21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:07
Sport 👁 3,619

Parvozing yanada yuksalaversin, “Burgut”

Parvozing yanada yuksalaversin, “Burgut”

Hozirgi kunda taʼlim maskanlarida tez-tez oʻtkazilib turilayotgan tadbirlar yosh avlodning barkamol boʻlib yetishishida katta ahamiyat kasb etmokda. Bugungi kunda butun mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilayotgan "Yosh chegarachilar” harbiy-sport musobaqasi ham bunga yaqqol misoldir.

Bizning Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kollejimizda 2013-yili    tashkil topgan "Burgut”  jamoasi 10 oʻquvchi – 8 oʻgʻil va 2 qizlarni oʻzida jipslashtirdi. 2013 va 2014 yillarda bu jamoa tuman miqyosida oʻtkazilgan "Yosh chegarachilar” harbiy-sport musobaqasida qatnashib, oʻz mahoratlarini oshirib bordi. 2014 va 2015-yillarda tanlovning tuman bosqichida ketma-ket faxrli 1-, 2-oʻrinlarni egallab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldi va  2015-yili Respublika bosqichida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

Albatta, bunday muvaffaqiyatlarga erishish oʻzidan-oʻzi boʻlgan emas. Bu muvaffaqiyatlar  zamirida yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash fani oʻqituvchisi Laziz Matsapoyevning mashaqqatli mehnati  bor. U jamoa aʼzolarida oʻzlariga boʻlgan ishonchni mustahkamladi va orzuni roʻyobga chiqarish uchun esa tinmay oʻz ustida ishlash, izlanish kerakligini oʻrgatdi.

Musobaqada jamoalar safda harbiycha yurish, saf qoʻshigʻini kuylash, 100-1000 m.ga yugurish, simli toʻr va toʻsiqlardan sakrab oʻtish, oʻq-dori solingan idishlarni koʻtarib yugurish, qurollarni  tez va toʻgʻri sochib-yigʻish, azimut boʻyicha yugurish, mina maydonidan oʻtish kabi bir-biridan qiziqarli va murakkab shartlar asosida bellashadilar.

Jamoa orasida qizlarimiz borligi  ham biz uchun quvonchlidir.  Qizlarimiz yigitlar bilan bir safda turib barcha shartlarni birgalikda bajarishadi. Bundan tashqari   birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha ham  qizlarimiz faoldir. 

2016-yil jamoa uchun juda omadli boʻldi. Ular tuman miqyosida birinchi oʻrinni egallab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ham gʻolib boʻlishdi. Endilikda Oʻzbekiston Respublikasi miqyosida Chirchiq shahrida boʻlib oʻtadigan musobaqaga qizgʻin tayyorgarlik koʻrishmoqda. Butun kollejimiz mehnat jamoasi ularni qoʻllab-quvvatlagan holda qoʻllaridan kelgan yordamlarini ayamayapti. Ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligini oshirishda, ingliz tili saboqlarini mustahkamlashda Shahlo Iskandarova, Sherzod Polvoniyozov, Sanjar Qalandarov va boshqa oʻqituvchilar oʻquvchilar bilan tinmay shugʻullanmoqdalar.

Ularning yakuniy bosqichda ham gʻoliblikni qoʻlga kiritishiga tilakdoshmiz.

Yulduz SOBUROVA, kollejning iqtisodiyot fanlari kafedrasi mudiri.

Sherzod POLVONIYoZOV,  shu kollejning tarix fani  oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026