22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 09:57
Jamiyat 👁 1,634

EL ARDOFIDAGI INSON

EL  ARDOFIDAGI  INSON

Xudoyor Shomurodov 1946-yil 3 dekabrda Xorazm viloyatining sobiq Mangʻit tumanida Shomurod aka va Abadan opa Kamolovlar oilasida tavallud topdi.

Urushdan keyingi xalqning ahvoli  nochor, deyarli hamma narsa yetishmaydigan 1953-60-yillarda hozirgi 26-sonli (sobiq Papanin nomli) maktabda oʻz davrining zabardast oʻqituvchilari Shomurod Davlatov, Ibrohim Masharipovlardan, keyin 1961-63-yillarda hozirgi  5-sonli maktab (sobiq S.Rahimov nomli)da Ismoil Xoʻjamuratov, Yoʻldosh Boltaboyev va Oʻktam Qurbonovlardek taʼlim fidoyilaridan tahsil olib, maktabni yaxshi baholarga bitkazdi. Shu yili Samarqand davlat tibbiyot institutining pediatriya fakultetiga oʻqishga kirib, uni 1969-yilda muvaffaqiyatli tamomladi. 1969-yilda Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kelib, V.P.Gauxman, uning rafiqasi, bolalar shifokori Sara Mensojnik, Raʼno Abdullayeva, A.Madaminov, K.A.Ogay, Y.Xudoyberganov, Ya.Yavidov, A.Xoʻjametov, Q.Sabikov, I.Tajiboyev, B.Kenjayev, O.Xalimov, U.Jagʻalov, G.Sobirovalar, yaʼni tuman sogʻlikni saqlash tizimining dargʻalari bilan ishlash, ulardan oʻrganish, ayrimlariga oʻrgatish nasib qildi.

Xudoyor Shomurodov ishlagan davrlarda tumandagi shifoxonalarning moddiy texnika bazasi nihoyatda achinarli edi. Bu yetishmovchiliklarning salbiy oqibatlari ayniqsa bolalar oʻrtasidagi kasallikning koʻpayishiga va bolalar oʻlimgarchiligining yuqori boʻlishiga  olib kelardi. Oʻsha yillar Xudoyor Shomurodov TTBning bosh pediatri, keyinroq TTB boshligʻining Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha muovini boʻlib, koʻp yillar tunni-kunga ulab ishladi. Tuman sogʻlikni saqlash tizimidagi erishilgan  ijobiy oʻzgarishlarga munosib hissa qoʻshdi. U oʻz vrachlik malakasini oshirish uchun Toshkent, Qozon va Samarqand shaharlaridagi malaka oshirish institutlarida oʻqidi, oʻrgandi va yetuk bolalar nevropatolog shifokori boʻldi. U nafaqat mahoratli shifokor boʻldi, balki shifoxonaning maʼnaviy, maʼrifiy, jamoat ishlarida faol qatnashdi.

Shifoxona kasaba uyushmasi aʼzosi hamda keyingi yillar OʻzXDP boshlangʻich partiya tashkiloti kotibi boʻlib, beminnat xizmat qildi. Xalq orasida "Xudoyor doktor” nomini oldi. Xudoyor Shomurodov 2011-yilda ishdan nafaqaga chiqqan boʻlsa-da, ota-onalarga bolani parvarishlash borasi-da, sogʻlom turmush tarzi ahamiyati haqida maslahatlar berishdan erinmaydi, ogʻrinmaydi.

Xudoyor nihoyatda kamtar, madaniyatli inson. Farzandlari Barno – oʻqituvchi, Feruza – bolalar shifokori, Alisher – tadbirkor, kichik farzandi Ollayor hali oʻquvchi.

Xudoyor Shomurodovning koʻp yillik sogʻlikni saqlash va jamoat ishlaridagi samarali mehnati munosib taqdirlandi. Unga 1990-yilda "Sogʻlikni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni berildi. 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasining birinchi taʼsis qilingan "Sogʻlom avlod uchun” ordenini shaxsan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qoʻlidan olishga muyassar boʻldi.

Xudoyor nafaqaga chiqqan boʻlsa-da, tinib-tinchimaydi. Yoshlikda mehnatga chiniqqan emasmi, dehqonchilikka, chorvaga hamda gullarga, kitobga shaydo. Rafiqasi Qurbongul bilan farzandlari, nevaralari qurshovida shu mashgʻulotlari bilan tinim bilmaydi. Xudoyor Shomurodovni 70 yoshlik yubileyi bilan samimiy tabriklaymiz, mustahkam sogʻlik, mazmunli umr, oilasiga baxt-saodat tilaymiz!

Sizga yana uzoq yillar xalq xizmatiga kamarbasta boʻlib yurish baxti nasib etaversin!

Doʻstlari va bir guruh faxriy shifokorlar nomidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sogʻlikni saqlash xodimi Mavlanbergan TOJIBOYeV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026