FARZANDIMGA SOFLIK ATO ETGAN SALOMATLIK POSBONLARI
Ona uçun farzandi soğligidan ham uluğroq baxt yöq. Binoyiday öynab yurgan ikki yaşar öğlim negadir noörin xarxaşa qiladigan, uyqusida bosinqirab, tinmay yiğlaydigan odat çiqardi. Şunçaki bolalik injiqligi bölsa kerak, deb eʼtibor qilmadim. Lekin negadir ozib ketayotganini sezdim. Bir kuni issiği kötarilib, heç narsa yemay qöydi. Uni "Madaniyat” QVP bolalar şifokori Habiba Nurimovaga körsatdim. U öğlimni körikdan ötkazib, boşlanğiç tibbiy yordam körsatdi va bolani zudlik bilan jarroh şifokor körigiga olib borişimni tayinladi.
TTB huzuridagi 1-jarrohlik bölimi mudiri Baxtiyor aka Yavidov va davolovçi şifokori Komiljon aka Omonov öğlimni tekşiruvdan ötkazgaç, şamollaş oqibatida bolamning tanasida şiş paydo bölganini, tezlik bilan jarrohlik amaliyoti olib boriş zarurligini aytişdi va şu kuniyoq muolajani boşladi. Şu yilning 25-iyun kuni öğlim Yunusbek Rajabboyevning rivojlanişiga xalaqit berayotgan dard jarrohlik yöli bilan olib taşlandi. Öğlimga jarrohlik amaliyotini ötkazgan davolovçi jarroh Komiljon aka Omonov bir hafta davomida Yunusbekning soğayib, oyoqqa turib ketişida fidoyilik körsatdi. Hatto şifoxonada iş vaqti tugagan, navbatçi bölmagan paytlarida ham öğlimning boşida parvona böldi. Jarrohlik bölimi mudiri Baxtiyor Yavidov, jarrohlik xonasi hamşirasi Nigora Yerdoşeva, katta hamşira Rozajon Karimova, muolaja hamşiralari Çamangul Örozoqova, Muhabbat Eşniyozova, Orzigul Bobojonova, Nasibaxon Rahimova, Şoira Jumaniyozovalarning öz vaqtida körsatgan tibbiy xizmatlari natijasida öğlim Yunusbek heç narsa körmaganday, soğayib, oilamiz bağriga qaytdi.
Men TTB huzuridagi 1-jarrohlik bölimi mudiri Baxtiyor Yavidov, malakali jarroh Komiljon Omonovdan bir umr minnatdorman. Çunki ular oilamizga xotirjamlik, farzand quvonçi va salomatlik baxtini ato etişdi. Ilohim, qöllaringiz aslo dard körmasin, salomatlik posbonlari!
Har sözi misoli mömiyo - malham,
Dildan ğubor ketar u sözlagan dam.
Dardingiz olmoqqa tayyor Baxtiyor,
Bir-biridan suluv hamşiralar ham.
Qöli yengil jarroh Komiljon aka,
Dard bilan olişar yakkama-yakka.
Elga soğlik degan baxtni ulaşib,
Mehr uyğotadi har bir yurakda!
Samimiy ehtirom bilan Risolat Ibrohimova, "Çoyköl” ovuli, "Döstlik” mahallasi.
(Foto - http://navoiy.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶