YuKSAKNI KÖZLAB
Istiqlolimizning dastlabki yillaridanoq barkamol avlodni tarbiyalaş davlatimizning eng ustuvor vazifasi etib belgilandi. Muhtaram Birinçi Prezidentimiz I.A.Karimovning (Alloh rahmat qilsin) oqilona siyosati va taʼlim-tarbiya sohasiga qaratgan yuksak eʼtibori yoş avlodning har tomonlama yetuk va barkamol bölib voyaga yetişida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Haqiqatan ham yurtimizda taʼlim tizimida ulkan işlar amalga oşirilmoqda. Buni birgina tumanimizda joylaşgan tayanç maktab – 40-sonli umumtaʼlim maktabi misolida ham köriş mumkin. Taşqi körinişidan juda haşamatli va körkam maktabda bir ming bir yuz nafardan ortiq öquvçi taʼlim-tarbiya olmoqda. Yoşlarning yuqori saviyada bilim olişlari uçun barça qulayliklar mavjud. Maktabda har bir öqituvçi öz fanining fidoyisi. Ular öz darslarini hozirgi zamon talabiga mos zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ötadilar. Ular foydalanayotgan taʼlimiy-didaktik öyinlar va pedagogik uslublar öquvçilarning fanlarni özlaştiriş jarayonini yengillaştirişga, ularni darsga töliq jalb etişga yordam beradi.
Bularning samarasini maktabning iqtidorli öquvçilari misolida köriş mumkin. Kitobga çin dildan ixlos qöygan, kelajakda ustozlari singari yetuk ustoz böliş orzusida izlanayotgan Munira Zarifboyeva, Zebo Erkaboyeva, Mahbuba Ötamurodova, Barno Murodboyevalardan maktab maʼmuriyatining bu yil umidlari katta. Bu öquvçilar ötgan öquv yilida ona tili va adabiyot, kimyo, biologiya fanlaridan ötkazilgan "Bilimlar bellaşuvi”ning Respublika bosqiçida faxrli 3-örinni egalladilar.
- Maktabimizda "Bellaşuvçilar maktabi” tögaragi taşkil etilgan. Unda öz fanining bilimdonlari bölgan G.Yunusova, G.Habibullayeva, M.Rahimova, I.Qiliçeva, D.Xöjamurodova kabi tajribali öqituvçilarimiz bizlarga nazariy va amaliy jihatdan fan sirlarini örgatişmoqda, – deydi 9-"g” sinf öquvçisi Munira Zarifboyeva. – Biz bundan-da yuksak marralarni egallaşimiz uçun öqiş, örganişda davom etaveramiz.
Raʼno NURMETOVA,
40-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶