22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:42
Jamiyat 👁 3,635

HUShYoRLIK – DAVR TALABI

HUShYoRLIK – DAVR TALABI

Sud binosida sudyalar va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan fuqarolar yurisdiktsiya  sudlari binolarida yurish-turish qoidalarini bilishi alohida ahamiyatga ega.

Fuqarolar sud binolariga kelganlarida ularning yonlarida fuqarolik pasporti, harbiy xizmatchi boʻlsa, harbiy guvohnomasi yoki tegishli tashkilot tomonidan berilgan xizmat guvohnomasi boʻlishi lozim.

Sudga tashrif buyuruvchilar sud binosiga yoki majlislar zaliga belgilangan kunlarda va vaqtlarda kelishlari, sud ishi koʻrilayotganda sud majlislari zalida sud protsessual ishtirokchisi sifatida, boʻsh joylar mavjud boʻlgan hollarda esa, basharti sud majlisi yopiq yoki qatnashuvchilar soni raislik etuvchi tomonidan chegaralanmagan boʻlsa kuzatuvchi sifatida qatnashish, shuningdek, sud hujjatlari namunasi va sud ish yurituvida boʻlgan ishning koʻrilishi vaqti hamda soati haqidagi muʼlumotlar bilan tanishish, protsessual hujjatlarni olish, ariza, shikoyat va boshqa hujjatlarni topshirish uchun sudning tegishli xizmat xonalariga kirish huquqlariga ega.

Tashrif buyuruvchilarning  majburiyatlariga esa sud binolarining xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan texnik moslama yordamida oʻtkaziladigan koʻrikdan oʻtish, ularga tekshirish uchun pasport yoki  boshqa hujjatni, shaxsiy guvohnoma, shuningdek qoʻlidagi narsalarni taqdim etish, sud faoliyatida oʻrnatilgan tartibga va jamoat joylarida oʻzini tutish qoidalariga rioya qilish, sud kotibiga oʻzining kelganligini maʼlum qilish, sud majlisiga taklif boʻlmaguncha sud majlisi zalida paydo boʻlmaslik, sudya yoki sud apparati xodimi talabiga muvofiq sud majlisi zalini tark etish, sudya va boshqa majlis ishtirokchilarining  harakatlariga aralashmaslik, sud muhokamasini olib borishga savollar, luqma soʻzlar bilan halaqit bermaslik, jamoat tartib qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi.

Sud binosiga mast, inson qadr-qimmati va odob-axloq qoidalarini tahqirlovchi tashqi qiyofaga ega boʻlgan holda, katta xajmli sumka, chemadon, quti, tugun bilan kelgan shaxslarning tashrif buyurishlari man qilinadi.

Sudga  tashrif buyuruvchilarga oʻqotar va sovuq qurollar, kimyoviy va portlovchi moddalar, atrofdagilar xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa buyum va vositalarni sud binosiga olib oʻtish taʼqiqlanadi.

Sud binosining qamoq ostida boʻlgan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan joylari yaqinida boʻlish, tanishib chiqish uchun olingan hujjatlarni, sud mulkini olib ketish taʼqiqlanadi.

Odil sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qilish, sudga nisbatan hurmatsizlik bildirish, qoʻriqlash xizmati xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

 

Jasur ABDIRIMOV,

 fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi devonxona mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026