22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:44
Jamiyat 👁 3,034

Qisqa satrlarda

Qisqa satrlarda

qishki sugʻorish ishlari avjida

Oʻtgan yilning kuzida tumanimiz boʻyicha 3000 gektar maydonga kuzgi bugʻdoy ekilib, toʻliq nihol olishga erishilgan edi.

Ayni kunda unib chiqqan nihollarni parvarishlash ishlariga alohida eʼtibor berilmoqda.

Sugʻorish ishlariga fermer xoʻjaliklarining 600 nafar tajribali suvchilari, shuningdek 317 nafar suv xoʻjaligi tashkiloti xodimlari va 53 nafar suv isteʼmolchilari uyushmalari xodimlari jalb etilgan.

Qishki sugʻorish ishlarini sifatli tashkil etish maqsadida tuman davlat soliq inspektsiyasi xodimlaridan 4 ta guruh tuzilib, ular sugʻorish ishlarini doimiy ravishda nazorat qilib bormoqdalar.

 

Chorva qishlovi betalofat oʻtkazilmoqda

2015-yil davomida tumanimizdagi  chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari va agrofirmalarda jami 2481 bosh qoramol boqildi va chorva qishloviga puxta taraddud koʻrildi.

Oʻtgan yili ushbu subʼektlarda rejadagi 2729 tonna oʻrniga 2737 tonna beda pichani, 6181 tonna oʻrniga 6187,7 tonna silos, 2596 tonna oʻrniga 2602 tonna senaj va 4560 tonna oʻrniga 4570 tonna  hashaki lavlagi  jamgʻarildi.

Ayni kunda bu subʼektlardagi mavjud qoramollar toʻq va sogʻlom boqilib, chorva qishlovi betalofat oʻtkazilmoqda.

 

Shoʻr yuvish ishlari qizgʻin

Joriy yilgi mavsumda tumanimizda 20526 gektarmaydonning shoʻrini yuvish va 16905 gektar maydonga nam suvi berish ishlari rejalashtirilgan.

Shoʻr yuvish ishlarini oʻz vaqtida, sifatli olib borish maqsadida tumanda 17 ta sugʻorish otryadlari tuzilib, har bir SIUda sugʻorish shtablari tashkil etildi.

Shu kungacha 20526 gektar maydonda birinchi va 18411 gektarmaydonda ikkinchi shoʻr yuvish ishlari amalga oshirildi.

 

SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI YOʻLIDA

Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni asrash, fuqarolarni yanada xushyorlikka chaqirish hamda "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonun va fuqarolarning pasport rejimiga rioya qilish, diniy ekstremizm va odam savdosiga qarshi kurashish masalasida chegara hududlarida joylashgan mahallalarda uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Tumanimizning chegara hududlarida joylashgan 9 ta ovul va mahallalarda oʻtkazilgan yigʻilishlarda taʼkidlanganidek, xavfsizlikka tahdid – u qanday koʻrinishda boʻlmasin, mamlakat tinchligiga, barqarorligiga, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, inson maʼnaviyatiga, salomatligiga va hayotiga, atrof-tabiiy muhit tozaligi, musaffo osmon sofligiga katta xavf tugʻdiradi. Shunday ekan, har qanday xavfning oldini olishga hissa qoʻshish nafaqat huquqni muhofaza qilish organlarining, balki har birimizning burchimizdir.

 

sogʻlom turmush tarzi targʻiboti

22 yanvar kuni Amudaryo akademik litseyining majlislar xonasida "Oiladagi sogʻlom turmush tarzi – ona va bola salomatligi garovidir” mavzusida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasining ijtimoiy-siyosiy nashri – "Gulayim” gazetasi tahririyatining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan grant loyihasi doirasida seminar oʻtkazildi.

Loyihadan koʻzlangan maqsad – atrof-muhitni muhofaza qilishda, tabiiy resruslardan oqilona foydalanishda nodavlat notijorat tashkilotlarining, matbuot va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish orqali aholining, ayniqsa xotin-qizlarning ekologik va tibbiy madaniyatini yaxshilashga erishishdan iborat.

Seminarda tuman tibbiyot birlashmasi, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi, tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari raislari soʻz olib, kun tartibidagi masala boʻyicha fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Seminar soʻngida kun tartibidagi masala boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026