21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 11:34
Fan va taʼlim 👁 2,646

MURGʻAK KOʻNGILLARGA MUHRLANGAN LAHZALAR

MURGʻAK  KOʻNGILLARGA  MUHRLANGAN  LAHZALAR

Ilk bor maktab ostonasiga qadam qoʻygan kunini, oʻqituvchisi ilk bor qoʻliga qalam tutqazib, yozishni, oʻqishni oʻrgatgan damlarini koʻnglida shirin orziqish bilan, sogʻinch bilan eslamaydigan odam boʻlmasa kerak. Chunki oʻsha kun har birimizning  oilamiz olamidan chiqib, umumga, tengqurlarimizga qoʻshilishib, ilm egallashimiz yoʻlida ilk pillapoya boʻlgan. Ona tilimiz alifbosini toʻla egallash esa maʼrifat dunyosining kalitidir.

Shu bois, alifboni toʻla oʻzlashtirib, savodxon boʻlib  olgan bolajonlar "Alifbe” kitobi bilan  shodu xurramlikda xayrlashadilar, harflarni oʻrgatgani uchun kitobga, ustoziga minnatdorlik bildiradilar.

22-dekabr kuni 16-sonli maktab majlislar xonasida boʻlib oʻtgan 1”b” sinf oʻquvchilarining "Savodxonlik bayrami”da ham  "Alifbe” kitobini oʻzlashtirib olgan 26 nafar bolajonlarning quvonchlari yaqqol aks etdi. Ustozlariga hurmat-ehtiromini, bolalarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun bugungiday sharoitlarni  yaratib bergan davlatimizga minnatdorchiligini ifodalovchi sheʼrlar, qoʻshiqlar, raqslarni mahorat bilan ijro etib, ustozlarini, ota-onalarini xushnud etdilar.

Bayramona bezatilgan ulkan xonaga oʻrnatilgan archa atrofida Qorbobo va Qorqiz bolajonlarni Alifbeni oʻzlashtirib olganliklari bilan qutlab, birga oʻynab-kulganlari ayniqsa zavqli boʻldi. Ramziy "Alifbe” kitobi davraga kirib keldi va bolajonlarga oʻzidagi mavjud harflarni yaxshi oʻzlashtirib olganliklari uchun rahmat aytdi, doʻstona xayrlashib, oʻrnini ona tili kitobiga berishini eʼlon qildi. Barcha darsliklarni ham puxta oʻzlashtirib borishlarini tiladi.

Yana navbat kuy-qoʻshiqlarga, raqslarga berildi.

– Men bugungi oʻtkazilgan tadbirdan juda ulkan taassurotlar oldim. Chunki sahnada tomosha namoyish etgan 26 nafar bolaning maktabga qadam qoʻyganiga koʻp vaqt boʻlmadi. Har qaysisi bir oilaning ardogʻida oʻsgan 26 nafar bolani doʻstlashtirib, qisqa fursatda savodini chiqarib, shuncha narsalarni oʻrgatish sinf oʻqituvchisi Goʻzal Hojiyevaga oson boʻlmagani aniq. Buning uchun maktab maʼmuriyatiga, Goʻzal Hojiyevaga rahmat, – deydi sinfning aʼlochi oʻquvchilaridan Umidjon Soatboyevning onasi Raʼno.

Tadbir bolajonlarning ham koʻnglida bir umr muhrlanib qolsa ajab emas.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026