21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:22
👁 5,301

YoSh AVLOD TARBIYaSI – HAMMAMIZNING BURChIMIZ

YoSh AVLOD TARBIYaSI – HAMMAMIZNING BURChIMIZ

Inson oilada dunyoga keladi. Hayotga, chor-atrofidagi odamlarga boʻlgan koʻz qarashlari ham oilada shakllanadi. Shundan ham koʻrinib turibdiki, dunyoga kelgan goʻdakning qanday inson boʻlib yetishishi u tugʻilib, ulgʻaygan maskan – oilaning turmush tarziga koʻp jihatdan bogʻliq.

Yurtboshimizning mamlakatimiz vorislari boʻlmish yosh avlodning barkamol boʻlib voyaga yetishishida oila, ota-ona masʼuliyatini oshirishga, umumiy taʼlim va uning uzviy davomi boʻlmish kasb-hunar taʼlimi sifatini oshirishga, oʻgʻil-qizlarimizning malakali kadrlar boʻlib yetishishiga jiddiy eʼtibor berayotgani bejiz emas. Taʼlim sohasiga hech bir mamlakatda uchramaydigan darajada koʻp mablagʻlar ajratilayapti. Maktablar, kasb-hunar kollejlarida oʻqish, hunar oʻrganish uchun yaratilgan sharoitlar hatto rivojlangan davlatlarda ham uchramaydi.

Afsuski bu imkoniyatlardan, sharoitlardan ayrim fuqarolarimiz unumli foydalanmayaptilar. Farzandining darslarda oʻzlashtirishi qanday ekanligini, darslarga qatnashishini nazorat qilmaydigan ota-onalar ham bor. Kollejlarga baʼzi oʻquvchilar nomigagina borishadi, bilim olish, kasb oʻrganib ertaga shu kasbi orqali hayotda oʻz oʻrnini topishi lozimligini tushuntiradiganlar kam. Hatto balogʻat yoshiga yetmagan oʻgʻil, qizini mardikor qilib ishlatib qoʻyganlar ham bor. Endi bir oʻylab koʻring! Hayotda biron sohada oʻqimagan, diplomi yoʻq, kasb oʻrganmagan yigit yo qizning kelajagi nima boʻladi? Oilalarda koʻpayib borayotgan notinchliklar, ajrashishlar shularning oqibati emasmikan? Endilikda bu kamchiliklarga barham berib, 12 yillik  uzluksiz taʼlimning sifati va samarasini oshirish zimmamizdagi kechiktirib boʻlmaydigan vazifadir. Chunki farzandlarimiz jismoniy, maʼnaviy, kasbiy jihatdan yetuklikka erishsagina mustahkam oila qurishlari mumkin.

Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi haqida oʻylaganingda  kishini tashvishlantiradigan yana bir holat borki, bu yoshlarning hali oilaviy hayotga tayyor boʻlmasdan turib turmush qurishidir. Buning qanday salbiy oqibatlarga olib kelayotganini hammamiz koʻrib yuribmiz. Shuning uchun ham nikoh yoshi bilan bogʻliq qonun hujjatlariga bir qator oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013-yil 30-aprel kuni imzolangan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq  nikoh yoshiga amal qilmaslikka qarshi chora-tadbirlar kuchaytirildi. Yaʼni "Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeks 473-modda bilan toʻliqtirildi. Endilikda nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishganlik eng kam ish haqining 5 barobaridan 10 barobarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan qiz turmushga berilsa, yigit uylantirilsa, shuningdek, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish ham maʼmuriy javobgarlikka tortishga olib keladi. Mazkur holatlar takroran sodir etilsa, jazo choralari kuchaytiriladi. Yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi "Nikoh yoshiga doir qonun hujjatlarini buzish haqida”gi 125-modda bilan toʻliqtirilib, unda yuqorida qayd etilgan qonun buzilishiga yoʻl qoʻyib, maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar bu holatlarni yana takroran sodir etsalar, jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilangan.

Mazkur moddaga koʻra maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin ham nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh munosabatlariga kirishish eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq jazosi, ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan qizni erga berish yoki uylantirish eng kam oylik ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud toʻrt oygacha qamoq jazosi berilishiga sabab boʻladi.

Modda boʻyicha, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirgan shaxs shunday qilmishi uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan  soʻng ham sodir etgan boʻlsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq jazosiga tortiladi.

Nikoh yoshi mamlakatimizda erkaklar uchun 18, ayollar uchun 17 yosh qilib belgilangan. Biroq bu aynan shu yoshda turmush qurish kerak, degani emas.

Mamlakatimizda 12 yillik bepul majburiy taʼlimning joriy etilgani, farzandlarimizning 12 yillik majburiy taʼlimni olishiga ota-ona javobgar qilib qoʻyilganligi ham ota-onaga, ham taʼlim muassasasi xodimlariga ulkan masʼuliyat yuklaydi.

Har bir   ota-ona oʻz farzandining baxtli boʻlishini istaydi, albatta. Lekin qizimni tezroq turmushga bersam, xotirjam boʻlardim, degan notoʻgʻri qarash bilan qaysidir maʼnoda oʻz halovatini oʻylaydigan, farzandining oʻqishini davom ettirishi yoki egallagan kasbi boʻyicha ishlashiga toʻsqinlik qiladigan ota-onalar ham yoʻq emas. Shularni hisobga olib, oilalarda sogʻlom muhitni yaratish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, qizlarni erta turmushga berishning oldini olish maqsadida tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi, "Kamolot” YoIH tuman boʻlimi, xalq taʼlimi, tibbiyot birlashmasi, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari faollari, diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari tomonidan joylarda keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Yuqoridagi keltirilgan qonunlarga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar mazmuni barcha oʻrta maxsus, kasb-hunar bilim yurtlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlariga tarqatib berildi. Barcha oilalarga ushbu qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Lekin shunga qaramay, joriy yilning 5 oyi davomida tumanda 6 nafar 17 yoshli qizimizning nikohdan oʻtganligi juda tashvishlanarli holdir. Demak bu borada olib borilayotgan ishlarimiz hali yetarli emas ekan. Shuning uchun alohida dastur asosida barcha umumtaʼlim maktablarining 9-sinf oʻquvchilari va ularning ota-onalari, kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari va ularning ota-onalari oʻrtasida keng tushuntirish-targʻibot ishlari olib borish rejalashtirildi.

Qiz bola misoli gulu lola, nozik xilqat, agar unga vaqtida eʼtibor qaratilmasa u xazon boʻladi. Xazon boʻlgan gulning esa hech kimga keragi boʻlmay qoladi. Qiz bolani "Palaxmon toshi” deb toʻgʻri kelgan joyga uloqtirishdan avval, u boʻlajak ona, kelgusi nasllar davomchisi, yurtimiz kelajagining yaratuvchisi, eng muhimi, dilbandimiz ekanligini yoddan chiqarmasligimiz shart. Madomiki, ertangi kunimiz betashvish, farzandlarimiz barkamol boʻlishini istar ekanmiz, yoshlarimizning, ayniqsa oʻsmir qizlarimizning tani-joni sogʻ boʻlishiga, ularning barcha narsaga oʻz vaqtida erishishiga yordam beraylik. Har narsaning oʻz mahalida boʻlgani yaxshi!

Farxad ALLAMBERGENOV,

tuman prokurori, adliya maslahatchisi.

(Foto - http://www.jamiyatgzt.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026