21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 00:42
Qişloq xöjaligi 👁 2,766

YeRI VA KÖNGLI TOZARGAN FERMERLAR

YeRI VA KÖNGLI TOZARGAN FERMERLAR

(Publitsistika)

MEHNAT QILIB, ROHAT KÖRMAGAN DEHQON

Özbekistonda fermerlik harakati boşlangan ilk yillar edi. Umr böyi paxtaçilik brigadasini boşqarib, hayotining asosiy qismini dalada ötkazgan (Alloh rahmat qilsin) Madat aka Yeşçanovning afsus bilan aytgan gaplari heç esimdan çiqmaydi:

- Hah, qarib qoldim-a, "dehqonman!” deb kökrakni kerib işlaydigan payt endi keldi. Yerning uvadasi çiqib ketdi-ku zulm qilinaverib. Buyruqni bajaraman, deb dehqon emas, zolimga, zulmkorga aylanib qolgan edik. Hali körasizlar, fermerlar mana bu şörlagan tuproqni oltinga aylantirişadi!

Paxta yakkahokimligi avj olgan ötgan asrning 1970-80 yillarida "Çoyköl” ovuli hududidagi sobiq sovet kolxozining  8-brigadasiga rahbarlik qilgan Madat aka Yeşçanov öta mehnatkaş, paxta desa özini unutar darajada fidoyilik qilişga tayyor inson edilar. Tongdan şomgaça "Planeta” rusumli mototsiklini minib, kamida 200 gektar maydondagi paxta dalalarini aylanib çiqar, baʼzan paxta deb özi uçun aziz insonlarning dilini oğritib qöyar, keçirim maʼnosida tuproq va loy keçib, daladagi yumuşlarga özi ham kirişib ketardi.

- Paxta poyi (ijara yeri) bor kolxozçilarning yuziga qaray olmasdim, - der edilar doim. – 7-8 gektar gözani tarbiyalagan dehqonga nari borsa, 1,5-2 gektar uçun iş haqi berilardi. Yer ölçovida, hisob-kitobda xatolar köp edi, juda köp edi...

Madat aka haq edilar. Sovetning kolxoziga çiqib, paxta ekib, tarbiyalab, hosil yiqqan değqonning ana şunday xato – sovet maʼmurlarining foydasi uçun qilingan, aslida "rejalaştirilgan xatolar” bois, heç qaçon kosasi oqargan emas. Dehqon boy bölişi – siyosatga zid edi. U markazning çöntagidan haq olardi. Agar dehqon öz mehnati samarasidan bahramand bölganida salkam 200 gektarlik paxtaçilik brigadasini boşqargan Madat aka Yeşçanov "Çoyköl” ovulining eng badavlat kişisiga aylanardi...

Yerga mehri, dehqonçilikka ixlosi baland bunday insonlar yurtda oz edimi? Madat akaday fidoyilar juda köp edi. Ularning juda köpçiligini markazdan rejalaştirilgan qişloq xöjaligiga oid har xil "plan”lar erta mayirdi. Oriyatini, özligini toptab, boşini egib, dardini içiga yutib yaşaşga mahkum qilib qöydi. Agrar sohaning eng fidoyi, eng bilimdon, işbilarmon mutaxassislarini "paxta işi” deb atalmiş haqoratomuz olovli tör öz domiga tortib ketdi...

DEHQONNING HAYoTINI YaŞNATIB YuBORGAN HARAKAT

Özbekistonda boşlangan fermerlik harakati eng avvalo dehqonning qadr-qimmatini joyiga qöydi. Davlatning özi boş bölib yerni dehqonga – öz egasiga topşirdi. "Mana, yer seniki, ek, parvarişla, özing ham manfaat kör, xalqing ham bahramand bölsin!” – dedi.

Bu – dehqonning hayotiga mislsiz özgarişlar olib keldi. Tarixan qisqa davr içida mustaqil Özbekiston 30 milliondan ziyod xalqi ehtiyojini töla taʼminlabgina qolmay, qişloq xöjalik mahsulotlari bilan jahon bozorida öz örniga ega böldi.

Xöş, bunga biz qanday erişdik?

Avvalo, mamlakatimizda agrar sohada olib borilgan izçil islohotlar, hali yuqorida aytganimizday, paxta ekilaverib "uvadasi çiqib ketgan” yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, tarmoqni texnik va texnologik modernizatsiyalaş, bundan ham muhimi, fermer xöjaliklarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, fermerlarga zarur şart-şaroitlar yaratiş – bugungi olamşumul yutuqlarga erişiş imkonini berdi.

Xususan, muhtaram Prezidentimizning 2012-yil 22 oktyabrdagi "Özbekistonda fermerlik faoliyatini taşkil qilişni yanada takomillaştiriş va uni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni fermerlar erişayotgan yutuqlarni mustahkamlabgina qolmay, agrar sektordagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada takomillaştirib, fermerlik harakatini rivojlantiriş, uni köp tarmoqli xöjaliklarga aylantiriş, qişloqqa sanoatni olib kirişda juda katta qadam böldi. Bundan taşqari, mustaqillik yillarida agrar sohaning huquqiy asosi yanada mustahkamlandi. 20 ga yaqin Qonun hamda 110 dan ortiq meʼyoriy hujjatlar qabul qilinişi Özbekistonda, şu jumladan Amudaryo tumanimizda ham agrar sektorni isloh qiliş va liberallaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlarni yuksak taraqqiyot bosqiçiga olib çiqdi. Eng muhimi, tumanimiz xalqi fermerlar – mustaqil mamlakatimizning har tomonlama taraqqiy etişida yetakçi kuç ekanligiga nafaqat işondilar, balki qişloq mulkdorlari bilan haqli ravişda faxrlaniş tuyğusini his etdilar.

Bu şunday tuyğu ediki, uning mohiyatida mustaqillikka, kelajakka işonç, dehqonning hayotini yaşnatib yuborgan özgarişlardan bahramandlik hissi bor edi!

ÖZGARIŞ

Özgariş. Mustaqillik yillarida bu söz nutqimizdan, kundalik muomalamizdan muqim örin oldi. Çunki har kuni, balki har  soatda maʼlum maʼnodagi bir özgarişga közimiz tuşadi. Demak, quvonç bilan taʼkidlamoqqa haqqimiz bor, azizlar!

Axir yöq joydan bunyod bölayotgan yangi uy-joylar, qiyofasi har kuni özgarib borayotgan tadbirkorlik subʼektlari, iqtisodi baquvvatlaşib, öz mahsulotlari bilan jahon bozoriga kirib borayotgan korxonalar, fermerlar...

Eh-he, bu kabi özgarişlarning hisobiga yetiş qiyin. Bundan 25-yil muqaddam paxta ekilaverib sillasi qurigan yerlarga bugun bir boqing! Yana olamşumul özgariş!

Muhtaram Prezidentimizning 2012-yil 22-oktyabrdagi "Özbekistonda fermerlik faoliyatini taşkil qilişni yanada takomillaştiriş va uni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoniga asosan butun mamlakatimizda, şu jumladan tumanimizda taşkil etilgan Fermerlar Kengaşi bugun fermerlarning işonçli himoyaçisiga aylangan. 2013-yilning boşida tuman fermerlar Kengaşi tomonidan öşa paytda tumanimizda faoliyat olib  borayotgan 278 ta fermer xöjaliklaridan 197 tasi köp tarmoqli fermerlar deb topildi. Köp tarmoqli fermer xöjaliklarini  rivojlantiriş maqsadida 8 ta yönalişda 204 ta loyiha işlab çiqildi. Şunisi quvonçliki, bu loyihalarni amalga oşiriş uçun zarur bölgan mablağning uçdan ikki qismi fermer xöjaliklari hisobidan yönaltirildi. Yaʼni, fermer xöjaliklari hisobidan 2 mlrd. 104 mln. 80 ming söm, bank krediti hisobidan 1 mlrd. 20 mln. söm, jami 3 mlrd. 124 mln. 500 ming söm mablağ sarflandi. Faqat 2014-yilning özida yana 52 ta fermer xöjaligi köp tarmoqli fermer xöjaliklariga aylantirilib, ularning soni 240 taga yetkazildi.

Endilikda tumanimiz fermerlari nafaqat paxta, balki pilla, ğalla, poliz va sabzavot, mahsulotlari, baliqçilik parrandaçilik, çorvaçilik, boğdorçilik, asalariçilik yönalişlari böyiça  misli körilmagan yutuqlarni qölga kiritişmoqda.

2015-yilda fermer xöjaliklarining  yer maydonlarini optimallaştiriş böyiça amalga oşirilgan işlar soha rivojida ijobiy özgariş sari qöyilgan yana bir qadam böldi: tumanimizda yer mulkdorlari safi  oşdi, fermer xöjaliklari soni 528 taga yetdi. Paxtaçilik, ğallaçilik bilan birga pillaçilik sohasi jiddiy rivojlaniş sari yuz tutdi. Fermerlarning fidoyiliklari, pillakorlarga yaratib berilgan şart-şaroitlar bois 2016-yilda pilladan möl hosil olindi, 254 tonnalik "kumuş tola” xirmoni bunyod etildi. Bundan ham quvonarlisi, mustaqillik tufayli pillakorlarimiz yetiştirgan pilla mahsuloti tumanimizning özida, "Asia Silk” Vetnam şöʼba korxonasida qayta işlanmoqda.

Agrar tizimdagi mislsiz özgarişlar nafaqat fermerlar, balki tumanimiz xalqi dasturxonini tökin, turmuşini farovon, har bir yovonni obod göşaga aylantirib yubordi.

"QIRMIZI DON”I XIRMON-XIRMON,

BOĞLARI LARZON, ASALGA KON!

2013-yil edi. Mustaqillik bayrami arafasida tumanimizning olis göşasi – Nazarxon ovulida böldik.

- Ovulimizdagi Örozimmat bovaning boğini bir köring, - taklif etdi OFYning diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi Guljahon Ibrohimova. – Naq "ziroatçilik fabrikasi”, deysiz.

Örozimmat bovaning boği Guljahonning taʼrifidan ham oşib tuşdi. Çöldan esib turgan garmsel şamolining yölini kesib, atrofga jannatiy havo ufurib turgan bu boğda yöq mevaning özi yöq edi. Olma-yu anor, anjir-u şaftoli, olça, gilos, naşvati, olmurut, yonğoq...

Boğ içiga poliz va sabzavot ekilgan. Boğ çekkasidagi baland supada qirmizi buğdoy uyumi.

- Nazira Mambetnazarovaning ekkan buğdoyidan, - qöli bilan şopirdi donni  Örozimmat bova. – Zör fermer, xirmoni juda baland böldi, öz uluşidan ortganini sotdi, men ham oldim, arzongina. Albatta, pulimga! Meva-çevadan daromad oqib kirib turibdi xonadonimizga. Fermerlarning ğalla xirmoni baland bölsa, dasturxonimiz nonga tölada, qizim.

Tumanda nazarxonlik Nazira Mambet-nazarova kabi ğalla ekib ham davlat omborini, ham el-yurt dasturxonini töldirib, ham öz xonadonini obod qilib, rizq yaratayotgan fermerlar bisyor. Ana şunday köp tarmoqli fermer xöjaliklarining 2016-yilgi "qirmizi don” xirmoni 7500 tonnadan oşib ketdi. Bu amudaryoliklar rizqining butun bölgani. Örozimmat bova kabi tomorqa egalarining boğ-roğiga xotirjam qaraş imkoni. Axir fermerning buğdoy xirmoni baland bölgani, minglab xonadonlarga, el-yurtga, rizq-röz nurlari tuşgani-da!

Bugun fermerlar yaratayotgan intensiv boğlar tarovati butun Amu eliga tatiydi. Hatto amuliklar ehtiyojidan ortiği qöşni tuman va viloyatlarning bozorlarini obod qilayotir. Qöşni davlatlarga eksport qilinayotir. 25 gektarga yaqin serhosil intensiv boğlar esa allaqaçon hosilga kirgan.

Baʼzan özimizning Manğit dehqon bozorimizni oralab, hayotimizni yaşnatib, dasturxonlarimizni bezab turguvçi neʼmatlarning bisyorligidan dilim yayrab ketadi. Nazarimda, yetti iqlim boğ-roğlarida yetilgan turfa mevalarning bari şunda, tökinlikdan, tökislikdan, farovonlikdan bahs etayotganday.

Gulkaram, naşvati, naqş olmalar, hatto mevazor boğlar nafasini his ettiriş quvvatiga ega  asal ham tumanimiz fermerlari yetiştirgan mahsulotlardan!

Asalariçilikni ham bugungi  fermerlarimiz binoyiday uddalaşayotgani bozorlarimizda alohida asal sotiş rastalari paydo bölganida namoyon emasmi, azizlar!

YeR HAM, KÖNGILLAR HAM TOZARDI

Fermerlarimiz erişayotgan bu kabi yutuqlar zamirida juda ulkan mehnat bor, fidoyilik bor. Qolaversa, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan beqiyos imkoniyatlar, beğaraz ğamxörliklar mujassam.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2007-yil 29-oktyabrda imzolangan "Yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmon fermer xöjaliklariga qaraşli barça yerlarning meliorativ holatini, tuproq tarkibini yaxşilaş, yerni muloyimlaştiriş, hosildor qatlamida tuproq donadorligini oşiriş imkonini yaratdi. Sobiq ittifoq davrida tamoman yaroqsiz holatga kelgan va  kuçli şörlangan yer maydoni 6051 gektarga yetgandi. Yuqoridagi Farmonga muvofiq 2008-2016-yillar davomida 2 ming km. uzunlikdagi kollektor va drenaj tarmoqlarida 10 mlrd. sömlikdan ortiq taʼmirlaş-tiklaş va rekonstruktsiya işlari olib borildi. Natijada Nazarxondan Kuyuk köpir-u Xitoy ovullarigaça, Qangli ovulidan to "Çoyköl” va Qiliçboy zaminidagi ovullargaça bölgan ulkan hududda dehqonçilik qilib, el-yurt rizqini yaratayotgan 532 ta fermer xöjaliklarining yerlari "tozardi”, şöri va zaxi ketib, yerlarning hosildor qatlami qayta jonlandi. Qişloq xöjalik ekinlarining barça turlari böyiça har gektar hisobidan olinadigan hosildorlik keskin oşdi. Şu bois, bugungi amudaryolik fermerlarning köksi baland, nasibasi uluğ.

Şular haqida öylarkanman, bundan 25-yil avvalgi  sovet kolxozida  paxtaçilik brigadasini boşqarib, heç kosasi oqarmagan brigada boşliqlari, tongdan-şomgaça daladan beri kelmay, paxta terib, munkillab, tut bargini orqalab, ipak qurti boqib şohi-atlaslarni tuşlarida körib yaşagan onajonlarim köz oldimda gavdalanadi. Va beixtiyor Madat aka Yeşçanovning gaplarini eslayman:

- Yoş bölib qolsam, fermer bölardim, işlaydigan, mehnating qadr topadigan zamon endi keldi!

Ha, azizlar, intilib-intilib, orzular qilib va orzu-umidlar gulini terib yaşaydigan damlar bu!

Ana qarang, paxta ekilgan dalalar çetidagi yöllarda şaloği çiqqan mototsikllarini "patillatib”, "plan” ketidan yugurib, umrini yelga sovurib yaşagan brigadirlar emas, bugun yumşoq kabinali, zamonaviy avtomobillarda yurgan fermerlar qöllarini peşonalariga ravoq qilib dalalarga mamnun boqişadi. Ona zamindan ufurayotgan soğlom, şirin nafasdan köngillari tozaradi ularning! Tozarmasinmi?!

Axir yer öziniki! Qaysi yerga nimani va qaçon ekişni özi hal qiladi. Bankda – hisob raqamida daromad-u mablaği bisyor. Eng muhimi, ortida bemavrid "böl, ha böl!” deb qistalang qilguvçi yöq. Ana şudir – Dehqon – yer egasi - fermerning baxti! Ana şu baxt zamiridadir – el-yurt farovonligi, obodligi, köngillar xotirjamligi, tinçlik va totuvlik neʼmati!

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026