MAKTABDA KELAJAK ULĞAYaDI
Mustaqillik yillarida bizning mamlakatimizda taʼlim-tarbiya işlarini har tomonlama yaxşilaşga alohida eʼtibor berilib, barça viloyat va tumanlarda biri-biridan körkam taʼlim muassasalari binolari qurilib, ertangi kunimiz vorislari bölgan yoşlar ixtiyoriga topşirildi. Ayni kunda bizning yoşlarimiz har tomonlama qulay sinf xonalarida taʼlim-tarbiya olmoqdalar.
Bizning maktabimiz ham 2013-yilda rekonstruktsiya qilindi va qöşimça 10 ta xonali bino qurib foydalanişga topşirildi. Ayni paytda 28-sinfda jami 583 nafar öquvçiga 75 nafar öqituvçi-murabbiylar taʼlim-tarbiya berayapti.
Taʼlim ikki tilda: özbek va qozoq tillarida olib borilayapti. Taʼlim muassasamizda yangi zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan kimyo, fizika, biologiya laboratoriyalari, kompyuter xonalari va 18x9 m. ölçamdagi sport zali hamda 70x70 m. ölçamli sport maydonçalari öquvçilarning maʼnaviy va jismoniy kamoloti yölida xizmat qilayapti. Ayniqsa, ingliz tili xonasiga kirgan odamning zavqi beixtiyor oşadi.
Maktabimizda "Orasta qizlar”, "Zulfiyaxonim qizlari”, "Voleybol”, "Basketbol”, "Taekvando”, ”Futbol”, "Raqs” tögaraklari muntazam işlab turibdi.
Bu tögaraklarga malakali öqituvçilar biriktirilgan. Uşbu tögaraklar faoliyatining yaxşi taşkil etilişi öquvçilar böş vaqtlarini samarali va mazmunli ötkaziş uçun xizmat qilmoqda.
Hukumatimiz tomonidan qilinayotgan bunday ğamxörliklarning albatta, natijasi bölişi zarur. Çunki barça şaroitlar yetarli bölgan joyda samarali iş böladi.
Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni örganiş, özlaştiriş va rivojlantiriş vazifasi turadi. Inson kamoloti va jamiyat rivojini şusiz tasavvur kilib bölmaydi. Maktabga eʼtibor – kelajakka eʼtibor, - deydi xalqimiz. Bu juda haq gap. Farzandlarimiz ana şu qutluğ dargohda oq-qorani tanişadi, ulğayişadi, kamol topişadi. Buning uçun taʼlim tizimini takomillaştiriş, izlaniş, yoş avlodni ilm-fan asoslari bilan çuqur qurollantiriş lozim.Taʼlim sifatini yaxşilaş, öqituvçilar kasbiy mahoratini oşiriş va ota-onalarni maktab hayotiga köproq jalb qiliş kabi işlarni bajariş masʼuliyat talab qiladi. Şu narsa ham yaxşi maʼlumki, birorta natija öz-özidan paydo bölmaydi. Ayniqsa, maqsadga erişiş uçun juda katta kuç, mehnat, bilim va hamjihatlik kerak böladi.
Bolalarni erkin, mustaqil fikrlaşga örgatiş, har bir öquvçiga induvidual yondoşiş, sinfda öquvçilar uçun ijodiy muhit yaratiş, mustaqil qarorlar qabul qiliş, bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantiriş - bularning hammasi «interfaol metodlar – bolaga döstona munosabatdagi maktab muhitini yaratiş omili» loyihasi talablaridir.
Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida sözlagan nutqlarida şunday degan edilar: "Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanmoği kerak. Agar bolalar erkin fikrlaşni örganmasa, berilgan taʼlim samarasi past bölişi muqarrar. Ammo biliş öz yöliga, mustaqil fikrlaş ham katta boylikdir”.
Xulosa örnida şuni aytiş joizki, maktabda kelajak ulğayar ekan, kelajak egalarini fidoyi öqituvçi, har jihatdan savodli, izlanuvçan, bunyodkor ustozgina tarbiyalaydi, ular Vatanimiz kutgan farzandlarni voyaga yetkazadi.
Muborak SAPAYeVA,
19-sonli maktab direktorining maʼnaviyat va maʼrifat işlari böyiça örinbosari.
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶