DEHQONGA ERK BERILGAÇ...
Agar agrar tarmoqda yetakçi kuçga aylangan fermerlar sözlariga quloq solsangiz, sohadagi yuksalişlar, yangilanişlar dehqonga erk berilganidan, deya faxr bilan gapirişadi.
"Yusufxöja” fermer xöjaligi rahbarligini qölimga olgaç, buning maʼnosini teran angladim.
Ha, sobiq ittifoq davrida uzoq yillar davomida şakllangan paxta yakka-hokimligi, butun imkoniyatlar faqat paxta xomaşyosini tayyorlaşga qaratilişi, oziq-ovqat mahsulotlarining köp qismi çetdan keltirilişi xalqimizning tinkasini quritgan edi.
Qolaversa, xususiy mulkning taʼqib qilinib, maʼmuriy taqsimlaşga asoslangan partiya-davlat boşqaruv tizimining qatʼiy hukmronligi dehqonning, soha mutaxassislarining bunyodkorlik xislatini böğib qöygan edi.
Mustaqillik tufayli dehqon yerning haqiqiy egasiga aylandi. Mehnati samarasini özi köradi, yetiştirilgan hosildan manfaatdorligi yuqori. Endilikda sohada maʼmuriy buyruqbozlik emas, işga ijodiy yondaşuv hukmron. Fermer mulkdor sifatida öz yeriga, texnikasiga özi javobgar, mehnat resurslaridan unumli foydalanadi.
Eng muhimi, yerga oqilona munosabat örnatildi. Bugungi kunda bir vaqtlar otalarimiz butun qiş davomida maşaqqatlar bilan qazigan ariq-zovurlarni hozir qudratli texnikalar haş-paş degunça tozalab taşlaydi.
Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, bizning "Yusufxöja” fermer xöjaligimiz dehqonlari barça sohalarda muntazam reja - topşiriqlarini ado etib kelişmoqda.
Joriy yilda 52 gektar yerga paxta ekib, sidqidildan mehnat qilganimiz bois, dalalarimizda möl hosil yetildi. Ilk hosilimizni davlatimiz xirmoniga topşira boşladik. 106 tonnalik marrani yaqin kunlar içida egallaymiz.
Şuningdek, 15 gektar maydondagi ğalladan 38 tonna buğdoy, 15 quti ipak qurti parvariş qilib, 900 kg.dan ziyod pilla yetiştirib, rejalarimizni ado etdik. 8 gektar maydondagi boğimizda mevalar serob. 70 boş zotdor qoramollar veterinariya qoidalariga muvofiq boqilmoqda. Yaqinda 1,20 sotix maydondagi hovuzda baliqçilikni ham taşkil qildik. Natijada fermer xöjaligimiz aʼzolarining daromadi möl, turmuşi obod bölayotir.
Fermer uçun öz hududini obod qilib, özining, xöjaligida işlovçilarning ham oilasi farovon, dasturxoni tökin bölişiga erişişi juda muhim. Mening xöjalik rahbari sifatidagi eng muhim maqsadim ham şudir.
Barça sohalarda yangilanişlarga, yuksalişlarga keng imkoniyatlar eşigini oçib bergan istiqlolimizning 25 yilligi bilan butun tumanimiz xalqini qizğin tabriklayman!
Şavkat YaXŞIMURODOV,
"Yusufxöja” fermer xöjaligi raisi.
(Foto - http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶