22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 04:56
Jamiyat 👁 3,961

“TINChLIK UChUN KURAShIB, NIYaTIMIZGA YeTDIK”

“TINChLIK UChUN KURAShIB, NIYaTIMIZGA YeTDIK”

Inson to hayot ekan, nafaqat oʻzi, balki oilasi, yon-atrofidagilar va butun jamiyatga oʻzini daxldor, deb biladi, yurt tinchligi, osoyishtaligi va farovonligiga hissa qoʻshishdek ezgu niyat bilan yashaydi.

Ikkinchi jahon urushi boshlangan vaqtda oʻzbekistonlik barcha ishga yaroqli erkaklarni qoʻliga qurol olib, Vatan himoyasi uchun, butun insoniyatni fashizm balosidan asrash uchun hayot-mamot janglariga kirishga undagan tuygʻu ham shu boʻlsa kerak. Sobiq ittifoq hududiga xiyonatkorona bostirib kirgan dushmanlar bilan boʻlgan janglar beayov, beomon boʻlmadi.

Oramizda oʻsha qirgʻinbarot urushdagi gʻalabaga munosib hissa qoʻshib kelib, mamlakatimizning bugungidek tinch va farovon boʻlishida ham xizmat qilib, ayni kunda davlatimizning, el-yurtning, oila aʼzolarining eʼtiborida, eʼzozida yashayotgan nuroniy keksalarimizning  borligi har birimizni quvontiradi.

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ularning xonadonida boʻlib, suhbatlashdik.

 

Rajab Kazakov,  "Doʻstlik” mahallasidan:



- Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk gʻalabaga bu yil 71-yil boʻlayapti. Men ayni kuch-gʻayratga toʻlgan yigit yoshimda hayot-mamot janglarida qatnashib, gʻalabaga oʻz hissamni qoʻshdim. Badanimga tekkan oʻq asoratlari tufayli 71-yildan beri sogʻligʻimda muammolar bilan yashayman. Biroq, afsuslanmayman. Chunki koʻplab yoʻqotishlar evaziga boʻlsada, dushmanni tor-mor qilib, nafaqat oʻz Vatanimizni, balki butun insoniyatni fashizm balosidan asrab qoldik.

Mamlakatimizda urush faxriylariga, keksalarga, mehnat fronti faxriylariga koʻrsatilayotgan hurmat-ehtiromlardan boshimiz koʻkka yetadi. Holimizdan doimo xabardor boʻlib, zarur paytda yordamga shay turgan tibbiyot xodimlaridan ham cheksiz minnatdormiz. Keksalarini aziz tutgan, eʼzozlagan yurtimizga koʻz tegmagay!

Sobir NURULLAYeV, Navoiy nomli mahalladan:



- Men urushga ketganimda 18 yashar yigit edim. Radioda beriladigan eshittirishlar orqali urush xabarlarini eshitib, yuragimizni vahm bosib borardi. 

Shunday tahlikali kunlar mening koʻnglimda tezroq urushga borsam, dushman  bilan olishsam, degan niyatni tobora avj oldirardi. Bu niyatim 1942-yilning koʻklamida amalga oshdi. Ollombergan Oʻrozoqov, Sobir Bobojonov, Davlatboy Bobojonov degan yigitlar bilan Mangʻit tumanidan chaqirilgan saf-saf yigitlar birga yoʻlga tushdik. Hali hozirgacha aniq eslayman, oʻsha vaqtda hech kimning koʻnglida qoʻrquv  yo oʻz jonini asrash degan oʻy yoʻq edi, sidqidildan dushman  bilan olishamiz, yengamiz deb niyat qilgan edik. Niyatimizga yetdik. Xudoga shukur, mana rohatini koʻrib yashayapmiz.

Har yili 9-may kuni xonadonimizda bayram boʻlib ketadi. Qarindoshlar, qoʻshnilar, farzandlarim, nevara, chevaralarim, butun el qutlagani chiqadi, doim holimdan xabar  olib turadi. Ularning mehridan, gʻamxoʻrligidan kuch olib, 93 yoshimda ham bardam, baquvvat yuribman. Baliq ovlash eng sevimli mashgʻulotim, yana velosiped haydashni yaxshi koʻraman. Velosipedda ravon  koʻchalarda sayr qilish, baxtiyor odamlar bilan salomlashib, omonlik soʻrashish qanday yaxshi! Shu mashgʻulotlar bilan sogʻligimni asrayman.

Rajab EShMONOV,  "Xolimbeg” ovulidan:




- Men urushga 1942-yil 20-iyunda Mangʻit bozori oldidan joʻnagan edim. Tumonat odam yigʻilgan. Shunda bir harbiycha kiyingan  yigit oldinga chiqib, chaqiriluvchilarning ism-familiyalarini oʻqidi va aravalarga mining, dedi. Aravada Gurlangacha, Gurlandan paroxodda Chorjoʻyga, keyin  poyezdda Saratovga borib tushdik. Toʻrt oylik harbiy tayyorgarlikdan soʻng 1-Ukraina fronti tarkibidagi qismlardan biriga kelib tushdik va jangga kirdik.

Jang  manzaralarini eslashning oʻzi ogʻir. Lekin hech kim nolimas, suvsadim, ochqadim demas, fikru yodimiz tuprogʻimizdan dushmanni haydab chiqarishda edi. Shu yilning  dekabri oxirlarida bir kuni uyqudan uygʻonganday boʻlib koʻzimni ochdim. Qarasam, jang  maydoni emas, gospitaldaman. Shundagina ogʻir yaralanganimni, bir necha  kun shu  yerda behush yotganimni angladim. Jarohatim ogʻir va koʻpligi sababli shu yerda bir yil davolandim va 1943-yil dekabrning oxirida uyimga qaytdim. Yarador boʻlib qaytib, dushman bilan gʻalabagacha olisha olmaganim koʻnglimda armon boʻlib qaytgandim. Kelib, 17-sonli maktabning yuqori sinf oʻquvchilariga boshlangʻich harbiy taʼlimdan dars berdim, yurtimiz oʻgʻlonlari koʻnglida Vatan himoyasi uchun qalqon boʻlishdek muqaddas tuygʻuni tarbiyalashga  harakat qildim. Keyinchalik xoʻjalikda zootexnik, brigada boshligʻi boʻlib ishladim. Xudoga shukur, bugungi dorilomon kunlarga yetdik.

Rajab Yusupov, Qilichboy ovulidan:



- Men urushga 1942-yilda ketib, bir yarim yilcha olovli soʻqmoqlarda kechgan davrlarimni eslasam, bugungiday dorilomon, toʻkin-sochin, farovon kunlar uchun faxrdan koʻnglim toʻlib ketadi. Biz koʻrgan jabr, uqubatlarni, urushni endigi avlodlar koʻrmagay, deb yaratgandan tinimsiz tilayman. Ilohim, endi butun yer yuzida tinchlik boʻlsin!

Biz ovuldosh doʻstlar Hayitboy Omonov, Boltaboy Matirzayevlar urushga birga otlanganmiz. Xudoga shukur, urushdan omon elga qaytish uchovimizga ham nasib etdi.

Men 1943-yil oxirida yarador boʻlib qaytib keldim. Kelgach, yarimjonman demay, sobiq M.Gorkiy nomli sovxozda ishchi, tabelchi boʻlib ishladim. Toʻqqiz oʻgʻil, 2 qizning otasi  boʻldim. Hozir 60 dan ziyod nevara, 20 dan ziyod chevaram bor. Atrofimda ota-ota, deb chugʻurlashib yurganlarida ularning baxtiyorligini, gʻam-tashvishsiz yashayotganini koʻrib, quvonchim ichimga sigʻmaydi. Ilohim yurtimizning tinchligi, osoyishtaligi boqiy boʻlsin, deyman!

Suhbatni Oygul RAJABOVA yozib oldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026