BIZ SOĞLOM OILA TARAFDORIMIZ
Yurtboşimizning "Qiz bolani kollejni bitirmasdan, hunar egallamasidan kimki turmuşga bermoqçi bölsa, bilib qöyinglar, men bunga mutlaqo qarşiman. Qiz bola avvalo, kasb egallasin, öz fikriga ega bölsin, hayotni anglasin, şundan keyin u hayotda öz örnini topadi, yölini yöqotmaydi”, - deya aytgan sözlari, şu yurtdagi har bir qizning taqdirini, ertangi kelajagini öylab qayğurayotganligi har bir ota-ona yelkasidagi masʼuliyat hissini yanada kuçaytirdi, desam mubolağa bölmaydi.
Ayniqsa, biz qizlar Prezidentimizning yuksak eʼtiboridan minnatdormiz. Ammo, heç birimizga sir emaski, hali voyaga yetmasdan turib oila atalmiş muqaddas qörğonga qadam qöygan yoşlar ham uçrab turadi. Na qölida kasb-u kori bor, na hayotning past-u balandini anglab yetmagan yoki jismonan şakllanmagan yoşlarning öylamay qilgan bunday xatti-harakati bugun butun xalqimizni taşvişga solmoqda. Açinarlisi, erta turmuş qurgan bu yoşlar örtasida turmuşning "muşti”ga çidamay, ajralib ketiş holatlari juda köp uçramoqda. Yoki bölmasa, jismonan voyaga yetmagan qizlarning nosoğlom farzandlarni dunyoga keltirişi butun jamiyat hayotiga salbiy taʼsir körsatmoqda. Axir oila – muqaddas, u ajraliş uçun qurilmaydi. Qaçonki oilalar tinç, mustahkam bölsa, Vatan ravnaq topadi. Nosoğlom farzandlar yurtga heç qanday naf keltirmaydi. Axir har bir ota-onaning vazifasi aqlan va jismonan soğlom kelajak vorislarini tarbiyalaş emasmi? Farzandlari soğlom yurt qudratli böladi, qudratli yurt nasli esa hamişa soğlom bölmoği lozim. Şu sabab qiz bolalarning öqib, bilim egallaşlari, kasb-hunarli bölişlari uçun, ular örtasida erta turmuşning oldini oliş maqsadida bizning Manğit Iqtisodiyot kollejimizda ham "Biz soğlom turmuş, soğlom oila tarafdorimiz” şiori ostida köpgina işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, kollej xotin-qizlar qömitasi raisasi M.Polvonova, "Orasta qizlar” tögaragi raisasi M.Yusupova va tögarak aʼzosi N.Tajimurodova hamda kollej rahbariyati tomonidan turli seminar-treninglar ötkazilib, qizlar örtasida tuşuntiriş işlari olib borilmoqda, qolaversa, kollej öquvçilarining ota-onalari, mahalla qömitalari, voyaga yetmaganlar bilan işlaşiş komissiyasi vakillari hamda tuman tibbiyot birlaşmasi şifokorlari bilan hamkorlikda tarğibot-taşviqot işlari yaxşi yölga qöyilgan.
Feruza YÖLDOŞEVA,
Manğit Iqtisodiyot kolleji öquvçisi.
(Foto - http://zarnews.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶