MAQSAD – TAʼLIM SAMARADORLIGINI OŞIRIŞ
Bizning öquv muassasamiz ingliz tili, matematika va ona tili fanlarini çuqur örgatişga ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabi bölib, maktabning ingliz tili, matematika va ona tili fanlarini çuqur örgatişga ixtisoslaştirilgan sinflariga öquvçilar 2-sinfdan boşlab maxsus test sinovlari asosida öqişga qabul qilinadi. Maktabning barça sinflarida dars maşğulotlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalangan holda ötilmoqda. Barça sinf xonalari zamonaviy televizorlar va noutbuklar bilan taʼminlangan bölib, dars maşğulotlari elektron darsliklar va elektron slaydlar orqali ötkazilmoqda, bu esa öquvçilarning kafolatli taʼlim-tarbiya olişlarini taʼminlamoqda. Jumladan, ötgan 2015-2016 öqiş yilida maktabning 14 nafar öquvçisi "Bilimlar bellaşuvi”ning tuman bosqiçida faxrli 1-örinni egallab, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida qatnaşiş huquqini qölga kiritişib, unda ham faol iştirok qildilar. "Bilimlar bellaşuvi”ning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli 1-örinni egallagan bir nafar öquvçimiz Özbekiston Respublikasi bosqiçida ham faol iştirok qilib, mukofot bilan taqdirlandi. Fan olimpiadasining tuman bosqiçida maktabimizning 5 nafar öquvçisi faxrli 1-örinni qölga kiritişdi. Ulardan biri esa Qoraqalpoğiston Respublikasida faxrli 1-örinni qölga kiritdi. Şuningdek, maktabimiz öquvçilari "Umid nihollari”, "Yoz – 2016”sport musobaqalarida ham nafaqat tuman miqyosida, balki, Qoraqalpoğiston Respublikasida ham faxrli örinlarni egallab kelmoqdalar. Maktabimizning stol tennisi bilan şuğullanuvçi jamoasi Respublikada eng kuçli jamoa sifatida tan olinib kelinmoqda.
Jamoamizning hamkorlikda olib borgan işlarining natijasini "Bilimlar bellaşuvi”, "Fan olimpiadasi” tadbirlarining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli 1-örinni egallagan tuman öquvçilarining yarmini maktabimiz öquvçilari taşkil qilganligida köriş mumkin.
Maktabimizda taʼlim samaradorligini oşiriş yuzasidan olib borilayotgan işlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy örta taʼlim maktablarining taʼlim sifati parametr körsatkiçlari böyiça reytingida ham öz aksini topgan bölib, mazkur reyting parametri böyiça maktab tumanda 1-öringa, Qoraqalpoğiston Respublikasidagi mavjud 700 dan ortiq maktablar orasida 7-öringa loyiq deb topildi.
Men fursatdan foydalanib, tumanimizning barça taʼlim muassasalarida mehnat qilayotgan hamkasblarimizni, ustoz va murabbiylarimizni hayotimizga kirib kelgan yangi yil bilan çin könglimdan muborakbod qilaman va ularning yoş avlodga taʼlim-tarbiya berişdek şarafli işlarida katta muvaffaqiyatlar yor bölişini tilayman.
Şuhrat JUMANIYoZOV,
16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶