21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 01:49
Fan va taʼlim 👁 5,442

AMUDARYo: U HAQDA BILASIZMI?

AMUDARYo: U HAQDA BILASIZMI?

Vohamizdagi jamiki tiriklikning asosi jöşqin Amudaryomiz ekanligini tan olib yaşasak-da, u haqda köpçiligimiz juda kam maʼlumotga egamiz. Quyida bayon etilgan fikrlarni öqiş – har birimiz uçun foydalidir.

Amudaryo – Turkiston ölkasidagi eng sersuv, yirik daryo hisoblanadi. Amudaryoni yunon va rimliklar Oksus yoki Oksos, arablar Jayxun, mahalliy xalqlar dastlab Ökuz, Balx, Vaxş, söngra Amul deb ataganlar. Amudaryo quyi va örta törtlamçi davrda Qoraqum orqali ötib, Kaspiy dengiziga quyilgan, toğlardan suv oqimi bilan keltirilgan oqiziqlar natijasida qumlar tarkib topgan. Yuqori törtlamçi davrda Amudaryo hozirgi özani böyiça oqqan. Oqimining bir qismi janubga oqib, hozirgi Özböy özanini vujudga keltirgan va Kaspiy dengiziga quyilgan. Şu davrda Sariqamiş böyi deltasi tarkib topgan. Miloddan avvalgi 3- va 2-ming yilliklar orasida Amudaryo hozirgi Tuyamöyin qisiğidan şimolga - Oqçadaryo özanida oqib, Orol dengiziga uning janubi-şarqidan quyilgan va Oqçadaryo deltasi tarkib topgan. Miloddan avvalgi 2- va 1-ming yilliklarda Amudaryo  hozirgi yönalişda, yaʼni Orol dengiziga janubdan quyila boşlagan. Öşa vaqtdan beri Amudaryo Orol dengiziga quyilmoqda.

Amudaryo oqimining bir qismi Sariqamiş köliga ham borib turgan. XIII asrda Amudaryoda möğul bosqinçilarining Xorazm davlatiga hujumi vaqtida (1220-yil) Amudaryoning çap qirğoğidagi damba va töğonlar buzib taşlangan, natijada Amudaryo suvi yana Dovdan va Daryoliq quruq özanlari orqali Sariqamiş botiğiga oqqan. Keyinroq töğon va dambalar tiklangaç, Amudaryo yana avvalgi özani orqali Orol dengiziga quyila boşlagan.

XIV asrda özaro uruşlar sababli Amudaryo qirğoğidagi inşootlar buzilgan, suv yana Sariqamişga oqqan, Özböy özanida suv hatto Kaspiy dengiziga yönalgan. XVII asr boşida Amudaryoning çap qirğoğidagi tösiqlar yana qayta tiklanişi bilan suv eski özani orqali oqa boşlab, XVIII-XIX asrlarda baʼzan oqimning bir qismi Sariqamişga oqqanligi tarixiy manbalarda qayd etilgan.

Amudaryo yuqori qismida Tojikiston va Özbekistonning Afğoniston bilan çegarasidan oqadi. Amudaryo Afğoniston toğlarining şimoliy yon bağridan 4950 metrbalandlikdagi muzlikdan boşlanadi. Vohondaryo Pomirdagi Zörköldan çiqib keladigan Pomir daryosi bilan qöşilgandan keyin, Panj deb ataladi. Panjga öngdan Ğunt, Bartang, Yazğulom, Vanj, Qizilsuv irmoqlari kelib qöşiladi. Nihoyat, eng yirik va sersuv irmoği — Vaxş daryosi qöşilgandan söng Amudaryo nomini oladi. Bu qismida unga yana çapdan Qunduzdaryo, öngdan Kofarnixon, Surxondaryo qöşiladi. Şeroboddaryo  suvi esa Amudaryoga ahyon-ahyonda yetib boradi, undan ğarbdagi Köhitangdaryo suvi ham yöl-yölakay ekin maydonlarini suğorişga sarf böladi. Surxondaryo quyilgandan keyin Amudaryoga to Orol dengiziga yetgunça 1200 km. dan ziyod masofada boşqa irmoq qöşilmaydi. Zarafşon bilan Qaşqadaryo esa Amudaryoning qadimiy irmoqlari bölib, ularning suvi butunlay suğorişga sarflanadi.

Amudaryoning asosiy suv rejimi uning yuqori, toğli qismida şakllanadi. Bu joyda Amudaryo tor, baʼzan çuqur va nişabi katta özandan oqadi. Özan örta hisobda har bir km.ga 4 metrdan (ayrim joylarda esa 10 metrdan ham köp) pasayib boradi. Şu tufayli daryo juda tez oqadi,oqimning tezligi 4-6 m3/sek. Daryo vodiysi ham tor, u Pomir toğ tizmasiga kiruvçi tik kötarilgan qoyali toğlarni aylanib ötadi. Toğ oralaridan jöşqin irmoqlar kelib qöşiladi. 

Amudaryo Surxondaryo qöşilgandan söng tekislikdan oqa boşlaydi va taxminan Karkidan Pitnakkaça bölgan oraliqni daryoning örta oqimi, deb hisoblaş mumkin. Daryo tekislikka çiqqaç, Qoraqum va Qizilqum çöllaridan ötib, Orol dengiziga quyiladi. Örta qismida özanning örtaça kengligi 1500 m., oqimining tezligi kattaligidan (2-3 m/sek) özan va qirğoqlarini muttasil yemiradi, şu sababli özan doimo özgarib turadi. Amudaryoning örta va quyi oqimida ayniqsa, Xorazm vohasi va Qoraqalpoğistonda  (Urganç, Ellikqalʼa) qirğoqlarning öpiriliş hodisasi — deygiş kuzatiladi. Keyingi davrda daryo özanining yuvilişi ham kuzatilmoqda. 1990-yillardan Amudaryo quyi oqimi Tuyamöyin suv ombori orqali boşqarilgaç, bu yerlarda deygiş hodisasining taʼsiri bir oz pasaydi.

Tekislikda Amudaryo vodiysining eni 10—15 km. bölib, ayrim joylarda 20—25 km.ga yetadi. Vodiy kengaygan joyda uçta terrasa vujudga kelgan. Daryoning past toğlar orasidan ötgan joylarida vodiyning eni 350—380 m. dan oşmaydi.Tekislik qismida daryoning har ikkala sohilida qum gildan tarkib topgan, eni 2—3 km. keladigan qayirlar uçraydi. Amudaryoning quyi oqimi Pitnak yaqinidagi Tuyamöyin qisiğidan to Orol dengiziga qadar boradi, quyi oqimining uzunligi  500 km., şundan 325 km. Nukus bilan Orol dengizi oraliğiga — daryoning hozirgi deltasiga töğri keladi. Amudaryo sersuv daryo, muzlik va qorlardan suv oladi, havzasida 1000 ga yaqin muzlik (şu jumladan, Yer kurrasidagi eng katta toğ-vodiy muzligi — Fedçenko muzligi) bor. Suv yiğiş havzasida katta maydonlarni qorliklar egallagan.

Amudaryoda eng köp suv oqimi iyun -iyulda, eng kam oqim dekabr — martda sodir böladi. Qiş mavsumida faqat grunt va zovur suvlari hisobiga töyinadi.

Amudaryoning oqiziqlarida ösimliklar uçun oziq bölgan ohak, kaliy, fosfor kabi mineral moddalar bor. Yirik suv omborlari qurilişi natijasida daryo suvining loyqaligi keskin kamaydi. Amudaryo havzasidagi vohalardan zovur taşlamalarining qariyb yarmi daryoga oqizilişi suv şörligining ortişiga sabab bölmoqda.

Amudaryoning suğorişda ahamiyati juda katta. Çorjöy va Xorazm vohalari yerlari qadimdan suğorilib, dehqonçilik qilib kelinadi. Amudaryoning suv zahiralaridan keng miqyosda foydalaniş saksoninçi yillardan avj olib ketdi. Daryoning yuqori qismida Vaxş, Kofarnihon, Surxondaryo kabi irmoqlaridan kanallar çiqarilib, Tojikiston va Özbekistonda yangi yerlar özlaştirildi. Örta oqimida 1954-yilda Qoraqum kanali qurilişi boşlandi. Buxoro yerlarini Amudaryo suvi bilan suğoriş uçun Amu-Qoraköl kanali, Amu-Buxoro maşina kanali, Qarşi magistral kanali qurildi. Amudaryo quyi qismida Toşsoqa, Şovot, Qiliçniyozboy, Qipçoq, Bözsuv, Suenli, Paxtaarna, Qizketken, Kegayli, Quvonişjarma irrigatsiya tizimlarining taʼmirlanişi natijasida 1974-yilda Taxiatoş gidrouzeli  va 1978-yilda Tuyamöyin gidrouzeli qurib bitkazildi, daryodan kanallarga suv oliş hajmi köpaydi.

Hozirgi kunda Amudaryoning eski özanlari izidan Daryoliq va Kölli taşlamalari işga tuşirilgan. Xorazm vohasidan yer osti şör suvlari Sariqamiş köliga şu taşlamalardan oqizilmoqda. Amudaryoning quyi qismida 60-yillarda har birining uzunligi qariyb 100 km. bölgan bir neça yirik kollektorzovur tarmoqlari qurildi. Ularning örtaça yillik suv sarfi qariyb 5 — 20 m/sek. çamasida bölib, köpçiligi suvini Orol dengizining qurib qolgan qismiga quymoqda. Amudaryo havzasida suv taqçilligining kuçayişi bilan suv zahirasidan oqilona foydalaniş muammosi tobora keskinlaşa boşladi. Amudaryoning suv oqimini faqat mavsumlararo tartibga solişdan taşqari, köp yillik suv oqimini ham tartibga soliş zarur böladi.

Xullas, xalqimizni beminnat obi hayot bilan taʼminlab turgan qadimiy daryomiz suvi bugungi kunda öta oqilona munosabatda bölişni taqozo etmoqda. Zero suv – hayot manbaidir.

Otabek XIDIRBOYeV,

Inomjon TURSUNBOYeV,

NDPI qoşidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyi tarix fani öqituvçilari.

(Foto - http://xorazm.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026