DUNYoGA YuZ TUTGAN SALOHIYaTLI YoŞLAR
Muhtaram Yurtboşimiz milliy kadrlar tayyorlaş masalasiga mamlakatimiz hali mustaqillikka erişmasidanoq öta sezgirlik bilan katta ahamiyat berganlar. Özbekiston mustaqillikka erişgaç esa taʼlim tizimida çuqur islohotlar ötkaziş davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylandi. 1997-yilda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan "Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi” taʼlim islohi nafaqat millat, balki mamlakat ravnaqida juda katta ahamiyatga ega ekanligini isbotladi va tarixan qisqa davr içida sohada keskin buriliş yasadi.
Bugungi kunda örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi milliy kadrlar tayyorlaşda yetakçi böğin sanaladi. Çunki öz şaxsiy intilişi va iqtidoridan kelib çiqib, özlari xohlagan yönalişlar böyiça kasb-hunar kollejlarida tahsil olgan yoşlar mamlakat iqtisodiyotining turli sohalarida faoliyat olib borişmoqda. Bank va moliya, agrar soha, sanoat va quriliş, soğlikni saqlaş, taʼlim tizimlarida mehnat qilayotgan örta maxsus kasbiy maʼlumotga ega iqtidorli yoşlar juda köpçilikni taşkil etadi.
Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji örta maxsus malakali kadrlar tayyorlaşda tumanimizdagi yetakçi bilim maskanlaridan biri sanaladi. Sababi, sobiq ittifoq davridagi PTU, töğriroği, Manğit kasb-hunar litseyi negizida taşkil etilgan mazkur öquv maskani mustaqillik yillarida tubdan özgargan qiyofaga ega böldi. Yillar davomida taʼlim-tarbiya sohasi, yoşlarga bilim, malaka beriş uslubi özini oqlamagan öquv dargohi qayta rekonstruktsiya qilinib, 1999-yilda qişloq xöjalik kasb-hunar kollejiga aylantirildi. Avvallari nomigagina faoliyat olib borgan öquv dargohi mustaqillik tufayli tumanimizning agrar sohasi, iqtisodiyot tarmoqlari uçun yetuk va bilimdon, zamonaviy mutaxassis kadrlar tayyorlab beruvçi bilim maskani darajasiga yetdi. 936 öquvçi-öringa möljallangan uşbu bilim maskani rekonstruktsiyadan söng yuz foiz qayta jihozlandi. Xususan, barça qulayliklarga ega 100-örinli şinam yotoqxona, 150-örinli faollar zali, 100 örinli oşxona, eng zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlangan axborot-resurs markazi, 24X12 biçimdagi muhtaşam sport saroyi, lingafon xonalari öquvçi-yoşlar xizmatida. Ularning sport bilan şuğullanişlari, böş vaqtlarini mazmunli ökazişlari uçun barça imkoniyatlar muhayyo.
Kollejda 1827 nafar öquvçi-yoşlar 15 ta kasbiy yönaliş böyiça tahsil olişadi. Avvalo şuni alohida qayd etiş kerakki, 2001-yilda Yaponiya davlatining özaro iqtisodiy hamkorlik taraqqiyot banki loyihasiga asosan kollej öquv yönalişlari dasturiga qişloq xöjaligi sohasiga oid yangidan 5 ta kasbiy yönalişlar kiritilib, dars ötiladigan xonalar Yaponiyadan keltirilgan 1 mlrd. sömlik 10313 turdagi öquv aslahalari, zamonaviy kompyuter, texnologiyalari va qişloq xöjalik texnikalari bilan jihozlandi. Qişloq xöjalik maşina va jihozlariga texnik xizmat körsatiş, ösimlikşunoslik yönalişi böyiça fermer xöjaligini taşkil etiş va yuritiş, çorvaçilik yönalişi böyiça fermer xöjaligini taşkil etiş va yuritiş, agronomiya va veterinariya yönalişlarida tahsil olişni xohlagan yoşlar safi yil sayin oşib borayotgani bu – nazariy va amaliy maşğulotlarning zamonaviy pedtexnologiyalar asosida olib borilişi tufaylidir.
Qişloq xöjaligini elektrlaştiriş va avtomatlaştiriş, paxtaga birlamçi işlov beriş texnologi, buxgalteriya hisobi, kompyuter va kompyuter tarmoqlarini payvand qiliş, sozlaş va işlatiş, issiqxona va fermer xöjaligi mutaxassisi, transportlarda taşiş va boşqarişni taşkil etiş texnigi, tovarşunos, oşpaz, zootexnik, keng assortimentli kiyimlar modeler-dizayneri, tikuv va tikuv-trikotaj işlab çiqariş texnik-texnologi yönalişlarida tahsil oluvçi öquvçi-yoşlarning çuqur bilim, yuqori kasb-malaka egallaşlari uçun yaratilgan şart-şaroitlardan közlar quvonadi.
- Öquvçilarga 98 nafar oliy maʼlumotli öqituvçi va muhandis-pedagoglar, 35 nafar işlab çiqariş taʼlimi ustalari taʼlim-tarbiya berişmoqda, - deydi kollej direktori Maqsud Yöldoşev. – Şuni quvonç bilan aytişni istardimki, sönggi 4-5-yil içida kollejimizda aniq fanlarni öqitiş borasida namunali uslub işlab çiqildi. Matematika fani öqituvçisi, Özbekiston Respublikasi kasb-hunar taʼlimi aʼloçisi Azimboy Safarboyevning saʼy-harakatlari bilan taşkil etilgan matematika fani tögaragi bugungi kunda nafaqat kollejimiz, balki tumanimiz yoşlarining ham çinakkam ziyo maskaniga aylandi. Har yili uşbu tögarak aʼzolarining 70-80 foizi oliy öquv yurtlarining talabalari bölişdek baxtga erişmoqdalar.

Raʼno Davumova, Olimboy Bozorboyev, Şirin Qurbonboyeva, Bahodir Qurbonov, Kamol Xudoyberganov kabi fidoyi fan öqituvçilari hamda Mansur Çorşamov, Özbekiston Respublikasi kasb-hunar taʼlimi aʼloçisi Gulşoda Nurmonova, Gulasal Ötaboyeva, Gulçehra Safarboyeva, Sayyora Yusupova singari işlab çiqariş taʼlimi ustalarining nazariya bilan amaliyotni uzviy olib borişdagi hamkorliklari tufayli kollejimizni bitirib çiqayotgan yoşlar hayotdan öz örinlarini topib, özlari tanlagan yönalişlari böyiça yetuk muatxassislar sifatida faoliyat yuritmoqdalar.
Darvoqe, kollejda zakovatli, bilimdon yoşlar köp. 2013-2014 va 2014-2015 öquv yillarida kollejning ikki nafar öquvçisi ikki yil davomida akademik litsey va kasb-hunar kolleji öquvçilari örtasida ötkazilgan fanlar olimpiadasida Qoraqalpoğiston Respublikasida ğoliblikni qölga kiritib, Özbekiston miqyosida sovrindor bölişgan edilar. 2015-2016 öquv yilida kollejning 3-bosqiç öquvçilari Dilmurod Sobirov va Şohruh Örozimbetovlar Qoraqalpoğiston Respublikasida yana ğoliblikni qölga kiritişdi va fanlar olimpiadasining Özbekiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma olişdi.
Kollej sportçi-yoşlari erişayotgan yutuqlar ham tahsinga loyiq, voleybol, stol tennisi, minifutbol, şaxmat sporti böyiça ular tuman va Respublika miqyosidagi turli sport musobaqalarining doimiy iştirokçilariga aylanişgan. 2015-yilda 1-bosqiç öquvçisi Azimjon Rahimov esa "Kamolot” şaxmat taxtasi” turnirida Özbekiston Respublikasida 2-örin sohibi böldi. Azimjon uşbu turnirning 2016-yilgi musobaqalarida ham faol qatnaşib, Qoraqalpoğistonda 1-örinni egalladi va turnirning mamlakat bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.
Har yili zarur kasbiy malakalarni egallab, mustaqil hayotga qadam qöyayotgan yoşlarning bandligini taʼminlaş kasb-hunar taʼlimi tizimining eng muhim şarti hisoblanadi. Bu borada kollejda olib borilayotgan işlar ibratga loyiq. Çunonçi, ötgan 2014-2015 öquv yilida 11 ta kasbiy yönalişlar böyiça 636 nafar öquvçi kollejni tugatgan bölsa, ularning barçasining bandligi taʼminlandi. Yaʼni, 594 nafar kollej bitiruvçisi uç tomonlama şartnoma asosida işga joylaşgan bölişsa, bitiruvçi-yoşlarning 26 nafari taʼlimning keyingi bosqiçida öqişni davom ettirişga, oliy taʼlim dargohlari talabasi bölişga muyassar böldilar. 14 nafar yoşlar esa öz tadbirkorlik faoliyatlarini boşladilar. Eng muhimi, işga joylaşgan bitiruvçilarning 530 nafari öz mutaxassisliklari böyiça, 3 nafari şartnoma asosida biriktirilgan korxonalarda, 64 nafari turdoş sohalarda öz iş faoliyatlarini boşladilar.
- Işga joylaşgan bitiruvçilarga amaliy yordam beriş va ular işlayotgan korxonalar bilan özaro hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida doimiy monitoring işlarini olib boramiz, - deydi M.Yöldoşev: - Tuman qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi, elektr tarmoqlari korxonasi, tuman veterinariya bölimi, XTMFMTTEB, tumandagi tijorat banklari bilan mutaxassislar tayyorlaş böyiça hamkorlik şartnomalari tuzganmiz. 2014-2015 öquv yilida kollej bitiruvçilarining bandligini taʼminlaş maqsadida, tadbirkor böliş istagini bildirgan 16 nafar bitiruvçiga tijorat banklari tomonidan 90,2 million sömlik kredit mablağlari olişga kömaklaşildi va bu yoşlar ayni kunlarda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişmoqda.
Kollej öquvçi-yoşlari orasida iqtidorli, öz mustaqil fikriga ega yoşlar ançagina. Ulardan biri Izzat Eşnazarov 2014 öquv yilida "Kasb mahorati” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli 1-örinni egallab, körik-tanlovning Özbekiston Respublikasi bosqiçida sovrindor bölgan bölsa, agronomiya yönalişi böyiça Şerzod Olloberganov 2015 öquv yilida mazkur körik-tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli 1-örinni egallab, Özbekiston Respublikasi bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.
Kollejning öquv-tajriba xöjaligi öquvçi-yoşlarning kasbiy mahoratini oşirib, amaliy tajriba ötaşlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 10 boş zotdor qoramol parvarişlanayotgan "miniferma”, öquv-tajriba xöjaligi, 1 ta "Tiko” rusumli yengil avtomobil, 2 ta oğir yuk maşinalari, haydov va örim-yiğim traktorlari, yöl harakati qoidalari böyiça maxsus xona, avtotrenajyor xonalari, 18 ta umumtaʼlim fan tögaraklari, 14 ta maxsus fan tögaraklari 6 ta sport tögaraklarida kollej öquvçilarining har tomonlama yetuk mutaxassis kadrlar, barkamol insonlar bölib voyaga yetişlari uçun barça şart-şaroitlar muhayyo.
Ana şunday şart-şaroitlardan bahramand bitiruvçi yoşlardan bir guruhi şu yilning 28-iyun kuni kollejda bölib ötgan böş iş örinlari yarmarkasida işga joylaşdilar. Ulardan 18 nafariga imtiyozli kredit olişlari uçun maxsus sertifikat topşirişdi.
Kollejda olib borilayotgan işlar bilan tanişarkanmiz, bundan 25-yil oldingi kasb-hunar taʼlimi dargohi bilan bugungi kasb-hunar kolleji örtasidagi osmon bilan yerça farqni körib, quvondik. Bugungi öquvçi-yoşlar muddatini ötab, irib-çirib bölgan texnikalarni aslo tan olmaydilar. Ular eng zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan işlaş, amaliy tajribalar ötkaziş imkoniga egalar. Bugungi kollej öquvçisi töla davlat ğamxörligi asosida tahsil oladi, kasb-malakasini egallaydi. Uning iş bilan taʼminlanişi masalasida ham davlatning özi ğamxör.
Quvonç bilan taʼkidlagimiz keladi: kollejni bitirgan har bir yoş davlat eʼtiborida, himoyasida. "Öqişni bitirding, davlat seni 12-yil bepul öqitdi, kasb-korli qildi, endi hayot yölingni özing hal qil”, - deb heç bir yoş mutaxassisning kökragidan itarmaydi. Aksinça, uning iş bilan taʼminlanişi, öz qobiliyatini namoyon etişi, taʼlimning oliy bosqiçida öqişni davom ettirişi uçun davlat ğamxörlik qilişda davom etaveradi.
Qarang, faqat Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kollejining 2015-2016 öquv yili bitiruvçilaridan 88-90 foizi özlari tanlagan mutaxassisliklar böyiça işga joylaşişgan. Bitiruvçilarning bandligi yuz foiz taʼminlangan!
Ayni kunlarda esa kollejda 2016-2017 öquv yilida 9-sinf bitiruvçilarini taʼlimning keyingi bosqiçiga qamrab oliş böyiça "Maslahat markazi” faoliyat olib bormoqda.
- Yoşlarning, hatto ota-onalarning ham dunyoqaraşi özgargan, - deydi kollej direktori Maqsud Yöldoşev. – Sobiq tuzum davrida hunar-texnika bilim yurtlariga umumtaʼlim maktablarining eng qoloq, 8-sinf bitiruvçilari majburiy tarzda öqişga yuborilardi. Bugungi kasb-hunar kollejlariga esa öquvçi özi tanlagan yönaliş böyiça hujjat topşiradi. Ota-onalar ham farzandining qiziqişlariga eʼtiborli. Demak, mustaqillik davri yoşlarining ongi, saviyasi yuqori.
Mustaqillik davri yoşlari. Ular keçagi, yaqin ötmişdagi tengdoşlaridan har tomonlama yetuk, bilimdon, tadbirli. Maqolamiz muqaddimasida tilga olganimiz, muhtaram Prezidentimiz mamlakatimiz mustaqilligidan ança oldin ilgari surgan ğoya - "...milliy kadrlar tayyorlaş, ayniqsa, yoşlarni tayyorlaş bilan juda jiddiy şuğullaniş, zamonaviy kasbni egallaşida ularga yordam beriş” töğrisidagi fikrlari bugun nainki yoşlar, balki xalqimiz hayotini gullatib yubordi. Keçagi kun taʼlim tizimi bilan bugungi, yuksak taraqqiyotga yuz tutgan taʼlim sohasi örtasidagi farq – yer-u osmonça! Keçagi öquvçi-yoşlar – dunyo tomon eltuvçi yölni topolmay, sargardon bölsa, bugungi öquvçi-yoşlar – dunyo tomon eltuvçi yöllarda!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶