21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:29
Jamiyat 👁 4,220

GIYoHVANDLIK — UMR ZAVOLI

GIYoHVANDLIK — UMR ZAVOLI

Giyohvandlik ayni vaqtda butun dunyoni tashvishga solayotgan global muammo, koʻplab insonlar umriga, sogʻligiga zomin boʻlayotgan, jamiyat taraqqiyotiga xatarli tahdid solayotgan illatlardan biridir. 

Shifokorlarning taʼkidlashiga qaraganda, surunkali giyohvandlikka berilganlarning askariyati immun tizimi izdan chiqib, turli kasalliklar natijasida hayotdan erta koʻz yumadi. Giyohvandlik vositalariga tobeligi yuqori boʻlgan kimsalarda ularni qoʻlga kiritish yoʻlida jinoyatga qoʻl urish — qotillik, bosqinchilik, talonchilik, oʻgʻrilik firibgarlik va boshqalarni sodir etish ehtimoli kuchayadi. Irodasizlikka yuz tutganlar oxir-oqibatda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar isteʼmol qilishga mukkasidan ketishi, ular bilan savdo qilganlik tufayli jinoiy javobgarlikka tortilib  oilasi, doʻstlari, ishidan ajralishi, farzandlari majruh tugʻilishiga sababchi boʻlishi hayotda koʻp marta oʻz isbotini topgan.

— Giyohvandlik balosi yer yuzida juda keng tarqalgan, koʻpchilik mamlakatlar aholisini, asosan millatning ertasi boʻlmish yoshlarni keng qamrovda oʻz domiga tortayotgan illatdir. Shu bois biz uning keng tarqalishi oldini olishimiz, bu boradagi targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirishimiz, giyohvandlikka ruju qoʻyganlarni erta aniqlab, davolashga yoʻnaltirishimiz lozim, — deydi Xorazm viloyati Xiva tumanidagi narkologiya dispanseri boʻlim mudirasi Zulhumor Ortiqova. — Aks holda bu xavfli illat ayrim irodasi boʻsh yoshlarimizni oʻziga boʻysundirib, jamiyat taraqqiyotiga zararli taʼsir koʻrsatishi, katta ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

"Narkomaniya” soʻzining lugʻaviy maʼnosiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, bu — yunoncha soʻz boʻlib, "narko” — karaxtlik, "maniya” — xohish, intilish degan maʼnolarni anglatadi. Insoniyat giyohvand moddalar haqida miloddan oldingi qirqinchi ming yillikdayoq tushunchaga ega boʻlgan. Miloddan avvalgi 19-18 asrlardayoq giyohvand moddalardan dori vositalari tayyorlab insonlar ongiga taʼsir qilish maqsadida amaliyotda qoʻllanilgan. Mutaxassis-shifokorlarning taʼkidlashicha, ular asosan jangu jadallarda jangchilar diydasini qotirish, jarohat olganida ogʻriqni sezmasligi uchun ishlatilgan.

— Giyohvand moddalarning psixostimulyatorlar, gallyutsinogenlar, kanopning turli navlari, opium narkotiklari, tinchlantiruvchi va uxlatuvchi vositalar kabi turlari mavjud, — deydi Zulhumor Ortiqova. — Shifokorlik amaliyotida giyohvandlik kasalligining kelib chiqishi bir necha bosqichda kuzatiladi va odamlarning giyohvand moddaga oʻrganib qolishi natijasida narkomaniya sindromi paydo boʻladi. Bunda birinchi bosqich narkotik moddaga moyillik paydo boʻlishi, ikkinchi bosqich abstinentsiya — xumor sindromi paydo boʻlishi, uchinchi bosqich narkotik moddalarga chidamlilik pasayishi bilan kechadi. Uchinchi bosqichda giyohvandlik xastaligiga chalingan bemor tashqi koʻrinishi, jismoniy va ruhiy holati, oʻzini tutishi bilan sogʻlom odamdan roʻy-rost ajralib turadi. Bunday holatda narkotik moddalarsiz yashay olmaslik hususiyati paydo boʻladi. Lekin bunday holga tushgan kimsalarga giyohvand modda faqat tetiklashtiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Ogʻir ijtimoiy oqibatlarning oldini olish uchun giyohvandlikning ilk bosqichlarida davolash yaxshi samara beradi.

Respublikamizda giyohvandlik deb atalgan xavfli illat bilan muntazam ravishda ayovsiz kurash olib boriladi.  Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida giyohvandlik moddalirini nazorat qilish Milliy markazi tashkil qilingan. Shuningdek, giyohvandlik kabi ijtimoiy-iqtisodiy xavfli illatga qarshi kurashda Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona  qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, prokuratura organlari, barcha vazirlik va idoralar masʼuliyat bilan faoliyat olib bormoqda.

Giyohvandlikka va uni targʻib qilishning oldini olishga qarshi profilaktik tadbirlarda keng jamoatchilikning faol ishtiroki ham maqsadga muvofiqdir. Sababi — giyohvandlik yoʻliga kirgan kimsalar uni faqat oʻzlari isteʼmol qilib qolmasdan oʻzgalarni, ayniqsa, yoshlarni bu yoʻlga tortishga, ular orqali giyohvand vositalar bozorini rivojlantirishga harakat qiladilar.

Davlatimiz rahbari "Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan oʻrni, mavqei va shuhrati bevosita oʻz farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bogʻliqdir” deb taʼkidlaydilar. Bu borada asosan oilaning, ota-onaning oʻrni nihoyatda muhimdir. Hech bir inson onadan giyohvand boʻlib tugʻilmaydi. Farzandlarning sogʻ-salomat dunyoga kelishi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi birinchi navbatda ota-onaga bogʻliq.

Biz faxr bilan ayta olamizki, xalqimiz orasida aqli raso, jismonan sogʻlom va maʼnan yetuk farzandlarni tarbiyalab oʻstirayotgan, ularning kamoloti, muvaffaqiyatlaridan gʻururlanib koʻksini kerib yurgan oila dargʻalari juda koʻpchilikni tashkil etadi. Biroq aholi orasida, baʼzan ayollar orasida ham giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanib yoshlarning salomatligiga, gulday umriga zavol boʻlayotgan, yosh oilalar tanazzuliga sababchi boʻlayotgan kimsalar ham uchramoqda. Va ular albatta oxir-oqibat oʻz qilmishi uchun pushaymon boʻlib javobgarlikka tortiladi.

Giyohvandlik jinoyati haqida butun dunyo tashvishga tushayotgan bir vaqtda mamlakatimizdagi har bir fuqaro ushbu illatning salbiy oqibatlaridan tegishli xulosa chiqarib olishi kerak. Ushbu sohadagi qonunbuzarlikning oldini olishda, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi davlat idoralari, yoshlar tashkilotlari, mahalla, taʼlim muassasalari, balki butun jamoatchilik, yaʼni har birimiz masʼuldirmiz.  Har birmiz kelajak avlod barkamolligi, ertangi kunimiz farovonligi uchun javobgarmiz. Demak, masʼuliyatni his qilgan holda yagona maqsad sari birgalikda ildam qadam tashlashimiz lozim.

Manzura BEKChONOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026