TAʼMIRLAŞ MAVSUMI SAMARALI YaKUNLANDI
Ötgan 2015 qişloq xöjaligi yilida «Qipçoq» ovulidagi fermer xöjaliklari davlatga paxta va ğalla topşiriş böyiça şartnomaviy rejalarini muvaffaqiyatli ado etgan edilar.
Ovuldagi fermer xöjaliklarining bunday muvaffaqiyatlarida hududdagi "Qipçoq” MMTP jamoasining hissasi katta.
Yaqinda muqobil maşina traktor parkida texnika taʼmirlaş mavsumi samarali yakunlandi. Navbatdagi texnika taʼmirlaş mavsumi 2015 yilning dekabr oyi boşida boşlangan edi. Mavsumda ustaxonaga 8 ta surim traktori, 24 ta çopiq traktori, 16 seyalka, 150 dona borona, 30 dona mola, 7 dona çizel, 8 dona plug va 20 dona yer tekislaydigan mexanizmlar töplandi. Uşbu töplangan traktor va mexanizmlarni taʼmirlaşga jami 50 nafardan ortiq işçilar jalb qilindi.
Hozirda texnika va mexanizmlarning barçasi bahorgi ekiş mavsumiga tayyor qilib qöyildi. Hattoki mukammal taʼmirlaş işlarini talab qiladigan baʼzi traktorlar ham zarur ehtiyot qismlari bilan töliq taʼminlandi. Şu kunlarda bir neçta transport traktorlari yordamida fermer xöjaliklariga qaraşli kuzgi buğdoy maydonlariga mahalliy öğit taşib çiqarilayapti.
Suratlarda: yuqorida – boş agronom Otabek Yöldoşov (çapda) va slesar Ergaş Tursinbayevlar. Pastda – çilangar Ğoyibboy Quvvatov (öngda) va slesar Örozboy Aytboyevlar.

Maqsad HABIBULLAYeV
olgan suratlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶