KITOB SEHRI
Kitob – insoning eng yaqin dösti. Kitob orqali inson ongi ösib, tafakkuri va tasavvur dunyosi kengayadi. Qançalik köp kitob öqigan sari insonning söz boyligi köpaya boradi. Sözlarni işlatiş imkoniyati oşadi.
Har bir inson heç bölmaganda umrida bitta kitob öqiydi. Uni mutolaa qilgan inson könglida boşqaça bir his-tuyğular junbuşga keladi. Masalan, asar qahramonining ğamlariga şerik bölib, qalbida unga nisbatan açiniş, mehr-şafqat tuyğulari jöş uradi. Hatto unga yordam bergisi keladi. Bu – kitobning sehri. Baʼzan ukalarimizga ertak aytib beramiz. Albatta, har bir ertakda salbiy hamda ijobiy qahramonlar böladi. Ertak aytayotgan paytimizda biz ukalarimizga bu yaxşi yoki bu yomon obraz, demaymiz. Buning hojati ham yöq. Sababi, ertak eşitayotgan bolaning könglida yaxşi işlar qilayotgan qahramonga nisbatan iliqlik, odamlarni aldab, öğirlik qilgan obrazga nisbatan esa qahr tuyğusi paydo böladi. Hatto ertak eşitiş davomida ukangiz öziga yoqqan qahramon bilan sayohat qilayotgandek böladi. Qahramon kulsa, kulib, aççiqlansa, aççiqlanib, yiğlasa, uning bilan yiğlayotgandek, özini ertak qahramoni bilan elkadoşdek his etadi. Kitob mana şunday sehrli kuçga ega. Katta-yu kiçik undan birday maʼnaviy ozuqa oladi. Eng muhimi, insonni yomonliklardan tiyilib yaşaşga örgatadi.
Ozoda TÖLIBOYeVA, 71-sonli maktab öquvçisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶