21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 08:59
Madaniyat 👁 3,389

SANʼATDAN ORTIQ DAVLAT TOPMADI...

SANʼATDAN ORTIQ DAVLAT TOPMADI...

Sanʼatning pokiza dargohiga har kim har xil yoʻl bilan kirib keladi. Kimdir isteʼdodni ajdodidan meros qilib oladi, kimdir tasodifan kirib qoladi va izsiz yoʻqoladi. Kimdir bir foiz isteʼdod ustidan 99 foiz mehnat qilib, eldan olqish oladi. Amudaryo sanʼatining shak-shubhasiz buyuk dargʻasi, takrori yoʻq, oʻxshashi yoʻq noyob ovoz, goʻzal koʻngil, serqirra isteʼdod sohibi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist, rahmatli Nazir Rahimov hech kimga oʻxshamasdi. Uni isteʼdodli deyish kam, shunchaki qobiliyatli, deyish yerga urish boʻlar edi. U kuylash uchun tugʻilgan edi. U haqiqiy sanʼat qanday ekanligini koʻrsatib qoʻyish uchun balki Allohdan bizga yuborilgan bir farishta edi. Bu beqiyos sanʼatkorga beshik boʻlish baxti Amudaryo tumanining Mangʻit shahriga nasib qildi. Yaqinlarining aytishicha, oʻn savolga bitta javob berib, barchani hayron qoldiradigan, hokisor va soddadil, olijanob Nazir Rahim hali sanʼatga kirib ulgurmasidan atrofidagilar tomonidan sanʼatkor, deb tan olina boshlagan edi. Chunki u sanʼatsiz yashay olmas edi. Sanʼat ham Nazir Rahimsiz gʻaribroq koʻrinardi.

Rahmatlik Otajon Xudoyshukurov bir koʻrik-tanlovda menga shu qoʻshigʻingizni bering, deb soʻraganida oʻzi kuylashi kerak boʻlgan ashulasini inʼom qilib, tanlovda boshqa ashulasini ijro etgan hokisor inson edi. Tiniq, shirador, baland pardalarni qiynalmay oladigan noyob ovozi, ashulalari bilan odamlar koʻnglidan joy olgan edi. Uning qoʻshiqlarining na musiqasida, na soʻzida, na ijrosida begona millat ashulasining belgilari koʻrinmas edi. Ular top-toza, tom maʼnoda oʻzbekona qoʻshiqlar edi. Shuning uchun boʻlsa kerak, bu qoʻshiqlarning umri Nazir Rahimovning 47 yillik umridan uzun boʻldi. Bu qoʻshiqlarni hozirgacha oʻzini haqiqiy sanʼatkor boʻlishga tayyorlayotgan havasmandlar ijro etishyapti. Haqiqiy sanʼat shinavandalari hali-hanuz maza qilib tinglashyapti.

Nazir Rahimov oʻz hayoti davomida qoʻshiqdan boshqa davlat, muxlislaridan boshqa savlat topmadi. Kibr-havoni bilmadi, soxtalik qilmadi, aldandi, aldamadi. Shu sababdan ham u betakror, shu sababdan u bebaho. Bunday sanʼat, bunday sanʼatkor bir keldi-yu ketdi.

Dunyoda sanʼat degan soʻz bor ekan, sanʼat yasharkan, Nazir Rahimov ham yashaydi, takrori yoʻq boʻlib yashaydi, armoni yoʻq boʻlib yashaydi. Agar kimdir uni takrorlay olganida edi, u kabi kuylay olganida edi, unga shuncha taʼrif-tavsifning hojati boʻlmas edi. Alloh sanʼatkor boʻlaman, degan har bir qalbga shu insonning ozgina dardini, ozgina nafasini, ozgina fidoyiligini bersin. Shunda oʻzbek sanʼati sanʼat boʻladi, shunda qoʻshiq haqiqiy dil malhami boʻladi.

Betakror navoga chogʻlaning sozlar,

Soʻzlar, oʻzingizga bering pardozlar.

Birga aylagaymiz koʻkka parvozlar,

Men dunyoga keldim qoʻshiq aytgani.

Ruhingizga taʼzim qilamiz, ustoz! Sanʼatingizga havas qilamiz. Sizni koʻra olganimiz baxt, duo ololmaganimiz armon. Shunday sanʼat, shunday zahmat haqqi, qoʻshiqni qoʻshiqday qilib aytishga soʻz beramiz. Ruhingiz taskin topsin, Nazir ogʻa Rahimov!

Kamoli ehtirom bilan ustozning shogirdlari nomidan

Nasiba EShChANOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026