22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 06:11
Jamiyat 👁 3,170

TUMANIMIZ OBOD VA FAROVON GOʻShAGA AYLANMOQDA

 TUMANIMIZ OBOD VA FAROVON GOʻShAGA AYLANMOQDA

Eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi tobora yaqinlashmoqda. Bu qutlugʻ sana oldidan shu davr mobaynida bosib oʻtgan yoʻlimizni, yurtimizda amalga oshirilgan katta bunyodkorlik ishlarini sarhisob qilar ekanmiz, istiqlol yillarida  tuman Obodonlashtirish boshqarmasi faoliyatida juda katta oʻzgarishlar va yangilanishlarga erishilganligining guvohi boʻlamiz. Obodonlashtirish boshqarmasi Mustaqillik yillarigacha "Rayon Kommunal foydalanish boshqarmasi” nomi bilan yuritilib kelingan boʻlib, 1998 yildan  "Kommunal xizmat” tashkiloti nomi bilan atalgan. Shu yillar  oraligʻida tashkilotda 32 nafardan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilgan boʻlsa, bugungi kunga kelib boshqarmada 156 nafardan ziyod ishchi-xodimlar faoliyat koʻrsatib kelishmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2003-yil 27-iyun kungi 138/3-sonli, tuman hokimining 2003-yil 30-iyun kungi 343-sonli "Shahar va tumanlar Obodonlashtirish boshqarmalarini tashkil etish haqida”gi   qarorlari bilan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tashkil etilib, tuman hokimligi tasarrufiga olindi. 2009-2012-yillar mobaynida boshqarmaning moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun 679 mln. 330 ming soʻmlik 9 dona zamonaviy maxsus avto-transport vositalari – 1 dona ekskavator-pogruzchik traktori,  1 ta  suv sepish mashinasi,  1 ta axlat tashuvchi mashina, 1 ta  ichimlik suvi tashuvchi mashina, 3 ta transport traktori, 1 ta kran manipulyator, 1 ta "Damas” rusumli avtomashinalari bilan taʼminlandi. Ushbu texnikalar yordamida koʻchalarda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari sifatli bajarilib kelinmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining sohani rivojlantirishga oid turli yillardagi qaror va farmoyishlariga asosan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi bino va inshootlar hududlarida olib borilgan obodonlashtirish ishlari bois, mustaqillik yillarida nafaqat Mangʻit shahri, balki tumanimiz ovullari qiyofasi tubdan oʻzgardi. Yashil maydonlar yanada kengaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-aprel kungi 101-sonli, tuman hokimining 2012-yil 30-mart kungi 171-sonli qaroriga asosan tumandagi mavjud 75 ta qabriston Obodonlashtirish boshqarmasi ixtiyoriga oʻtkazilib, xayriya qutilari tashkil etildi, 25 ta qabristonda obodonlashtirish ishlari olib borildi va namunaviy holatga keltirildi. Qolgan barcha qabristonlarda keng qamrovli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-yanvardagi 4-sonli, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2013-yil 14-yanvardagi 17-sonli hamda tuman hokimining 2013-yil 26-yanvar kungi 59-sonli "Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi qayta tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli "Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirliri toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tumanda  2014-2015-yillar davomida 351 ta chiqindi toʻplash punktlari qurildi.  Oʻrta qalʼa ovuli hududidagi 9,9 gamaydondagi chiqindi tashlash poligonini himoya devorlari bilan oʻrash ishlari  rejalashtirilgan.

Tuman hududidagi barcha aholi punktlarida, koʻchalarda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlarini sifatli olib borish  orqali tumanimizni farovon va obod goʻshaga aylantirish – Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xizmatchilarining zimmasidagi masʼuliyatli vazifadir.


Sherzod  Toʻrayev,

tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi.
          
🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026