REJA – ÇEGARA EMAS
Bizning Y.Örozboyev nomli muqobil maşina-traktor parkimiz hududimizdagi 32 ta fermer xöjaliklariga xizmat körsatadi. Mazkur fermer xöjaliklarida 1034 gektar paxta maydoni bor, jami 2155 tonna hosil yetiştiriş yuzasidan kontraktatsiya şartnomasi tuzişgan.
Hozir paxta dalalarimizda pudratçilar butun kuç-imkoniyatlarini hosil yiğim-terimiga qaratişmoqda. Şuning uçun ham kuniga yillik rejaning 4-5 foizi miqdoridagi hosil davlatimiz xirmoniga topşirilmoqda.
Mavsum oldidan dala işlarida qatnaşadigan texnikalar puxta sozlanib, işga şay qilib qöyilganligi terilgan paxtalarni öz vaqtida qabul punktlariga taşişda juda qöl kelmoqda.
Terimçilarning unumli işlaşlari uçun qulay imkoniyatlar yaratilib, tuşlik ovqat, çoy dala boşida taşkil qilingani, terilgan paxtalarning peşma-peş ölçab olinayotganligi va terilgan paxta haqi har beş kunda hisob-kitob qilib borilayotganligi iş surʼatining yuqori bölişini taʼminlamoqda.
Paxta yiğim-terimi mavsumini uyuşqoqlik bilan ötkaziş, yetiştirilgan hosilni kuzakning ğanimat iliq kunlarida yiğib-terib oliş uçun hududimizdagi işga yaroqli, işsiz aholi ham jalb qilindi. Natijada sentyabr oyining birinçi ön kunligidayoq "Ibodullayeva Gulzebo”, "Ravşanbek, Javlonbek, Sardorbek”, "Matmurotov Ergaş”, "Umid-Jonibek,” "Kamoliddin Bekniyoz”, "Xolimbetov Furqatjon”, "Ollaberganov Izzatjon”, "Ollaberganov Umidjon”, "Uluğbek Örozboyev” nomli fermer xöjaliklarimiz yillik şartnomaviy rejalarini ortiği bilan uddaladilar. Bugungi kungaça mavjud 32 ta fermer xöjaliklarimizning 30 tasida reja bajarildi va rejadan taşqari paxta topşiriş davom etmoqda. Çunki reja – çegara emas. Fermerlarimiz, tajribali pudratçilarimiz fidoyilik, omilkorlik bilan mehnat qilişib, joriy yilda közlanganidan ança yuqori hosil yetiştirişga erişdilar. Yillik topşiriqlar ado etilsa-da, hali dalalarimizda hosil möl. Paxtakorlarimiz kuzak taşvişlarini yelkalaşga kömakdoş bölib kelgan haşarçilarimiz bilan birgalikda yetiştirilgan hosilni dalada isrof qilib qoldirmay, yiğib-terib davlatimizga topşiradilar.
Uluğbek ÖROZBOYeV, Yöldoş Örozboyev nomli MMTP raisi.
(Foto - http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶