ZULFIYaNING RUSIYZABON IZDOŞLARI
Jivim dojdyom omiv mindal,
V rassvetniy ças prişla vesna.
Poletom ptits napolniv dal,
Trevoja nas, prişla vesna.
O, kak lyubil ti ças noçnoy,
Kogda gotov zatsvest uryuk,
I aromat zemli siroy,
I poçek xlopatayuşiy zvuk!
Naqadar gözal satrlar. Ajabo, Zulfiya rus tilida ham juda biyron şeʼrlar bitgan ekan, degan hayolga berilamiz, nogahon. Xayollarimiz öz nuqtasiga etib-etmay, örnini undanda taʼsirli va jonli satrlar egallaydi şuurimizni. Undan keyin yana boşqasi. Şu zaylda kuzatib ötirib, lablari piçir-piçir qilib, şeʼr öqişayotgan qizaloqlar xayollarimizni böldi. Ular maktabimizda ötkazilayotgan tadbirda özlariga berilgan vaqt içida Zulfiyaxonim şeʼrlaridan namunalar keltirişib, öz çiqişlarini yakunlayotgan rusiyzabon öquvçi-qizlar edilar. Mana şu namunalarnigina öqib, biz xayol olamiga ğarq bölib ötiribmiz, qaranga. Agar şoiraning butun ijodi bilan hamnafas bölsak, uning şeʼrlarini öqib tugatgunça köngillarimiz osmon qadar yuksalsa kerak...
Sahnada saf tortib turgan qizlar orasida "assalöm-assalöm” deya özbekça sözlarni arang talaffuz qilayotgan qiz şoiraning maşhur şeʼrlaridan birini öz ona tilida juda taʼsirli öqib berdi. Maktabimizda taʼlim rus tilida ham olib borilganligi uçun köpçilik öquvçilarimiz boşqa millat vakil va vakilalaridir. Tadbir davomida ularning özbek va rus tillaridagi Zulfiyaxonim şeʼrlarini taʼsirli va jonli qilib yod aytişlari barçani birday quvontirdi.
Maktabimizda Özbekiston xalq şoirasi Zuliyaxonim tavallud topgan kun - 1-mart huddi "Navröz” bayrami kabi keng nişonlandi. Şu kunning özida bir neça adabiy keçalar va bellaşuvlar navbatma-navbat ötkazildi. Öquvçilar yuragidagi quvonçga yöğrilgan bahoriy kayfiyat, öqituvçilarga, butun maktab ahli qalbiga singib ketdi. Tadbir davomida faol qatnaşgan sinflarning öquvçilariga maktab maʼmuriyati tomonidan diplom va faxriy yorliqlar topşirildi.
Marhabo YÖLDOŞEVA,
30-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶