Uluğlarga ehtirom
Barhayot Navoiy
19-sonli umumtaʼlim maktabida "Barhayot Navoiy” nomli tadbir ötkazildi. Tadbirda Navoiyga atab öqilgan şeʼrlarni birça maroq bilan tinglaşdi.
Sahnada Navoiy va Guli siymolari paydo bölganida ularni barça gulduros qarsaklar bilan olqişladi. Şundan söng "Xamsa” dostonidan parçalar öqildi va sahna körinişlari orqali Navoiyning maʼrifatparvarligi, döstlariga bölgan hurmati yoritib berildi. Tomoşabinlarda Navoiy hayoti va ijodiga bölgan qiziqiş yanada ortdi. Tadbir söngida Navoiyning "Kelmadi” radifli ğazalining kuyiga raqsga tuşgan öquvçilar hammaga kötarinki kayfiyat bağişladi.
Roza Ramatova,
19-maktab öquvçisi.
* * *
NAVOIYXONLIK KEÇASI
8-fevral kuni Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kollejining axborot resurs markazida buyuk şoir Alişer Navoiy tavalludining 575 yilligiga bağişlangan navoiyxonlik keçasi ötkazildi.
"Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi tuman Kengaşi, "Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan taşkil qilingan tadbirda söz olgan bir guruh ijodkorlar A.Navoiy hayoti va ijodi, şoirning "Xamsa” dostoni haqida gapirdilar.
Dilfuza BOYJONOVA.
* * *
ŞOH VA ŞOIRGA AVLODLAR EHTIROMI
14-fevral kuni "Çoyköl” madaniyat va aholi dam oliş maskanida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bağişlangan "Şoh va şoir” deb nomlangan adabiy-badiiy musiqiy keça bölib ötdi.
Madaniyat va aholi dam oliş maskani xodimlari tomonidan taşkillaştirilgan adabiy-musiqiy tadbirda ovuldagi 42- va 22-sonli maktablar hamda 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi filiali öquvçilari tomonidan sahna körinişlari, Bobur ğazallari asosidagi köşiqlar, rubob, dutor va raqs tögaraklari aʼzolari tomonidan dilrabo kuylar ijro etildi.
Xuşovoz xonandalar ijrosida Bobur ğazallari bilan kuylangan "Safti kalom”, "Guljamoling”, "Boşda havodir”, "Lola” kabi aşulalar hamda 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi öquvçilari ijrosidagi özbek, qoraqalpoq xalq kuylari tomoşabinlar olqişiga sazovor böldi.
Öz muxbirimizdan.
(Foto - http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶