KASB MASʼULIYaTINI ÇUQUR ANGLAB
Mustaqillik yillarida taʼlim-tarbiya sohasiga qaratilgan ulkan eʼtibor tufayli yoş avlodga bilim asoslarini puxta örgatiş, ularning dunyoqaraşini kengaytiriş, maʼnaviy-axloqiy sifatlarni şakllantirişga erişilmoqda. Taʼlim-tarbiya jarayoniga köplab özgartirişlar, yangiça yondoşuvlar tatbiq etilmoqda.
Pedagog kadrlarning uzluksiz malaka oşirib borişini taʼminlaşda "Ustoz-şogird” anʼanasi juda ahamiyatlidir. Mazkur usulda öquv yili davomida amalga oşirilgan işlar, ilğor tajribalar örganilişi, eng bilimdon şogird tayyorlagan ustozlar tajribalarini almaşiş, örganiş taʼlim sifatining oşişiga xizmat qilmoqda.
Bizning maktabimizda ham yaratilgan şaroitlardan unumli foydalanib, samarali faoliyat olib borayotgan öqituvçilarimiz talaygina. Muassasamiz taʼlim sifati parametr körsatkiçlari böyiça reytingda tumanda beşinçi örinni egalladi. Bu yutuqda frantsuz tili öqituvçilarining hissasi ayniqsa ulkan.
Ayni kunda nafaqada, keksalik gaştini surib yaşayotgan, maktabimizning sobiq frantsuz tili öqituvçisi Qurol aka Safarboyev mahorat bilan dars berib, ularning könglida öz kasbiga ixlos uyğota olgan uç nafar öquvçisi hozir ustoz işini qunt bilan davom ettirişmoqda. Jamila Haytakova – şularning biri. Uning maktabimizdagi öqituvçilik faoliyati 1996-yilda boşlangan.
Öqituvçi mahorati öquvçilarining fanni özlaştirişida, erişgan yutuqlarida aks etadi. Jamila Haytakovaning öquvçilari 2012-2013 öquv yilida Bilimlar bellaşuvining Özbekiston bosqiçi ğolibi, 2013-2014 öquv yilida fanlar olimpiadasining Qoraqalpoğiston bosqiçi ğolibi bölganligi uning öz faniga şogirdlarini qançalik qiziqtira olganini va özlaştirişlariga erişganini körsatadi.
Qurol Safarboyevdan dars beriş usullarini, bolalar köngliga yöl topiş sirlarini çuqur örgangan munosib izdoşlar frantsuz tili fani öqituvçilari Roza Yöldoşeva va Munavvar Xolmurodovalardir.
Ulardan taʼlim-tarbiya olayotgan öquvçilar ham Bilimlar bellaşuvi, fanlar olimpiadasi va boşqa turli körik-tanlovlarda özlarining salohiyati va fan asoslarini çuqur özlaştirganliklari tufayli doimo ğoliblar safida bölişmoqda.
Mamlakatimizda heç bir ezgu iş eʼtibordan çetda qolmaydi. Jamila Haytakova 2014-yilda "Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlanganligi buning isbotidir.
Men işonç bilan ayta olamanki, dunyoning heç bir burçagida bizning mamlakatimizdagidek öqituvçi, murabbiylik kasbi uluğlangan mamlakat yöq. 1996-yildan boşlab, har yili 1-oktyabr – Öqituvçilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nişonlanişi yölga qöyilganligi ham fikrimizning dalilidir.
Biz bundan faxrlanamiz va ana şunday yuksak eʼtiborga loyiq mehnat qilişga intilamiz.
Bekmurod
ŞOMURODOV,
22-sonli maktab direktori.
(Foto: http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶