YeRLARNING HOSILDORLIGINI OŞIRIŞ YÖLIDA
Tumanimizdagi xöjaliklararo "Alili yop” kanali köp yillar oldin loyihasiz qurilgan bölib, şu vaqtgaça rekonstruktsiya qilinmagan edi. Şuningdek, kanaldan fermer xöjaliklarining suv oliş nuqtalarida muhandislik tipidagi gidroinşootlar yöq, suv oliş uçun köp miqdorda içki nasoslar işlatilar, bu öz navbatida ekspluatatsiya xarajatlarining juda oşib ketişiga sabab bölayotgan edi.
Qisqa qilib aytganda, "Alili yop” kanalining mavjud holati öz vazifasini töla bajaraolmay, Qiliçboy arna kanalidan olingan meʼyordagi suv kanalning oxirida joylaşgan fermer xöjaliklarining ekin maydonlariga yetib bormay qolgandi. Bu holat hududda paxta, ğalla va boşqa qişloq xöjalik ekinlaridan olinadigan hosildorlikning keskin pasayib ketişiga olib keldi, kanalni rekonstruktsiya qiliş ehtiyojini yuzaga keltirdi.
Mavjud ahvolni hisobga olgan holda 2014-yilning may oyida kanalni ikki bosqiçda rekonstruktsiya qiliş işlari boşlab yuborilgan edi. 22,9 km. uzunlikdagi kanal rekonstruktsiyasida közda tutilganiday 4 mlrd. 715 mln. sömlikdan ziyod taʼmirlaş işlari olib borildi. 7245 gektar ekin maydoniga suv yetkazib beriş quvvatiga ega bölgan kanalda 1 dona boş gidroinşoot, 2 dona quvurli akveduklar, 5 dona kötarma gidroinşoot, 1 dona quvurli ötkazgiç, 20 dona suvning meʼyorida oqişini taʼminlovçi inşootlar örnatildi.
Quyi suv sarfi sekundiga 3,3 m. kubni, örtaça suv sarfi 8,3 m. kubni, eng yuqori suv safi esa 10 metr kubni taşkil etiş darajasiga yetkazilgan kanaldagi rekonstruktsiya işlari "Amudaryodavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi tomonidan ado etildi va ekspluatatsiya qiluvçi taşkilot – Manğit Nazarxon irrigatsiya tizimi boşqarmasiga şu yilning iyun oyida topşirildi.
Rekonstruktsiya işlarining olib borilişi natijasida mazkur kanal suvidan suğoriladigan 7245 gektar ekin maydonlarida, şu jumladan 6313 gektar paxta maydoni, 875 gektar ğalla maydoni, 236 gektarsabzavot, 813 gektartomorqa, 1705 gektarboşqa ekinlarning suv taʼminoti yaxşilandi. Jami 32 nasos stantsiyadan 24 tasini işlatişga zarurat qolmadi. Natijada yiliga 146 tonna dizel yoqilğisini, 6,5 mln. kvt. elektr energiyasini iqtisod qiliş imkoni yaratildi, 12,5 mln. m3suv iqtisod qilinadi.
Şuningdek, ekin maydonlarida paxta hosildorligini 5, ğalla hosildorligini 8 tsentnerga oşirişga erişiladi.
Bu öz navbatida tumanimizda qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştirişni sezilarli darajada köpaytirişga zamin yaratadi.
Baxtiyor Davekov, "Manğit-Nazarxon”ITB boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶