BARAKALI “OQ OLTIN” XIRMONLARI
Paxtazorlar bugungi kunda bunyodkorlik va jasorat maydoniga aylanib, "oq oltin” xirmonlari tobora yuksalib, elimiz boyligiga boylik qöşilmoqda. Bunday qizğin bunyodkorlik jarayonlarida toşyoplik paxtakorlar ham faol qatnaşmoqdalar. Ular bu yil 320 gektar paxta maydonlaridan möl hosil yetiştirib, hosil yiğim-terim işlarini zör uyuşqoqlik bilan taşkil etdilar. Natijada qisqa muddatlarda yillik şartnomaviy rejalari va yuksak majburiyatlarini oşirib bajardilar va davlat xazinasiga 800 tonnadan ziyod yuqori navli paxta hosilini yetkazib berdilar. Bu yuksak xirmonga "Polvoniyozbek”, "Roza Jumamurodovna”, "Şeripboyev Soliy”, "Jumamurod nonvoy”, "Ollaberganov Bekman”, "Ozodov Musobek”, "Sirojbek-Odilbek” va "Oğabek-Asadbek-Abbosbek” fermer xöjaliklari özlarining salmoqli hissalarini qöşib, hosildorlikni gektaridan 35 tsentnerga yetkazdilar.
Paxta yiğim-terim işlari hamon qizigandan qizimoqda. Negaki, paxtazorlarda hosil hali ança bor. Toşyoplik paxtakorlar daladagi hosilning sönggi misqoligaça terib olib, yalpi "oq oltin” xirmonlarini 1000 tonnaga yetkazişmoqçi.
Biz ularga hormang endi, aziz paxtakorlar, bunyodkor qöllaringiz heç tolmasin, deymiz!
Qobul ŞOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶