Barakali xirmon yaratiladi
Qadim-qadimda ham şuhrati jahon kezgan ipaklarimizning dovruği hozirgi davrda yanada oşdi. Qadri-qimmati tobora yuksalayotgan ipaklarimizning birinçi ijodkorlari heç mubolağasiz zahmatkaş pillakorlarimizdir, albatta. Ular ayni kunlarda ipak qurtlarini agrotexnika qoidalariga muvofiq parvariş qilmoqda. Ilğor pillakorlarimizning ipak qurtlari hozirgi kunda beş yoşda. Binobarin, pillakorlarimizning möl pilla hosili olişlari uçun hal qiluvçi damlar keldi.
Bu yil bahorning odatdagidan ança barvaqt kelişi tut daraxtlarini erta uyğotib, barg yozdirdi. Bu esa pillakorlarimizni barvaqt işga kirişişga çorladi.
- Bu yil ob-havoni, umuman iqlim muvozanatini ziyraklik bilan kuzatib bordik va tabiat özgarişlariga monand ravişda qadam bosdik. Tumanimiz hududlarida avvaldan tayyorlab qöyilgan 16 joydagi inkubatoriyalarga ipak qurtlari uruğlarini öz vaqtida jonlantiriş uçun qöydik. Mana nihoyat tajribali inkubistlarning saʼy-harakatlari tufayli joriy 2016-yilning 19-aprelidan eʼtiboran joylardagi, yaʼni 378 fermer xöjaliklarida mehnat qilayotgan 3564 nafar pillakorlarimizga va "Amudaryo paxta tozalaş” AJ mehnat jamoasiga 4462 quti jonlantirilgan ipak qurtlarini tarqatdik. Bu bilan ipak qurti boqiş mavsumi boşlandi.
Ipak qurtlarining ozuqa bazasiga töxtaladigan bölsak, 873 gektar tut plantatsiyalaridagi va qatorlab ekilgan 652 ming tup tut daraxtlarining barg hosili çakki emas. Şuningdek, mart oyida ekilgan 215 ming tup tut köçatlari kelgusida ipak qurtlari ozuqa bazasining yanada mustahkamlanişiga xizmat qiladi.
Bu yil ona Vatanga 253 tonna sifatli pilla hosilini yetkazib berib, mustaqilligimizning 25 yillik töyiga munosib mehnat sovğamizni tayyorlaymiz, - deydi bizga "Manğit-pilla” MÇJ raisi Şerzod Jumaboyev katta işonç bilan.
Biz jonkuyar va fidoyi pillakorlarimizning barakali xirmon yaratişlariga tilakdoş bölib qolamiz.
Qobul ŞOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶