21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:08
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,044

OʻZBEKISTON FERMERLARI KENGAShINING MAMLAKATIMIZ FERMERLARIGA GʻALLA PARVARIShIGA ALOHIDA EʼTIBOR QARATISh HAMDA MOʻL HOSIL YeTIShTIRISh BOʻYIChA MUROJAATI

OʻZBEKISTON FERMERLARI KENGAShINING MAMLAKATIMIZ FERMERLARIGA GʻALLA PARVARIShIGA ALOHIDA EʼTIBOR QARATISh HAMDA MOʻL HOSIL  YeTIShTIRISh BOʻYIChA MUROJAATI

Hurmatli fermerlar!

Aziz hamkasblar!

Asrlar davomida ota-bobolarimiz avaylab-asrab kelgan muqaddas yerimiz, ona tuprogʻimiz, aziz va jona-jon yurtimizga egalik qilish, uni koʻz qorachigʻidek asrash, oʻzimizdan soʻng farzandlarimizga kuchli, unumli, hosildor va ekologik toza tuproq, ozod, obod va jannatmonand vatan qoldirish zimmamizdagi eng masʼuliyatli va oʻta muhim vazifamizdir.

Bu gaplarimiz chiroyli oʻxshatish emas, balki yurak-yurakdan otilib chiqayotgan qalb amri, vijdon daʼvati. Chunki, Sizdek, matonatli, lafzi halol, oʻz xalqi uchun har ishga koʻksini qalqon, qalbini malham qiladigan azamat fermerlar dunyoda yoʻq.

Kelajak avlodlar farovonligi yoʻlida ulkan ishlarga, aniq rejalarga qoʻl urilayotgan yurtimizda, eng avvalo hukumatimiz rahbarining azmu-shijoati, kuchli va donolarcha siyosati, barcha sohalarda olib borilayotgan tizimli islohotlari bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Eng asosiysi, bu jarayonlar yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti va xalq farovonligiga xizmat qilayotgani esa, farzandlarimizning ertangi kuni uchun toʻla kafolatdir.

Shunday ekan, sizning bugungi saʼy-harakatlaringiz, kuydi-pishdi yugurishlaringiz, tabiat oʻz injiqliklarining barcha koʻrinishlarini namoyon qilayotgan bir paytda oʻz oromingizdan kechib, dalangiz qoshida ekinlaringiz atrofida peshona teri toʻkishingiz zamirida ham farzandlarimiz baxt-iqboli, farovon va tinch-osoyishta hayoti muhrlanayotganligi ayni haqiqat.

Aziz doʻstlar!

Sizlarning beminnat mehnatlaringiz samarasi oʻlaroq, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari dunyodagi koʻplab rivojlangan davlatlardagi koʻrsatkichlardan yuqori boʻlmoqda. Bu oʻz navbatida Oʻzbekistonda aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, yurtimizni, mahallalarimizni, yon-atrofimizni obod qilish, mehnatga layoqatli kishilarni, ayniqsa yoshlarni ish oʻrinlari bilan taʼminlash, bozorlarimiz toʻkinligini, oilalarimiz farovonligini taʼminlash imkonini bermoqda.

Shukurkim, davlatimizning uzoqni oldindan koʻra olib yuritayotgan dona siyosati dunyo hamjamiyati oldida qudratimizni yanada oshirmoqda.

Biri-birini toʻldirib, mustahkamlab borayotgan qarorlar, farmonlar sabab, oʻz mehnat faoliyatingizni yanada erkinlashtirib, yanada mukammallashtirib borayotganingiz bois, butun dunyoga xavf solib turgan oziq-ovqat taqchilligi mamlakatimizni chetlab oʻtmoqda.

Sizlar bugun mamlakatimiz taraqqiyotining lokomotivisiz!

Ortingizdan iqtisodiyotimizning barqarorligi, oziq-ovqat xavfsizligi, mahalliy va xorijiy bozorlar toʻkinligi, aholi farovonligi kabi qudratli eshelonni dadil ergashtiring!

Bunda sizga har bir qarich yerdan omilkorlik va tadbirkorlik bilan foydalanish, har bir ungan giyohdan daromad olish, mahsulotlaringizni sifatli, ekologik toza, dunyo standartlariga xos va mos yetishtirish maktabingiz qoʻl keladi.

Aziz fermerlar, hamkasblar!

Mamlakatimiz oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyayotgan rivojlangan davlatlar qatoridan munosib oʻrin egallash vazifasini oziq-ovqat mahsulotlarini koʻplab yetishtirish va dunyo bozorini egallash kabi muhim masalani hal qilmasdan turib amalga oshirish mumkin emasligini bugun hayotning oʻzi koʻrsatib turibdi.

Ayniqsa omborlarimizni xalqimizning rizqu nasibasi boʻlgan don mahsulotlari bilan, ichki isteʼmol bozorini yil davomida sabzavotlar, kartoshka, meva va poliz mahsulotlari bilan barqaror toʻldirish, tashqi bozorlarda xaridorgir va raqobatbardosh boʻlgan hoʻl meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish, mamlakatimiz qayta ishlash korxonalarini xomashyo resurslari bilan muntazam taʼminlash, buning uchun gʻalladan moʻl-koʻl hosil olish bugungi kunning eng dolzarb masalasidir.

Hurmatli fermerlar!

Yurtimizda gʻalla maydonlaridan unumli foydalanib, hosildorlikni oshirish borasida barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Ushbu imkoniyatlardan tez va toʻla foydalaning!

2017-yil gʻalla maydonlaridan toʻliq koʻchatlar undirib olib, xalqimiz dasturxonini mazali va toʻyimli non va non mahsulotlariga toʻldiring.

Gʻalladan yuqori hosil olishning bosh omili oʻz muddatida ekish, peshma-pesh sugʻorish, toʻliq gektarlar yaratish va gʻalla nihollarini bir tekisda toʻliq undirib olish kabi agortexnik tadbirlar ekanligini zinhor unutmang!

Gʻallani qishning qahraton sovuq kunlaridan talafotsiz olib chiqish uchun bugundan boshlab mehr bilan parvarishlab har bir maysaning 3-4 tadan tuplashiga erishing. Buning uchun, har bir gʻalla ekilgan maydonda sharbat oʻralarini tayyorlash hamda gektariga 7-8 tonnadan mahalliy oʻgʻitlarni jamgʻarishni, sugʻorishni sharbat usulida tashkil etishni muhim vazifa qilib oldingizga belgilab oling!

Dehqonchilikning qadriga yetgan kishilar suvni "zar”, suvchini esa "zargar” deydilar. Mana shu oʻgitlarga amal qilgan holda aziz suvchilarimizga oziq-ovqat, mehnat haqi hamda ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratib, gʻalla maydonlarini peshma-pesh sifatli sugʻorishga erishing!

Gʻalla maysalarini toʻliq undirib olib, tuplagan holda qishlovga kiritgan holda yangi yilda gʻalla xirmonini yanada yuksaltiring!

Gʻalla ekilgan maydonlarni payxon qilishdan asrash uchun atrofini chetanlar bilan oʻrang!

Muqaddas tuprogʻimizning holatini toza saqlang!

Hurmatli hamkasblar!

Bizning maʼnaviyati yuksak va demokratik jamiyatning faol aʼzolari boʻlgan fermerlarimiz oʻta muhim vazifa sanalgan sifatli, ekologik toza va vitaminlarga boy qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish, ishga halol, vijdonan yondoshib, yerga doimiy ravishda ishlov berib, kelajak avlodga sogʻlom, serunum va serhosil yer qoldirish kabi vazifalarimizga sidqidildan yondoshib, zimmangizdagi vazifangizni ortigʻi bilan uddalashingizga ishonamiz.

Chunki siz yaxshi bilasiz, yurtimizda boshlangan qizgʻin tadbirlar zamirida, nafaqat sizlarning, balki butun mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, kuch-qudrati va aholimizning farovon hayoti, osuda turmushi yotibdi.

Oʻzimizning shaxsiy mulkimiz, boyligimiz boʻlgan yerga munosabatimizni yana bir bor tubdan oʻzgartirgan holda, unda unib chiqayotgan qut-baraka manbaini ular to hosilga kirib, tuz-nasibamizga yetgunga qadar boʻlgan davrgacha bolamizdek asrab-avaylaylik, koʻz qorachigʻidek saqlab, bagʻrimizga olaylik.

Yetishtirilayotgan ekinlarimiz bagʻrida oʻzimizning, farzandlarimizning hattoki, nevara-chevaralarimizning sogʻlom turmush tarzi, kelajak iqboli, porloq kelajagiyu, yuksak dunyoqarashi unmoqda. Buni biz barchamiz yuksak maʼnaviyat bilan anglab yetganmiz va saviyasi baland fermerlar sifatida oʻz faoliyatimizga tatbiq etayapmiz. Ana shu fidokorlikni yanada yuksaltirib, eng yuqori choʻqqiga koʻtarishga erishing!

Ayniqsa, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega, hayotga yangicha qaraydigan, qadriyatlarmizga, milliy maʼnaviyatimizga yot tushunchalardan ozod boʻlib voyaga yetayotgan, oʻz fikri va qarashlariga ega boʻlgan navqiron yoshlarimiz hayotga ishonch bilan kirib kelmoqda, jamiyatimizdan mustahkam oʻrin olmoqda va mamlakatimizning taraqqiyoti yoʻlida hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.

Siz ham yuqori hosil evaziga erishgan millionlar evaziga yanada yuksaling, xoʻjaligingizga qoʻshimcha investitsiya kiriting va yanada boy-badavlat boʻling!

Aziz fermerlar, dala sohiblari!

Bugundan boshlab gʻalla parvarishida dolzarb bir oylik eʼlon qiling!

Unib chiqayotgan koʻk maysalarning nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymang! Oʻzingizning yillar davomida toʻplagan ulkan tajribangizni ishga soling va ekinlar parvarishida bor kuch va imkoniyatlaringizni sarflang!

Bugun oʻz sohasining haqiqiy ustalari boʻlgan fermerlarimiz faoliyatiga dunyo tan bermoqda. Eng rivojlangan davlatlardan kelgan mutaxassislar fermerlarimizdan ish oʻrganmoqda. Bu ham qadim dehqonchiligimizning yuksak madaniyatidan darak.

Barcha imkoniyatlaringizni ishga solib, 2017-yil qishloq xoʻjaligida eng yuqori natijalarga erishish uchun puxta zamin yarating!

Shu kungacha toʻplagan boy tajribalaringizdan keng foydalaning!

Olimlarimiz maslahatiga quloq tuting!

Ushbu xayrli ishda barchangizga sogʻlik-salomatlik, kuch-qudrat, qut-baraka va hosilingizga hosil qoʻshilishini Yaratgandan soʻrab qolamiz!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026