Köngil çizgilari
Yurak insonga heç böysunmas ekan. Biram azob beradiki... Soğinç, istak tuyğusini paydo qilarkan-u "Duk... duk...”, – deya mardonavor sado berarkan. "Duk, duk”, – deya öz işidan mağrur, azoblanişingni kuzatarkan...
– Qani, sabring qaçongaça yetarkan? – deya sinarkan egasini.
Yurak egasi javob aytibdi:
– Ölgunimça!
Yurak hayron qolibdi:
– Nahotki? Yurak egasi yana qayta javob beribdi:
– Jonim çiqqunça!
Yurak dedi:
– Insonsan, rohatda yaşa, sen ham.
Yurak egasi dedi:
– Özing faqat uni deyayotirsan, menda iloj yöq! – Yurak kuldi öz egasi ustidan. Yurak egasi dedi:
– Şaʼnim saqlanar, ölay, uni deb. Kuling... yer yuzidagi yuraklar, ustimdan!
Yurak dedi:
– Şunça nodonmisan yoki juda aqlli? Yurak egasi dedi:
– Ey yurak! Men senga aytmay. Bu gavdada ikki jon. Birisiga sen hukmron, birisiga Yaratgan. Seni menmas Yaratgan yengar...
– Oh, – dedi yurak, – men seni yengişim mumkin, Yaratgannimas. Bildim, sen Yaratganga juda yaqinsan... Kulgan yurak yiğladi yum-yum va dedi:
– Men yaralgan edim, inson sevib-sevilişi uçun... Yançding meni, ey odam suratidagi jonzot, kimsan?!
Yurak egasi dedi:
– Men Yaratgandan qörquvçi xilqat!
Yurak dedi:
– Nafaslar kamayar, hayot ham tugar...
Yurak egasi dedi:
– Boray, meni sevgan Alloh yoniga pok holda...
Ikki ovoz ham jimib qoldi...
Gulnora YuSUPOVA,
"Örta qalʼa” ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶