonida hamfikr va hamnafas sifatida:

- Istiqbolga intilgan qadamlaring qutluğ, yöllaring oydin bölsin, - deymiz.

 

Robiya YÖLDOŞEVA,

Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.  

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026