KONSTITUTsIYa – ISTIQLOLIMIZNING PORLOQ, HAYoTBAXŞ QUYoŞI
Konstitutsiyamiz mustaqilligimizning mevasi, yangi milliy davlatimizning huquqiy poydevori, xalqimiz manfaatlarini közlovçi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini, ozodligi, şaʼni va qadr-qimmatini muhofaza qiluvçi hamda yuksaklarga kötaruvçi Boş qomusimiz – Asosiy qonunimiz bölib uluğlanadi, eʼzozlanadi va qadrlanadi. Konstitutsiyamiz mamlakatimizning jahon maydonida, dunyo sahnasida qad rostlaşi, taraqqiy etişida, adolatli huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etiş uçun strategik dastur, yölçi yulduz va sönmas mayoq bölib porlab turibdi. Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, "Bizning Konstitutsiyamiz eng demokratik, xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan meʼyor va talablarga töla javob beradigan qomusdir”.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda heç bir taʼrifga siğmaydigan mislsiz olamşumul tarixiy yutuqlar, keskin buriliş, ulkan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy madaniy-maʼrifiy özgarişlar va yangilanişlar yuz berdi. Bu albatta Konstitutsiyamizga suyangan va tayangan davlatimizning odilona töğri siyosati, jamiyatimizning barça sohalari va jabhalarida olib borilayotgan çuqur islohotlar hamda mamlakatimizni izçil modernizatsiyalaş samarasidir.
Bugungi hayotimizda, butun jamiyatimizda Konstitutsiyamizga asoslangan holda qonun ustuvorligi tamoyillariga tayanib qatʼiy va izçil olib borilayotgan davlatimiz siyosati natijasida mamlakatimizda barqaror tinçlik va barqaror taraqqiyot, ijtimoiy-iqtisodiy yuksaliş, millatlararo totuvlik va hamjihatlik, bugungi farovon hayotimizning, xalqimiz baxtu-saodatining har bir şaxs, har bir inson kamolotining tayançi va kafolati bölib xizmat qilmoqda.
Binobarin, bizning har birimiz Konstitutsiyamizning va unga asoslangan barça Qonunlarimizning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini töla anglab örgangan va özlaştirgan holda bugungi jöşqin hayotda, çinakam bunyodkorlik jarayonlarida faol qatnaşişimiz, faol hayotiy pozitsiyani egallaşimiz zarur. Şunda bizning har birimiz öz-özimizga "Istiqlol bizga nima berdi?” – degan boqibeğamlik va boqimandalik kabi bemaʼni, ğaliz savolni emas, balki biz mustaqilligimizni mustahkamlaş, mamlakatimiz ravnaqi va yurtimiz farovonligi uçun nimalar qildik va qanday ezgu işlar va amallarni bajarmoqdamiz, degan baralla yangrovçi yuksak insoniy xislat va ovoz bilan maydonga çiqqan bölamiz. Biz har birimiz Konstitutsiyamizning ezgu ğoyalarini izçillik bilan amalga oşiriş yölida yanada şijoatli, yanada mardonavor, yanada samarali mehnat qilaylik, qatʼiy kuraşaylik.
Zero, Konstitutsiyamiz – istiqlolimizning porloq, hayotbaxş quyoşi bölib, mamlakatimizning yuksak taraqqiyot yölini nurafşon qilib turibdi.
Ilhom NURULLAYeV,
2-sonli tuman davlat notarial idorasi notariusi.
(Foto - ÖzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶