21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 00:40
Qişloq xöjaligi 👁 3,743

PAXTAKORLARGA QÖL-QANOT BÖLIB

PAXTAKORLARGA QÖL-QANOT BÖLIB

Paxta – milliy boyligimiz, ğurur va iftixorimiz. Xalqimiz farovonligini, ozod va obod turmuşini taʼminlaşga xizmat qiluvçi kafolatli byudjet manbai. Şuning uçun ham paxtaçilik sohasini rivojlantiriş, hosildorligini oşiriş, tola sifatini jahon talablari darajasiga yetkaziş, dehqonlarimizning peşona teri evaziga yetiştirilgan "oq oltin” hosilini sifatli yiğib-terib  oliş nafaqat  paxtakor dehqonning, balki bevosita soha rivojiga daxldor xizmat körsatuvçi taşkilotlar xodimlarining  ham zimmasidagi masʼuliyatli vazifadir. Paxtani ekişga tayyorlaşdan tortib, uni daxlsiz saqlaş, qayta işlaş sanoati korxonalariga jönatişgaça bölgan uzviy iş jaryonida önlab korxonalarning xodimlari tinimsiz faoliyat olib borişadi.

Tumanimizning yuksak "oq oltin” xirmonini bunyod etişga munosib hissalarini qöşgan korxona va taşkilotlarning rahbarlari bilan suhbatimiz aynan şu haqda, tumanda paxtaçilikni yanada rivojlantiriş, yuqori hosil oliş va sifatli yiğib-terib oliş omillari xususida böldi.

Uluğbek Ibragimov, tuman paxta uruğçilik laboratoriyasi mudiri: - Avvalo butun tumanimiz xalqini erişilgan yuksak ğalaba – yetakçi tarmoq bölgan paxta yetiştiriş böyiça belgilangan şartnomaviy rejaning bajarilişi bilan tabriklayman.

Dehqonçilikda bir qoida bor – tanlagan uruğing sara bölsa, xirmoning baland böladi. Yaxşi uruğ tanlanmasa, qança kuç sarflagan bilan közlangan natijaga erişiş qiyin, juda qiyin.

Şuning uçun ham tumanimizda kelgusi yil hosili uçun tayyorgarlik hozirdan boşlanadi. Erta bahorda uruğçilik uçun ekilgan maydondagi ğöza nihollari alohida eʼtibor bilan parvarişlanadi. Uruğlik çigit oliş uçun möljallab ekilgan ğöza nihollari, avvalo çanqab qolmasligi yoki suvbosdi bölmasligi talab etiladi. Har ikki holatda ham uruğ sifatiga salbiy taʼsir kuzatilişi mumkin.

Şuning uçun bizning işimizda sifat eng muhim omil sanaladi. Yaxşi yetilgan kösaklar tabiiy oçilişi kerak. Biz defoliatsiya qilingan maydonlardan terilgan hosildan yanagi yil hosili uçun aslo uruğlik tayyorlamaymiz. Uruğlik çigit uçun faqat birinçi terim pallasida, aʼlo navli paxta tanlanadi.

Bu yilgi hosil uçun ğözaning "Sulton” va "S-4727”, şuningdek, yangi "Buxoro-8”va "Buxoro-102”navlaridan uruğlik  tayyorlandi. Ötgan 2015-yilgi paxta yiğim-terimi mavsumida sifatli terib olingan hosildan eng sara çigit ajratib olinib, öz vaqtida işlov berildi va talablar darajasida sifatli saqlandi. Natijada çigit ekiş davrida paxtakorlarimiz uçun bu borada muammo tuğilmadi. Fermer xöjaliklari bilan tuzilgan şartnomaga muvofiq tumanimiz paxtakorlari uçun 1230 tonna uruğlik çigit öz vaqtida yetkazib berildi. Natija esa kutilganidan ham ziyoda böldi. Tumanimiz dalalarida möl hosil yetiştirildi. Uruğlik uçun tanlangan "Sulton” navli paxta uruği özining ertapişarligi va serhosilligi, tola sifatining yuqoriligi bilan dehqonlarimizga manzur böldi. Albatta, bularning barçasi tinimsiz fidoyi mehnatning samarasidir.

Baxtiyor Davekov "Manğit-Nazarxon” irrigatsiya tizimi boşliği: - Biz dehqonçilik madaniyati haqida köp gapiramiz. Lekin juda köpçilik holatlarda aynan dehqonçilik madaniyatiga amal qiliş borasidagi xatolarga duç kelamiz. Ayniqsa, suvdan foydalaniş masalasida. Modomiki, suv yöllari va suvdan töğri foydalanilmas ekan, dehqonçilikda közlangan natijaga erişiş qiyin. Buni mohir dehqonlarimiz juda yaxşi bilişadi. Şuning uçun ham ota-bobolarimiz: "Suvning ortiği ham, kam bölişi ham ekinni quritadi, har qanday holatda ham meʼyorni bil” – deyişgan.

Mazkur qişloq xöjalik yilida irrigatsiya tizimi tasarrufidagi markaziy suv yöllaridan foydalanişda qatʼiy tartibga amal qilindi. Avvalo 296 km. uzunlikdagi xöjaliklararo va 1342 km. uzunlikdagi içki xöjalik suv yöllaridan foydalanuvçi fermer xöjaliklari bilan tuzilgan şartnomaga muvofiq yerlarning  şörini yuvişdan tortib, ğözalarga suv taraşgaça bölgan davrda har bir fermer xöjaligi uçun zarur böladigan kunlik, haftalik va oylik suv sarfi hisoblab çiqilib, hududlardagi aholi tomorqalarini ham inobatga olgan holda limitlar berildi. Suvning behuda sarflanişiga yöl qöyilmadi. Buning uçun markaziy va içki suv yöllarida suv sarfining qatʼiy nazoratga olingani esa minglab kubometr obi-hayot manbaini tejaş imkonini berdi. 3560 nafar xodimlar suv sarfini doimiy nazoratda uşlab turdilar. Natijada paxtani suğoriş paytida suv yetişmasligi bilan boğliq muammo yuz bermadi. Dehqonlarimiz uygan 32840 tonnalik ulkan "oq oltin” xirmonining bunyod  bölişiga ozmi-köpmi hissa qöşganimiz, paxtakorlarimizga madadkor bölganimiz bilan haqli ravişda faxrlanamiz. Xirmonlaringiz yanada sarbaland bölsin, aziz bobodehqonlar, deymiz.

Maxsetboy Matmurotov,  "Amudaryo agrotexservis MTP” MÇJ raisi: - Bugungi qişloq xöjalik ekinlari rivojini texnikasiz tasavvur etiş qiyin, albatta. Ayniqsa, milliy ğururimiz va bebaho boyligimiz bölgan paxtaçilikda texnika – dehqonning qöl-qanoti.

Korxonamiz yil davomida 16 ta qişloq xöjalik texnikalari bilan jami 400 mln. sömlikka yaqin texnika xizmati körsatib, bu boradagi rejasini ortiği bilan uddaladi.

Fursatdan foydalanib, tumanimiz xalqini, barça dehqonlari, fermer xöjaliklari rahbarlarini davlatga paxta topşiriş yillik şartnomaviy rejalarini bajarganlari bilan qizğin tabriklayman!

Narimon Sobirov, "Ellikqalʼa neft baza”si UK Qoratov filiali direktori: – Bizning korxonamiz ham yil boşidanoq öz zimmasidagi şartnoma-majburiyatlarini aniq  va puxta reja asosida bajarib kelmoqda. Xususan, fermer xöjaliklariga 3110 tonna dizel yonilğisi, 65 tonna boşqa yonilği-moylaş materiallari yetkazib berildi. Paxta yiğim-terimi mavsumi davrida texnikalarning betöxtov  işlaşini taʼminlaş maqsadida qöşimça zahira  ham jamğarib qöyilgani bois, dizel yonilğisi va boşqa yonilği-moylaş materiallari taqçilligi bilan boğliq muammo yuz bermadi. Şuningdek, 7 joyda taşkil etilgan şoxobçalar keça-kunduz tinimsiz işlab, 17 ta yonilği taşiş agregatlarida köçma xizmatlar taşkil etildi.

Tumanimiz paxtakorlari uluğvor "oq oltin” xirmonini bunyod etişib, yuksak dovondan oşdilar. 32840 tonna Amudaryo "oq oltin” xirmoni uyildi.

Oldinda esa zabt etilmagan yana bir  dovon turibdi. Lafzi halol dehqonlarimiz davlat omboriga yana 12,5 ming tonna paxta yetkazib beriş va umumiy "oq oltin” xirmonini 45 ming tonnaga yetkaziş uçun qöşimça majburiyat qabul qildilar. Biz navbatdagi yuksak dovonni zabt etişga çoğlangan paxtakorlar bilan hamişa birgamiz!

 

Suhbatdoş

Robiya YÖLDOŞEVA. 

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026