22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:42
Jamiyat 👁 4,110

KATTA XONADONNING FARIShTA ONASI

KATTA XONADONNING FARIShTA ONASI

Ayol – nazokat, goʻzallik, bagʻrikenglik, mehr-muhabbat, vafo-yu sadoqat, samimiyat, ... fidoyilik, hatto oriyat timsoli. Unga onam, deb, jon rishtasi ila tutash  opa-singlim, rafiqam va farzandijonim, deb intilamiz, intilaveramiz. Uning uchun hayotning borki lazzati, koʻrk-u tarovati, quvonch-u baxti bitta soʻz zamirida – farzandi-jahonida! Uning uchun birgina goʻsha aziz. Bu olamning eng soʻlim  ayvoni – muqaddas Oila! Ayol ana shu Oila saltanatining havolari musaffo, farzandlarining barkamol inson boʻlmogʻi uchun umrini baxsh etib yashaydi. Uning shundayin fidoyiligi bois, yurtimizda fayz-u tarovat bor, barokat bor...

XADIChA

Tong bilan ovulga xunuk xabar tarqaldi. "Qangli” ovulining u boshidan-bu boshigacha har bir xonadonga bosh suqib:

- Jangaboy montyor qaytish boʻlibdi, - deya janoza xabarini keltirgan yigitga koʻpchilik: "hey, nafasingni shamol uchirsin-a”, - deb qoʻyishardi.

Lekin kulfat-kulfat-da, baqirib-chaqirib kelmaydi, odam tanlamaydi. Oʻsha mashʼum kunda oila boshiga tushgan bemavrid yoʻqotish ovulning mehnatkash va fidoyi, oq koʻngil bir yigitini qirchillama yoshida hayotdan olib ketdi. Xadicha 8 nafar yetimchasini bagʻriga bosgancha, oilaning ogʻir tashvishini yelkasiga oldi. Baʼzilarga oʻxshab dardini dasturxon qilib, gʻamlarini dilidan tiliga chiqarmadi u. Xadichaga nolish, qiyinchiliklar qoshida bosh egish begona edi. Hali juvon yoshida sochlari quvday oqarganida, biri eshikda, birlari beshikda otasiz yetim qolgan oʻgʻil-qizlari uchun toʻkis hayot tarzini yarataman, deb oʻzini oʻtga, choʻqqa urib, chehrasidagi latofat oʻrniga chiziqlar tortilganida, mehnat mashaqqatlaridan qaddi dol, qoʻllari dagʻallashib ketganida ham Xadicha nadomat koʻksiga bosh qoʻymadi. Har tongni u goʻzal bir sabr etagida shukrona ila qarshiladi. Sirlarini mehnat quchoqlariga yashirdi, umrining eng qiyin damlarida ham oʻzini yana va yana  mehnat quchogʻiga otdi. Ana shu mehnat Xadichaning diliga taskin, hayotiga mazmun, umriga yetgulik fayz berdi. Alpomishday besh oʻgʻil, Barchinoyday uch qizi kamolga yetganida, chor tarafi bogʻ-boʻston boʻlganida goʻzal va nazokatli Xadichaning chehrasiga nuroniylik indi.

KEChA VA BUGUN

Sakkiz farzandi sakkiz joyda obod makon bunyod etib, el-yurtga singib ketganidan Xadicha momoning koʻksi togʻ bugun.

- Bu yil 91 yoshga toʻlayotirman, - shukronalik bilan deydi onaxon. – Umr deganlari oqar suvday oqib oʻtaveradi. Alloh bergan hayotni nolishlarsiz, juda pokiza yashab oʻtkazmoq kerak. Bu hayot degani biz bandalarga bir siylov, ham sinov, bolalarim.

Onaxon oʻzi boshidan kechirgan ogʻir yillar haqida hikoya qilarkanlar, har ikki gapning birida tilidan shukrona tushmaydi.

- Agar oʻtmish azoblaridan soʻz aytsam, qizim, kitoblarga sigʻmaydi. Oʻtmish – oʻtmishda qolsin, deyman-u, kunni-tunga ulab mehnat qilgan yillar zahmatini unutmoq ham oson emas-da...

Yillar ortidan momoning  qulogʻiga bir sas keladi:

- Xatcha, hov Xatcha, sariyogʻ planga moyingni olib chiq!

Bu brigadirning ovozi. Xadicha sakkiz bolasining rizqidan qirqib-qirqib yiqqani – kuvidan chiqqan 4-5 kilo sariyogʻni dillari zil ketib brigadirning oldiga qoʻyadi.

- Goʻsht planga kelasi oydan mol olishni boshlaymiz, - brigadirning bu xabaridan Xadichaning jismi muzlab ketadi goʻyo.

- Xirmon joyga kecha  paxtani kam  chiqaribsan. Shuncha bolang bilan kam paxta olib chiqqani uyalmaysanmi?

Brigadir Xadichaga zugʻum qilib buyuradi:

- Bugun qanor toʻla boʻlsin!

Tun boʻyi ishga yarab qolgan bolalari bilan koʻsak chuviydi boyaqish. Yarim tunda, soat oʻn ikki, birlar chamasida qanor toʻla paxtani gʻaltak aravaga joylab, brigadaning xirmonjoyiga eltadi. Tongda yana dalaga otlanadi...

- Bugungi zamonani qara-ya, qizim, bolalar dalaga chiqmaydi, "oʻqisin, ilm olsin”, deydi Prezidentimiz. Biz arpa noniga yetishsak, oʻzimizni eng toʻkin xoʻjalik egasi deb hisoblardik. E-ha, bolalarim-a, yoʻngʻichqa maysasini, tomirini qaynatib, bir siqimgina un aralashtirib tanovul qilib, jon saqlaganmiz. Brejnev, Gorbachev degan podshohlarning zamonida ayol zoti qadr topgani yoʻq. Bolamizning kindigi tushmasidan dalaga chiqib ketaverardik. Farzandlarimizning kattalari kichiklariga qarardi. 12-13 yoshga yetgan oʻgʻil-qizlarimiz kolxozga ishga chiqib ketishardi...

Xalqimizning peshonasida yorugʻ kunlar bor ekan. Yurtboshimiz Islom Karimov omon boʻlsin! El-yurtni yorugʻlikka olib chiqdi u! Qadr-qimmatimiz oshdi.

Biz koʻrgan ogʻir kunlarni bugungi yoshlar aslo koʻrmasin.

KATTA OILANING IBRATLI FARZANDLARI

Momoning yuzi quvonchdan yashnab ketadi.

- Bolalarimning bari oliy maʼlumotli, oʻqimishli, - deydi u mamnuniyat bilan. – ikki oʻgʻlim shifokor, birlari arxitektor, oʻqituvchi, harbiy. Kelinlarim bilan kuyov bolalarimni oʻz bolalarimdan kam koʻrmayman. Hammalarining bogʻ-rogʻi, makoni obod, mashinalari bor. Ikki-uch kun boʻldi, Toʻraboy oʻgʻlim ham yangi mashina oldi.

Momo 29-sonli maktabda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari boʻlib ishlovchi oʻrtancha oʻgʻli Toʻraboy aka Jangaboyevning dolonida yaraqlab turgan yap-yangi "Neksiya” avtomobilini koʻrsatib:

- Halol mehnatda hikmat koʻp, - deydi quvonib. – Toʻraboy ham, kelinim Raʼnojon ham, nevaralarim ham aslo mehnatdan qochishmaydi. Toʻraboy oʻgʻlimning farzandlari ham barchasi oʻqimishli.

Xadicha momo Otaboyevaning katta xonadonining bir ildizi Toʻraboy aka Jangaboyev va Raʼno opa Ametovalar oilasi ibratga loyiq. Momoning faxrlanganicha bor. Oilaning toʻngʻichi Shavkatjon ovuldagi 74-sonli maktabda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, qizi Sharofatxon 29-sonli maktabda biologiya fani oʻqituvchisi, kenjasi Azizbek esa harbiy sohani tanlagan.

- Azizbek nevaram 2010-yilda armiyaga ketdi-yu, harbiylikni oʻziga kasb qilib oldi, - deya momo qoʻlimizga nevarasining harbiy libosda tushgan suratini tutqazdi. Suratda sogʻlom va barkamol yigit kulib turardi.

Azizbek muddatli harbiy xizmatni Toshkent shahrida oʻtab, 2011-yildan beri shartnoma asosida xizmatni davom ettirayotgan ekan. U Samarqanddagi 9 oylik serjantlar tayyorlash maktabini muvaffaqiyatli tugatib, Vatanimiz sarhadlarining himoyachilari safidan joy olibdi.

- Bu enamiz maqtanayotir demagin-u, qizim, sakkiz bolamning bolalari, nevara-chevaralarim jam boʻlishsa, Toʻraboy qurgan mana bu keng hovli-joyga sigʻishmaydi, 39 nevara, 46 nafar chevaramga ularning ota-onalarini koʻshsangiz 100 nafardan oshib ketadi, - farzandlari kamolidan faxrlanayotganini yashirmaydi Xadicha momo.

Darvoqe, yoshlari 60 dan  oʻtib, oʻzlari ham allaqachon nevaralar koʻrib, nuroniylikka yetgan momoning kelinlari hamon 91 yoshli Xadicha enaning qarshisida taʼzimda, hamon qoʻllariga suv quyib, sochiq tutadilar, egilibgina choy uzatadilar.

Toʻraboy akaning umr yoʻldoshi, "Qangli” OFY diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Raʼnoxon opa Ametova 31-yil oʻqituvchilik kasbini eʼzozlab, nafaqaga chiqqanlar. El-yurt xizmatiga hamisha kamarbasta bu onaxonimiz hamon xalq orasida. Birovning ogʻiriga yelka tutib, yana birovning mushkulini oson qilishga intiladi.

- Enamning har bir suhbati biz uchun hikmatlar xazinasi, - deydi opa mamnuniyat bilan. – Enam bunyod etgan bu katta xonadonda biron bir kelishmovchilik, bir-birovga nisbatan hurmatsizlikni hech qachon koʻrmaganman. Mana, oʻzimdan qiyos, besh nafar ovsinim bilan tugʻishganlarday bordi-keldilarimiz bor. Qayn opa-singillarimiz ham nihoyatda mehr-oqibatli. Enamning birontamizga ovozini koʻtarib gapirganlarini umuman eslay olmayman.

Biz ham katta xonadonning hamon qadri baland bekasi, umrining 92-bahorini qarshilash arafasida turgan Xadicha ena Otaboyevaning maroqli suhbatlaridan olamjahon hikmatlar topdik goʻyo. Bu – halollik, mehr-oqibat, ona yurtga, oila saltanatiga nisbatan fidoyilik va bugungi dorilomon hayotga shukronalik tuygʻulariga toʻla hikmatlar edi. Bu hikmatlar mohiyatida faqat bizning xalqimizgagina xos ezgu fazilatlar mujassamki, ana shu fazilatlar ila oilalarimizda barkamol, sogʻlom, tafakkur dunyosi keng farzandlar ulgʻayaveradi. Vatan ichra kichik Vatan – Oila saltanatining qoʻrgʻoni esa Xadicha ena kabi xonadonlarimiz farishtalari ila hamisha obod, koʻrkam, farovon, fayzli.

 

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026