FAN OYLIKLARI – DARS SAMARADORLIGINI OŞIRIŞDA MUHIM VOSITA
Tezkor zamonamizga mos tarzda ilm-fan şiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda bolalarga puxta boşlanğiç bilim beriş muhim ahamiyat kasb etmoqda. Öquvçilarga fan asoslarini çuqur singdirib borişda, fanlarga qiziqişini oşirişda fan oyliklarining, interfaol usullarda ötilgan darslarning örni juda ulkan.
Bizning 44-sonli maktabimizda har bir fan oyligi maxsus tuzilgan reja asosida, puxta tayyorgarliklar bilan ötkaziladi.
Şu örinda men fevral oyida matematika va informatika fan oyligini ötkazişdagi öz tajribalarimni aytadigan bölsam, avvalo boşlanğiç uslub birlaşmada ham rejalar tuzilib, şu rejalar asosida işlar amalga oşirildi. Fevral oyining birinçi haftasida maktab va fan xonalari jihozlanib, körgazmalar taşkil qilindi. 1-sinfdan to 4-sinf öquvçilari orasida kiriş testlari olinib, öquvçilar bilimidagi böşliqlar töldirilib borildi. Ikkinçi haftasida har bir sinfda oçiq darslar taşkil qilindi. Oyning uçinçi haftasida har bir sinfda matematika faniga bağişlangan turli xil mavzularda: "Hisob – aql qayroği”, "Matematika – fanlarning şohi”, "Biz buyuk bobolar avlodlarimiz”, "Riyoziyot bayrami” deb nomlangan matematikaga oid keçalar, bellaşuvlar ötkazildi va ğoliblar rağbatlantirib borildi.
Bunday matematika keçalarining ötkazilişi öquvçilarning fanga bölgan qiziqişini tobora orttirib, dars samaradorligini oşirmoqda.
Oyning oxirgi haftasida 1-sinfdan to 4-sinf oraliğidagi öquvçilardan çiqiş testlari olinib, öquvçilar bilimidagi böşliqlar töldirilib borildi. Öquvçilarning fanni qançalik özlaştirganligi şu çiqiş testlari orqali aniqlandi.
Bunday fan oyliklarining ötkazilişi öquvçilarning fanga bölgan qiziqişini tobora orttirib, dars samaradorligini oşirişda katta ahamiyatga ega. Şuning uçun har bir fan oyligidan mazkur fanga öquvçilarning qiziqişlarini oşirişda unumli foydalaniş lozim.
Qurbonoy MATYoQUBOVA, 44-sonli maktab
öqituvçisi.
(Foto - http://shkola1.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶