YaNGI TEXNIKALAR – DEHQONGA QÖL-QANOT
Mamlakatimizda barça sohalar qatori qişloq xöjaligi sohasida ham islohotlar jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda. Natijada Özbekistonda ğalla, poliz va sabzavot kabi oziq-ovqat mahsulotlari, şuningdek paxta yetiştiriş kölami ham sezilarli darajada oşdi.
Agrar sohada erişayotgan yutuqlarimizda avvalambor mamlakatimizda fermerlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor berilayotgani muhim omil bölmoqda.Tobora rivojlanib borayotgan fermerlik harakatini albatta biz yuksak unum bilan işlaydigan texnikalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Şu boisdan ham mamlakatimizda fermer xöjaliklarining zamonaviy texnikalar bilan taʼminlanişiga alohida eʼtibor berilmoqda.
Ayniqsa, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-maydagi "Qişloq xöjaligi uçun gusenitsali traktorlarni sotib oliş çora-tadbirlari töğrisida”gi 121-sonli qarori ijrosini taʼminlaş böyiça tumanimizda ham köpgina işlar amalga oşirildi.
2002-yildan keyingi davr mobaynida tumanimizga bir qança yuqori unum bilan işlaydigan qişloq xöjaligi texnikalari – 13 ta Orion-630, 8 ta MX-140, 8 ta MX-135 va 6 dona TS60/70, zanjirli surim traktorlaridan 71 ta VT-150D, 32 ta YTO, 450 ta TTZ-80-11 rusumli çopiq va 42 dona yuk taşiş traktorlari keltirilib, fermer xöjaliklariga lizing asosida berildi.
Şuningdek, ötgan yil davomida tumanimizga 20 ta TTZ-100 NS, 3 ta T60-70 Orion traktorlari va 3 ta Dominator kombayni keltirildi.
Tumanimizga yuqori unum bilan işlaydigan bunday texnika va mexanizmlarning keltirilişida masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi "Davr maşlizing” qöşma korxonasining yordami katta böldi.
Biz tuman davlat texnika nazorati inspektsiyasi inspektori Davronbek Bobojonov bilan çet davlatlardan keltirilayotgan texnikalar böyiça suhbatlaşganimizda u quyidagilarni gapirdi:
- Tumanimiz fermer xöjaliklariga Xitoy Xalq Respublikasida işlab çiqarilgan YTO rusumli surim traktorining olib kelinişi ham yölga qöyildi. Bu traktorda buldozer qurilmasining mavjudligi, uning yerlarni haydaş bilan birgalikda çellarni tekislaş, dala çetlarini töğrilaş kabi işlarni amalga oşirişda ham qulayligi eʼtiborga loyiq.
Ekiş mavsumiga tayyorgarlik köriş va ekiş davrida iştirok etadigan texnikalar parkini takomillaştirişda, qişloq xöjaligi sohasini jahon talablariga javob beradigan zamonaviy zanjirli haydov traktorlari bilan taʼminlaşda, fermer xöjaliklari texnikalariga körsatiladigan servis xizmatlarining turlari va sifatini yaxşilaşda masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi "Davr maşlizing” qöşma korxonasi rahbarlari katta yordam berişayapti.
Xorijiy davlatlardan olib kelingan traktorlar haydovçilarining malakasini oşiriş maqsadida "Agrotexservis MTP” MÇJda har yili öqişlar taşkil etilib kelinmoqda. Bu öquv maşğulotlarida çet el traktorlari mavjud bölgan fermer xöjaliklari rahbarlari va traktor operatorlariga çet elda işlab çiqarilgan texnikalarga servis xizmati körsatiş va taʼmirlaş, texnika vositalaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş, traktorlarni qişloq xöjaligi işlarini bajarişga tayyorlaş, traktorga qişloq xöjalik agregatlarini örnatiş qoidalari va texnik talablari, boşqaruv tizimlari va ularni işlatiş, ölçov-nazorat asboblari bilan tanişiş, ulardagi maʼlumotlarni tahlil qiliş böyiça tuşunçalar beriladi.
"Davr maşlizing” qöşma korxonasi mutaxassislari tumanimizga tez-tez kelişib, çet el traktorlarining işlaşini közdan keçiradilar, ayrim masalalar yuzasidan tuşunçalar beradilar. Şu bilan birgalikda uşbu korxona rahbarlari bizga zarur bölgan traktorlar ehtiyot qismlarini olişimizga ham katta yordam berişayapti.
Darhaqiqat, mutaxassis aytganidek, tumanimiz qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş, mavjud texnika va mexanizmlardan foydalaniş samaradorligini oşiriş yölidagi bunday harakatlar tumanimizda qişloq xöjaligi ekinlaridan olinadigan hosildorlikni yanada oşirişga omil bölişi şubhasiz.
Texnika – dehqonning qöl-qanoti. Şu boisdan ham tumanimiz qişloq mehnatkaşlari zamonaviy texnikalardan unumli foydalangan holda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni yanada köpaytiriş yölida astoydil harakat qilmoqdalar.
Allambergan JUMANIYoZOV,
"Taraqqiyot közgusi” gazetasi muxbiri.
Suratda: "Çötboy
bobo” fermer xöjaligi raisi Olimboy Safarboyev ham YTO rusumli traktordan
iş jarayonida samarali foydalanmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶